G’O’ZAGA O’G’IT SOLISH ME’YORINI HISOBLASH. Yil davomida bir gektar erdagi ekinga beriladigan o’g’itlar miqdoriga o’g’itlash normasi deyiladi.
G’o’zani o’g’itlash normasi o’g’it tarkibida sof oziq moddalari (azot, fosfor va kaliy) miqdoriga qarab aniqlanadi. O’g’itlar tarkibidagi oziq moddalar miqdori har xil bo’ladi.Shuning uchun ekinga beriladigan o’g’it normasi uning tarkibida azot,fosfor,kaliy necha % ni tashkil etishiga qarab hisoblab chiqiladi.Masalan har gektar paxta maydoniga bir yilda sof xolda 210 kg azot, 175 kg fosfor va 125 kg kaliy solinishi lozim bo’lsa qancha o’g’it solish kerakligini xisoblab chiqamiz. Demak ho’jalik omborida tarkibida 34% azotli bo’lgan amiakli selitra, tarkibida 18% fosforli bo’lgan superfosfot, tarkibida 60% kaliy bo’lgan kaliy xlorid bor.
Tarkibida 34 % azot bo’lgan ammiakli selitraning 100 kg da 34 kg azot bo’ladi. Erga 210 kg sof holda azot solish uchun qancha ammiakli selitra kerak bo’lishini hisoblab chiqish uchun qo’yidagi proporsiyani tuzamiz.
34:100q210: x da : kg ga teng bo’ladi.
Demak, bir yilda gektariga 617,6 kg ga teng ammiakli selitra solish lozim. Boshqa o’g’itlarning qanchadan solinishini ham xuddi shu usulda hisoblab chiqariladi.
Masalan, gektariga sof holda 175 kg fosfor solish belgilangan bo’lsa 18:100q175:x proportsiyasi bo’yicha kg, ya’ni 972,2 kg super fosfat solish kerak bo’ladi.
Har gektariga sof xolda 125 kaliy solinadigan bo’lsa 60:100q125:x proporsiyasiga muvofiq
kaliy xlorid beriladi.
1-vazifa. Bir tonna paxta hosili etishtirish uchun 80 kg azot talab etiladi. Har gektar erdan 35 ts.dan paxta hosili olish uchun 1000 ga erdagi g’o’zaga qancha ammoniy sul’fat solish kerak?
2-vazifa. Bo’ztuproqlarning har gektaridan 35 ts paxta olish uchun 60 kilogrammdan kaliy kerak. Bunday miqdorda kaliy qancha miqdordagi kaliy xloridda bo’ladi?