To'g'ri chiziqli tekis harakat 16-rasmdagi aravacha to'g'ri chiziqli, lekin notekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakatini to'g'ri chiziqli tekis harakat deb bo'lmaydi. Soat millari uchining harakati tekis harakat qiladi, lekin to'g'ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uchining harakati ham to'g'ri chiziqli tekis harakat emas. 17-rasmdagi aravacha esa ham to'g'ri chiziqli, ham tekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakatdir.
Agar to'g'ri chiziqli harakatlanayotgan moddiy nuqta ixtiyoriy teng vaqtlar oralig'ida bir xil masofalarni bosib o'tsa, uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakat deyiladi.
Eng oddiy mexanik harakat — to'g'ri chiziqli tekis harakatga misollar:
Tep-tekis to'g'ri yo'lda avtomobil harakatlanayotgan bo'Isin. Agar avtomobil bir me'yorda, tezligini o'zgartirmasdan harakatlansa, Siz tinch holatda o'zingizni qanday his qilsangiz, bu holatda ham shunday his etasiz.
To'g'ri temir yo'lda poyezd bir me'yorda to'g'ri chiziqli tekis harakatlanmoqda. Bunday harakat qilayotgan poyezd vagonida Siz bemalol suhbatlashib, ovqatlanib ketishingiz mumkin. Bunda piyoladagi suv ham chayqalmaydi.
Agar dengizda suv sokin, tinch bo'lsa, bir me'yorda to'g'ri chiziq bo'ylab suza-yotgan kemada hodisalar harakatsiz kemadagidek ro'y beradi. Kema oynasiga qarama-gan odam kema harakatini sezmasligi ham mumkin.
Yuqorida keltirilgan misollardan xulosa qilish mumkinki. to'g'ri chiziqli tekis harakat bilan tinchlikdagi holat orasida ajoyib umumiylik bor.
Bu umumiylik shundan iboratki, mexanik harakatlar tinchlikdagi va to'g'ri chiziqli tekis harakatdagi sanoq jismlarda bir xil boladi.
Mexanik harakat asosida sanoq jismning tinchlikdaligini yoki harakatdaligini aniqlashning iloji yo`q. Bu Galiley prinsipidir.
Yangi mavzuni mustahkamlash: 16-va 17-rasmlarda tasvirlangan tajribani tushuntirib bering.
Qanday harakat tekis harakat deb ataladi?
To'g'ri chiziqli harakat deb nimaga aytiladi? Unga misollar keltiring.
To`g`ri chiziqli tekis harakatni ta'riflab bering.
Siz maktabga ketayotganingizda yo'lning qaysi qismida to'g'ri chiziqli tekis harakat qilasiz?