Mavzu: tovar va uning xususiyatlari


Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari



Yüklə 70,95 Kb.
səhifə8/10
tarix08.05.2023
ölçüsü70,95 Kb.
#109553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TOVAR VA UNING XUSUSIYATLARI - копия

4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi.
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konste’stiyalari mavjud bo’lib, ular orasida rastionalistik va evolyustion konste’stiyalar muhim o’rin tutadi.
Rastionalistik konste’stiya Pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kelishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub’ektiv ‘sixologik yondoshuv ko’’lab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi.
Masalan, ‘.Samuelson Pulni sun’iy ijtimoiy shartlilik sifatida belgilaydi. Amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt Pulning vazifasini qimmatbaho metallar va boshqa ‘redmetlarga biriktirib qo’yilishi – kishilar o’rtasidagi kelishuv mahsuli, deb hisoblaydi. Bu qoida ingliz


iqtisodchisi J.Xiks tomonidan quyidagi shaklda ta’riflangan: Pul – bu Pul sifatida foydalaniluvchi barcha narsalardir».25 Shunday qilib, ularning fikricha, Pul – kishilar o’rtasidagi kelishuv mahsulidir.


Bundan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi olimlarning fikricha, Pul kategoriyasiob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo’lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir.
Pul kelib chiqishining evolyustion konste’stiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan Pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.
Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandek ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda Pulning dastlabki kurtagi ‘aydo bo’ladi.
Pulning ‘aydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va Pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o’ynovchi ko’’lab tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Chunki, ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar – Pul ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtda Pul rolini o’zining qator xususiyatlariga ko’ra mazkur vazifani nisbatan muvaffaqiyatli bajara oluvchi oltin va kumush metallar bajara boshladi. Bu qiymatning Pul shakli vujudga kelganini anglatar edi.
Shunday qilib, Pul – bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Ya’oniyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin Pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi.
O’zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda Pul islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat ‘oytaxti - Buxoroda markazlashtiriladi. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori - 958 bo’lgan1.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
- sifat jihatdan bir xil o’lchamga keltirish mumkinligi;
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
- bo’linuvchanligi va bo’lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;
- bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi;
- tabiatda nisbatan kamyobligi;
- ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon bo’lib, u tovar ayirboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasi hisoblanadi. Pul (oltin yoki kumush) - umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.
Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan Pulga ajraladi
Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning vazifalarini ko’rib chiqamiz. Chunki, «zamonaviy iqtisodiy fan uchun Pulning mohiyatini uning funkstiyalaridan keltirib chiqarishga asoslangan yondoshuv xosdir. Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’’lash vositasi; 4) to’lov vositasi.
Pul vazifalarining rivojlanish darajasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga bog’liq.
1. Pulning birinchi vazifasi qiymat o’lchovi vazifasidir.
Tovarning almashuv qiymatini ifodalash, uni o’lchash uchun qo’lda naqd Pulga ega bo’lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal Pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini Pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina tovarning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovalarning narxi tovarlarning qiymatiga, Pulning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga va boshqa omillarga bog’liq.
Tovar almashuv qiymatining Pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi Pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun davlat Pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Dastlab Pul birliklari va ularning nomlari ko’’incha muayyan og’irlikda nodir metallar bilan bog’liq bo’lgan, valyuta tizimlarining nomlar (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o’tishi bilan, «vazn» nomi Pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko’’roq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bularning biri shu bilan bog’liqki, tarixan uncha nodir bo’lmagan, umumiy ekvivalent rolini o’ynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda Pul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning Pul bilan ifodalangan nomi bo’lgan. Lekin oltin qiymat o’lchovi sifatidagi kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom o’z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo’lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish, bunda davlat Pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan ko’ra kamroq miqdorda Pul (oltin) materiallarini sarflaydi.
Tovar ayirboshlash rivojlangan sharoitda mehnat mahsuli bo’lmagan, ya’ni qiymatga ega bo’lmagan narsalar (masalan, ishlanmagan er) narxga ega bo’lishi mumkin. Faqat narsalargina emas, balki hatto evaziga kimdir muayyan miqdorda Pul to’lashga tayyor turgan ma’naviy qadriyatlar (sha’n, vijdon va hokazolar) ham shunday shaklga kiradi. Bunday hollarda narx bo’lsada, lekin qiymat bo’lmaydi.
2. Tovar muomalasi jarayonida naqd Pul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi ‘aytida ularning ramziy narxlari real Pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda Pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo’lib maydonga chiqadi.
Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda Pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug’dirgan: Pul metallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini belgilash zarur bo’lgan. Asta–sekin Pul metall quymalari o’rniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar o’z vazni va sifati jihatidan ma’lum miqdordagi metaldan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo’ladi.
Oltin Pul muomalasi amaliyoti ko’rsatadiki, uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, o’z massasining bir qismini yo’qotadi va to’la qiymatli bo’lmagan Pulga aylanadi. Shu sababli muomalaga oltin o’rnini bosuvchi Pul sifatida to’la qiymatli bo’lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’’lash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o’zini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va o’z tovarini sota olish –olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun o’zini ma’lum Pul rezervi bilan ta’minlashi kerak.
Natural xo’jalik sharoitida boylik to’’lash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik jamg’arishning Pul jamg’arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo’lmaydi, Pulni istagan miqdorda saqlash mumkin.
Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida Pul jamg’arish uni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan Pul foyda keltirmasligi sababli Pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini to’ishga intildilar.
Shuning uchun Pul saqlash uchun banklarga qo’yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to’’lab, kredit vositasida foydalanadi.
Boylik to’’lash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki Pul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi.
4. Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda, Pul to’lov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning Pulini to’lov muddati kelgandan keyingina to’laydi. Pulning to’lov vositasi sifatida vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to’lash o’rtasidagi vaqt jihatidan ajralish ‘ayla bo’ladi? Aniq vaziyatlar turlicha bo’lishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish stikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo’jaligida hosil bir yilda bir marta yig’ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bo’ladi. Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bo’lar edi. Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xo’jalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog’oz Pullar, veksel va banknotlar – Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi.
Veksel oboroti negizida (veksel–qarz majburiyati degani) emissioner bank tomonidan chiqariladigan va uning obro’si bilan quvvatlanib turiladigan kredit Pullar vujudga keladi. Kredit Pullar qog’oz Pullar bilan qo’shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Bu bilan oltinni Pul muomalasidan siqib chiqarish yo’lida yana bir qadam qo’yiladi.
Kreditning va kredit tizimi rivojlanishi bilan Pulning to’lov vositasi sifatida qo’llanish sohasi ancha kengaydi, kredit Pullarning ‘aydo bo’lishiga olib keladi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli ‘uxtaroq kafolatga ob’ektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot ‘aydo bo’ladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o’rniga bank tomonidan berildigan vekseldir. Shunday qilib, banknot Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yani bir turi–cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan o’z hisobidagi Puldan chekda ko’rsatilgan shaxsga berish to’g’risida bankka yozilgan buyruqlardir.
Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd Pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini o’zaro bir–biriga o’tkazish yo’li bilan qarzlarni uzishga imkon beradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob–kitoblar oltin bilan ta’minlanmagan milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi.
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-kredit Pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz Pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar Pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret Pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.26
Bu iqtisodchilar tomonidan qog’oz Pullarning tovar tabiatini inkor etilishi, agar Pul tovar bo’lmasa, nima uchun u har kuni ko’z oldimizda hamma bozorlarda tovar sifatida oldi-sotdi bo’ladi, degan savolga javob bera olmaydi.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham Pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydi. Bizning nazarimizda Pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli Pullardan o’z qiymatiga ega bo’lmagan Pul belgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd Pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz Pul oddiy tovarlarga xos bo’lgan xususiyatlar: qiymat va iste’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin Puldagi ikki xususiyatni: qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi, shuning uchun ham hozirgi ‘aytda Pul belgilari va naqd bo’lmagan Pullar o’z qiymatiga ega bo’lmasada, ularni almashuv qiymati sifatida qo’llash imkoniyati saqlanib qolmoqda. Fikrimizcha, buning sababi qog’oz Pullarning qiymatga ega bo’lmasa ham qiymat belgisi xususiyatiga egaligidir. Shu sababli ular ayirboshlash jarayonida umumiy ekvivalent sifatida chiqadi va oltin Pulning vazifalarini qisman bajaradi.
Pul ko’’ tomonlama, murakkab iqtisodiy tushuncha bo’lganligi sababli, uning yangicha mazmunini aniqlashni qog’oz Pullarning oltin Pulga bog’liqligi va undan farqini ko’rsatishdan boshlash lozim. Qog’oz Pullarning o’z o’tmishdoshi va tabiiy negizi bo’lgan oltin Pullar bilan o’xshashlik jihati shundaki, u oltin Pulda mavjud bo’lgan ikki xususiyatni, ya’ni rasmiy naflilik va qiymat belgisi sifatidagi xususiyatlarni qabul qilib oladi. Oltinning moddiy tovar sifatidagi ikki xususiyati: real nafliligi va qiymati qog’oz Pullarda bo’lmaydi. Lekin avvalgi ikki xususiyat qog’oz Pullarning umumiy ekvivalent sifatida amal qilishi uchun etarlidir.
Qog’oz Pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi27 (4-chizma).

Yüklə 70,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin