Mevali daraxtlarda hosilsizlik. Hosilsizlik asosan katta yoshdagi olma va nokda; daraxtlarida uchraydi. Olma va nok ham muntazam hosil berishga moyil, lekin yoshi kattalashishi bilan o’z vaqtida kesilmasa, o’g’itlanmasa, suv berilmasa va boshqa zarur bo’lgan parvarishlar o’z vaqtida o’tkazilmasa, meva daraxtlari o’sishdan qoladi, bir yil ko’proq hosil bersa, ikkinchi yili onda-sonda meva beradigan bo’lib qoladi. Yosh meva daraxtlari esa hosilni har yili berish xususiyatiga ega. Chunki yosh daraxtlar birinchi yillari o’zining baquvvat ildizlarini takomillaydi, shox-shabbalarining yaxshi shakllanib hosil berishiga kuch-quvvati etadi.
Danakli meva (o’rik, olcha, gilos va boshqalar) daraxtlarining har yili hosil berish sabablaridan biri ularda meva kurtaklari hosil yig’ishtirib olingandan keyin shakllanadi, olmada esa bu jarayon meva .kurtaklari shakllanayotgan hamda hosil shoxlari endi o’sayottan paytga to’g’ri keladi.
Olmaning mayda faol ildizchalari, kurtaklari shakllanayotgan davrda (iyun, iyul) sust o’sganligi uchun etishayotgan mo’l hosilli meva kurtaklarini oziq moddalar bilan to’liq ta’minlay olmaydi. Shaftolida meva kurtaklari bir yillik novdalarda shakllanadi. Yaxshi parvarish qilinganda ular har yili yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi. Olma va nok gullarining 10-12 foizi to’kilmasdan g’o’raga aylansa, daraxtlardan yuqori hosil olish mumkin.
Keyingi yillarda akademik R.R.Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining bog’larida va ayrim sovxozlarda 16-20 yashar Rozmarin, Oq olma, Simirenko, Qandil sinap nav olmalarida daraxtlar kesish va har xil o’g’itlarning hosilsizlikka ta’siri bo’z tuproqli erlarda tajriba tariqasida sinab ko’rildi. Hosilsiz yili daraxtlar kaltaroq kesildi, bunda halqali eski hosil shoxchalarning 25 foizi olib tashlanadi. hosil bergan yili esa shoxlar engilgina siyraklashtirilib, kuzda daraxtlarning har bir kvadrat metr eriga 5-6 kilogramm organik o’g’itga 6-8 gramm sof fosfor aralashtirib solindi. Bundan tashqari 1 prosentli ammiakli selitra va 3 prosentli fosfor eritmasi aralashtirilib, maxsus apparatlar yordamida may oyidan avgust oyigacha daraxtlarga purkaldi. Natijada daraxtlarning hosilsiz yili meva kurtaklarining shakllanishi o’rtacha 15-25 foizga kamaydi, bir yillik novdalarning o’sishi esa, kontrol daraxtlarga nisbatan 14-15 foiz yaxshilandi. Hosilli yillari shox-shabbalarda 10-20 foiz meva kurtaklari hosil barpo etishga asos bo’ldi.
Meva daraxtlarida paydo bo’lgan gullarning hammasi olib tashlanganida shu yili kelgusi yilda hosil beradigan kurtaklarning 59 foizi paydo bo’ladi. Ular g’o’raga aylanib, yong’oqdek bo’lganida hamma g’o’ra mevalar daraxtdan olib tashlanganda meva kurtaklarining 6,9 foizi shakllanadi. Ortiqcha gullar va g’o’ralar oldindan olib tashlanganda qoldirilgan gullar g’o’raga aylanadi, kelgusida bu g’o’ralar oziq moddalar va nam bilan to’liq ta’minlanganda hosilning sifati birmuncha yaxshilanganligi kuzatiladi. Demak, olmaga zarur agrotexnika kompleksi qo’llanilib, hosilsizlikni bartaraf etish mumkin ekan. Hosilni ko’p bergan yili daraxtlarda bir yillik novdalarning o’sishi sust bo’ladi va meva beradigan kurtaklar soni keskin kamayib ketadi. Daraxtlarning muttasil hosil berishini ta’minlash uchun, har yili ularga muqobillikni ta’minlaydigan agrotexnika qo’llash lozim. Jumladan, mo’l hosil beradigan yillari daraxtlar kuchli qirqiladi, qisman hosilli shoxlar esa siyraklashtiradi.
Bir tomorqada meva gullarini sovuq urib ketishi daraxtlarning yoshlariga qarab bir xil navlar har xil yillarda turlicha hosil berishi mumkin. Bunday jarayoi ko’pincha urug’li mevalarga taalluqidir. Ayrim paytlarda alohida daraxtning bir shoxi, ikkinchi yili esi ikkinchi shoxlari hosil beradi. Bu shoxlarning ichki o’sishi va tashqi muhit ta’siri natijasida vujudga keladi.