Ish yuzasidan hisobotda ishning maqsadi, vazifasi yoziladi, turli xildagi sxema va har xil navli g’o’zalarning hosildorligini aniqlash usullar haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
AMALIY MASHG’ULOT №10 MAVZU: QORAMOLLARNI OZIQLANTIRISH ME’YORI VA RATSION TUZISH HAMDA TIRIK VAZINI O’LCHASH Ishdan maqsad: Qoramollarni oziqlantirish me’yori va ratsion tuzishni hamda tirik vaznini o’lchashni o’rganish.
Kerakli vositalar va jihozlar:Qoramollarga doir adabiyotlar me’yoriy hujjatlar, kinofilmlar, diafilmlar, slaydlar va mollar rasmi ifodalangan fotoalbomlar.
Umumiy ma’lumot: Chorvachilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Aholini qimmatli oziq-ovqat, jun va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlashda ahamiyati beqiyosdir. Chorva mollarining mahsuldorligi ularni to’g’ri oziqlantirishga, parvarishlashga, oziqlarning to’yimligiga va turiga ko’p jihatdan bog’liq.
Chorva mollari ozig’i o’simlik va hayvonlar mahsulotlariga,mineral va omixta oziqlariga bo’linadi.Oziqlar asosan o’simlik mahsulotlaridan tayyorlanadi. Ularni dag’al oziq, shirali oziq, kontsentrat oziqlarga bo’lish mumkin.
Hayvonlarning mahsuldorligini ularning tana tuzilishiga qarab aniqlash mumkin.Hayvonlar tana tuzilishiga uning ekster’eri deyiladi. Mahsuldorligiga qarab mollarni ekster’eri har xil bo’ladi.
Chorvachilik tajribasida mollarning ekster’er ko’proq chamalab va o’lchab ko’rish yuli bilan baholanadi.
Mollarning bir sutka davomida yashashi va mahsulot hosil qilishi uchun zarur bo’lgan oziq moddalari miqdoriga oziq me’yori deyiladi.Mollarning oziqlanishi me’yori em-xashakdagi oziq birligiga, tarkibidagi oqsil va boshqa moddalar miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Ishni bajarish tartibi:Jadvaldagi oziq birligi va oqsil miqdoriga qarab oziq ratsioni tuzish mumkin.Masalan : mavsumda tarkibida 3,8-4 % yog’i bolgan 3000-4000 l sut sog’ib olish mo’ljallangan, tirik vazni 500-550 kg keladigan sog’in sigirga sutkasiga 8,6 oziq birligi va 1010 g oqsil kerak bo’lsa, shu sigir oziq ratsioni qo’yidagicha tuziladi: