Mevalarni terib olish, quritish va saqlash. Mevalarni yig’ib-terib olish muddati daraxt turi va navlarining o’ziga xos xususiyati, meva mahsulotiga qo’yiladigan talablar, undan foydalanish xarakteri va shakllari hisobga olingan holda belgilanadi. Quritish va joyida iste’mol qilish uchun mo’ljallangan mevalar iste’molga yaroqli bo’lganda, ya’ni naviga xos rangga kirganda va mazaga ega bo’lganda uziladi. Uzoq joylarga jo’natish - uzoq muddat saqlash va konserva tayyorlash uchun mo’ljallangan mevalar (yo’lda va saqlab qo’yilganda pishib etilishi va qayta ishlash, tashish hamda saqlash davrida ko’rinishini, sifatini yo’qotmasligi uchun) texnik pishiqlikda terib olinadi.
Olcha va gilos qayta ishlash, joyida iste’mol qilish uchun to’la pishganda, uzoq joylarga jo’natish uchun esa to’la pishib etilishidan to’rt-besh kun oldin teriladi
Olxo’ri uzoq joylarga jo’natish uchun to’la pishib etilishidan besh-etti kun oldin, mevalari naviga xos rangga kirganda, ularning eti esa etarli darajada tig’iz bo’lganda uziladi. Quritish uchun mevalar to’la etilganda uziladi.
Chilonjiyda texnik pishiqlik darajasiga etganda konservalash uchun teriladi. Bunda meva po’stining yuzi 25-50 foiz qizg’ish jigarrang tusga kiradi. Dastlab qaid sharbatida ishlanadi. Quritish uchun esa meva deyarli o’ziga xos rangga kirganda teriladi.
Grek yong’og’i va bodom mevasining qobig’i yaxshi yorilganidan keyin terib olgan ma’qul. Terishni daraxtlarning pastki qismidan boshlab, so’ng tepa qismidagi hosil yig’ishtirib olinadi. Mevalarni yig’ib-terib olishda balandligi 2,5-3 metr bo’lgan uch oyoqli narvon va 6-8 metrli merdven narvonchalaridan foydalaniladi.
8—10 kilogramm meva sig’adigan uzun savatlar hosilni terish uchun qulaydir. Bu savatlar ichida qop yoki qalin qog’oz to’shaladi. Mevalarni tunuka chelaklarga ham terish mumkin, ammo ichiga qipiq yoki o’t solish kerak.
O’rik mevasi danagi bilan, mevasi ikkiga bo’linib, ya’ni danagi ajratib olinib mevasi (bargak) butunlay quritiladi. O’rik mevasi to’lib pishib etilgan va sifatli, serqand hamda kislotasi mo’tadil holda bo’lishi kerak. Quritishdan oldin mevalar yaxshilab saralanib, yaroqsiz hisoblanganlari ajratib tashlanadi va bir tekisda, bir muddatda quritish uchun bir xil kattalikdagi mevalar ajratib yuviladi, ular alohida ajrtib quritiladi. 60x90 santimetrli patnislarga yuvilgan butun o’rik mevalarini bir tekisda (bir qavat) taxlanad 'va ketidan oltingugurt bilan dudlanadigan xonalarga olib borilib 45-60 minut ichida ushlab turiladi, 1 kilogramm xom ashyoga 2,5 gramm oltingugurt sarflanadi. Dudlangan o’rik ochiq maydonlarga olib chiqib qo’yiladi, 2-3 kun o’tgach, mevalar teskarisiga ag’dariladi va mahsulot quyosh nuri ta’sirida qorayib ketmasligi uchun, salqin erga qo’yib quritiladi. Salqin erga olib qo’yishda patnislar 10-12 tadan shtabel usulida taxlanadi, oxirgi patnis teskari qilib mahsulotni quyosh nuridan saqlash maqsadida berkitiladi. Turshak quritish muddati 7-10 kun davom etadi. Namlik 16 foizdan oshmasligi kerak. 28-35 foiz tayyor mahsulot olinadi.
O’rik danagini ajratib etini ikki bo’lakka bo’lgan holda quritish usulida yuqori sifatli mahsulot olinadi. Bargak dudlash yoki dudlamasdan tayyorlanishi mumkin. Bargak tayyorlash uchun yangi uzilgan, eti danagidan ajraladigan, eti tig’iz yirik o’riklardan foydalaniladi.
Yuvilgan mevalar pichoqda ehtiyotlik bilan chizig’i bo’ylab ikkiga bo’linadi, danagidan ajratiladi va toza yog’och patnislarga kesilgan tomoni yuqoriga qaratib solinadi, shundan keyin oftobda quritiladigan maydonga yoki dudlantirish uchun jo’natiladi. Dudlantirishda 1 kilogramm xom ashyo uchun 1,5-2,5 gramm oltingugurt sarflanadi va bu jarayon 1,5-2,soat davom etadi. Bir-ikki kundan keyin quritilayotgan bargakning buralib qolgan joylari to’g’rilanib, ag’dariladi. Patnislar shtabellarga taxlanadi. Rangi chiroyli bo’lishi uchun bargak solingan patnislar bostirma tagiga ko’chirilib, quritish shu erda davom ettiriladi. Tayyor maxsulotning namligi kupi bilan 18 foiz bo’lishi zarur. Bargak 3-7 kun quritiladi, 20-28 foiz tayyor mahsulot olinadi.
Qaysa olish uchun foydalaniladigan yangi mevalar bargak quritish talablariga to’liq javob berishi-kerak. Qaysa dudlanish usulida va dudlanmay tayyorlanishi mumkin. Har ikkala usulda ham quritish bir xildir, biroq dudlashda bir kilogramm xom ashyoga 2— 2,5 gramm oltingugurt sarflanadi va bu jarayon 1,5-2 soat davom etadi. Shundan keyin navbatdagi barcha texnologik jarayonlar bajariladi.
Saralangan mevalar yuviladi, patnislarga bir qator qilib terib oftobga qo’yiladi. So’liganidan so’ng oradan ikki-uch kun o’tgach, patnislardagi mevalar bostirma ostiga qo’yiladi, u erda bosh va ko’rsatkich barmoq yordamida danak ehtiyotlik bilan meva o’rtasiga tomon siqiladi. Danak o’rikning bandi tomonidan pichoq bilan ham kesib siqib chiqariladi. O’rik etini bir-biriga ehtiyotlik bilan biriktirib hosil bo’lgan yoriq berkitiladi.
Danagi ajratib olingan mevalar patnislarga solinib yana oftobda quritiladigan maydonga joylanaladi. Oradan ikki-uch kun o’tgach, patnislar taxlab qo’yiladi. Qayta quritish etti-sakkiz kun davom etadi, shunda namligi 18 foizdan yuqori bo’lmagan 20-28 foiz mahsulot olinadi.
Yaxshi quritilgan mahsulot olishda o’rikning Navoiy tavalludi, Ko’rsodiq, Subhoniy va Xurmoyi kabi pavlaridan foydalaniladi.
Tukli hamda tuksiz shaftoli navlari ham quritiladi. Quritish uchun Lola, Serhosil, Sariq nektarin, Elberta, Farhod kabi navlar eng yaxshi hisoblanadi. Yuqori sifatli mahsulot olish uchun yirik, yaxshi etilgan, eti danagidan oson ajraladigan, eti tig’iz, tarkibida 10-15 foiz qand moddasi va 0,58-0,82 foiz kislota bo’lgan, ko’ndalang diametri kamida 40 millimetr keladigan mevalar tanlab olinadi. Shaftoli qirqib bargak tayyorlanadi, u oltingugurt bilan dudlantirilsa ham, dudlantirilmasa ham bo’ladi. Tuksiz va tukli shaftolidan tayyorlangai dudlantirilgan bargak yuqori sifatli mahsulot hisoblanadi. Oltingugurt bilan dudlantirilmagan shaftoli bargagining shakli to’g’ri, etli, jigarrangdan to’q jigar ranggacha bo’lishi kerak.
Blanshirlash yo’li bilan quritilgan mahsulotning tovar sifati yaxshilanadi. Buning uchun yuvilgan mevalar ikkiga bo’linadi, shundan keyin qaynab turgan suvga bir minut solib blanshirlangach, quritish uchun jo’natiladi. Mevalarni,blanshirlashning dastlabki usuli meva tarkibidagi 25-30 foiz namlikning bug’lanishini tezlashtiradi. Sulfatlash qo’llanilganida quyidagi usullar amalga oshiriladi: blanshirlangan va blanshirlanmagan tuksiz mevalar ltingugurt gazi bilan 25-35 daqiqa dudlanadi. Blanshirlanmagan tukli mevalar esa 45-60 daqiqa, blanshirlangach tukli. mevalar esa 35 daqiqa oltingugurt bilan dudlanadi. Shu maqsadda har kilogramm yangi mevaga 1,2-1,5 (gramm oltingugurt sarflanadi. Mevalarning po’sti etidai ajratiladi, ular kaustik sodaning qaynab turgan eritmasida 30 soniya dorilanadi va undan keyin sovuq suvda yuviladi. So’ngra 15 minut dudlantiriladi va tayyor bo’lgunga qadar soyada quritiladi. Bu usulda kuritilgan tayyor mahsulot barcha ko’rsatkichlari jihatidan boshqa usulda quritilgan mevalar ustun turadi.
Tuksiz mevani quritish muddati 7-10 kun, sulfatlanganda, 7-13 kun davom etadi. Tuksiz mevadan 4-20 foiz mevalardan J5-17 foiz quruq mahsulot olinadi. Quritish texnologiyasiga to’g’ri rioya qilinganda qurigan mevalar to’g’ri, oval yoki dumaloq shaklda etli, och-sariqdan och-jigarranggacha bo’lishi kerak. Qoqi olish uchun Serhosil, Lola, Sariq nektarin, Tillasimon: nektarin, tukli shaftolilardan Elberta, Qorsimon Samarqand, Farhod, Start, Zafar kabi navlari ishlatiladi.
Olma va nokni quritish uchun ularning yoz va kuzda pishib etiladigan, shirin-nordon, sershira, etli, mazasi yaxshi navlaridan foydalaniladi. Olmaning Gramm oltini, Qishki oltin olma, Qizil Grafenshteyn, Samarqand to’ng’ichi, Delishes, Saratoniy, Jonatan, nokning Sovg’a, Klappa sevgili, Vilyame, Dilbar, Konsentrat va boshqa navlari quritish uchun yaroqli hisoblanadi. Texnik jihatdan etuk hisoblanib, daraxtdan uzilgan mevalar iste’mol qilish uchun yaroqli holga kelgunga qadar (meva po’sti sarg’ayib, eti shirin, sersuv bo’lgunicha) yoyilgan holda saqlanadi. Shundan so’ng mevalar sinchiklab hajmi va sifatiga qarab saralanadi, yuviladi. Chirigan mevalar ajratib olinadi va chirigan joyi qirqib tashlanib, alohida quritiladp.
Olma quyidagi usullardan biri qo’llanilgan holda quritiladi: -mevalar qirqiladi va yoyib quritiladi. Qurib tayyor bo’lgan mahsulot sarg’ishroqdan och jigarranggacha bo’ladi; -mevalar qirqiladi, sulfatlanadi va kiritiladi, qurigan meva och-sariqdan sariq ranggacha bo’ladi; -mevalar qirqiladi, urug’xonasi tozalanib olinadi, sulfatlangach quritiladi. Quritilgan olma och-sariqdan sariq ranggacha bo’ladi: -mevalar qirqiladi, 2 foizli osh tuzi eritmasida 5 daqiqa dorilanganidan keyin quritiladi (10 litr suvga 200 gramm tuz hisobidan).
Tayyor mahsulot dastlabki ishlov berilmagan dorilanmagan mahsulotga qaraganda rangdor bo’ladi. Barcha quritish usulida olma dumaloq shaklda, 7-10 millimetr qalinlikda (yoki har bir olma sakkiz bo’lakka) bo’linadi. Mayda olmalar ikki bo’lakka bo’linadi. Mevalarni kesish uchun olma keskichdan foydalaniladi, olmama keskichlar bo’lmasa, pichoqda kesiladi.
Nok 4-8 bo’lakka bo’linadi, maydalari butunligicha quritiladi. Qirqilgan nok yoki olma bo’laklari oftobda quritiladigan erga jo’natiladi yoki sulfatlab dastlabki ishlov beriladi. Olmalarni dudlantirish uchun 40 daqiqa vaqt sarflab, bir kilogramm olmaga 1,5-2 gramm; nokni dudlantirish uchun bir soat vaqt sarflab, bir kilogramm nokka 2-3 gramm oltingugurt ishlatiladi. Olma bo’laklarini quritishda ikkinchi-uchinchi kuni, nok- bo’laklari esa beshinchi-oltinchi kuni ag’darib qo’yiladi. Quritish ishi soyada olib boriladi. Quritiladigan olma, nokning namligi 20 foiz, nok qoqisiniki 24 foiz bo’ladi. Olma quritish muddati 4-12 kun, nok quritish muddati 10-18 kun davom etadi. Shunda quritilgan olma qoqi 17-22, nok qoqi 16-18 foizni tashkil etadi.
Olxo’ri, olcha va gilosni tezroq quritish maqsadida olxo’ri va olcha 0,5 % kaustik suyuqligida: olcha 7-5 soniya, olxo’ri mevasi 5-7 soniya blanshirovka qilinadi. Gilos mevasi 85-90 daraja isitilgan suvda 2-4 daqiqa blanshirovkalanadi. Ketidan mevalar patnisga bir xil oraliqda yak qatlam qilib teriladi va oftobga quritish uchun qo’yiladi. 3-4 kun o’tgandan keyin olxo’ri mevasi ag’dariladi va soyada oxirigacha quritiladi.
Olcha va gilos mevalari oftobda oxirigacha quritiladi. Olxo’ri qoqisida 25 foiz nam, olchada 18, gilosda esa 19 foiz nam bo’lishi kerak. Olxo’ri qoqisi 24-35 foizni, olchaniki 25-33, gilosniki esa 19-22 foizni tashkil qiladi. Olxo’rini quritish 8-9 kun, olchaniki 5-8 kun, gilosniki esa 5-14 kun davom etadi.
Rangdor va tez buziladigan olxo’ri meva navlari blanshirovka qilingandan keyin 15-20 daqiqa oltingugurt gazida dudlanadi. Gazlashda, bir kilogramm xom ashyoga bir gramm oltingugurt sarflanadi. Mahsulot rangi tiniq tillasimon bo’ladi. Yanada mahsulot rangini yaltiroq qilish uchun 2-3 soniya ichida 0,3-0,5 foiz gliserin suyuqligida ishlanib, keyin quritib olinadi.
Anjir quritish uchun O’zbek sariq anjiri, Dalmatika Kadota va Oq Adriatik eng yaxshi navlar hisoblanadi. Anjir qoqining sifati yaxshi bo’lishi uchun mevalar iste’mol qilishga yaroqli paytda qoqi qilinadi. Hajmi 12 kilogrammli yashchiklarga anjir ehtiyot qilib joylanib, quritish maydoniga jo’natiladi. Xom - ashyo saqlanadigan maydonda u 12 soatdap ortiq saqlanmaydi.
Hajmi va sifatiga qarab navlarga ajratilgan mevalar oqar suvda yuviladi va 90 darajali issiq suvda 4-5 daqiqa blanshirlanadi. Keyin sovuq suvda chayilib, patnislarga solinadi. Bir kilogramm mevaga 2-2,5 gramm oltingugurt sarflab, 1,5-2 soat dudlanadi. Xom ashyo dudlantirilgandan keyin patnislarga solinib, oftobda 3-4 kun quritiladi; Shu vaqt davomida mevalar ikki-uch marta ag’dariladi, keyin salqinda quritiladi. Quritish 12-16 kun davom etadi, shunda namligi ko’pi bilan 22 foiz bo’ladi. To’g’ri quritilgan mahsulotning rangi och sariq bo’lib, pushti rangda tovlanib turadi. Quritilgan tayyor mahsulot 22-28 foizni tashkil etadi.
Chilonjiyda oddiy usulda quritiladi. Bundan tashqari uning shakardan tayyorlangan sharbatiga ham ishlov berish mumkin. To’liq pishib etilgan mevalar quritishga yaroqli hisoblanadi, bunda meva po’sti to’qjigarrang tusga kiradi. Mevasi katta-kichikligiga qarab saralanadi, ezilgan hamda zararkunandalar ta’siridan shikastlangan mevalar yaroqsizga chiqariladi. Juda maydalari oddiy usulda quritiladi, yiriklari shakar sharbatida dastlabki ishlov berilgach, quritiladi.
Oddiy quritish usuli quyidagicha: saralangan mevalar patnislarga yoki shu maqsadda ishlatiladigan idishlarga solinib, quritish uchun. jo’natiladi. Quritish jarayonida mevalar bir necha marta ag’darib turiladi. Mevalar iste’mol qilish uchun yaroqli bo’lgan davr boshlarida meva po’sti deyarli jigarrang tusga kirganidan terib olinadi va uzib olingan kuniyoq qayta ishlanadi.
Maxsus moslamali hajmi 6 x 3 x 0,8 santimetr bo’lgach yog’och taxtacha yuzasiga mayda mixlar biriktiriladi va mevaning po’sti bo’yiga qarab tilinadi. Bu jarayonni ehtiyotlik bilan o’tkazish zarur. Meva po’sti yaxshi qirqilsa, ular shakarlangan sharbatni o’ziga singdirib oladi va yaxshi qurishiga imkon beradi. Natijada tayyor mahsulotning tovar ko’rsatkichi yaxshilanadi.
Quritishga tayyorlangan mevalar ruxlangan yoki zanglamaydigan idishlarga oz-ozdan.joylanadi va shakardan tayyorlangan 65-70 foizli eritmaga (40-45 daqiqa) solib, ishlov beriladi. Meva bilan sharbat 1:1 nisbatda bo’lishi, ya’ni 5 kilogramm meva uchun 5 kilogramm sharbat tayyorlanishi zarur (buning uchun 1,5 metr suv qaynagan paytda unga 3, 3, 5 kilogramm shakar qo’shiladi). Mevalar tarkibida organik kislota ham bo’lgani uchun mazasini yaxshilash maqsadida sharbatga botirishdan oldin har 5 kilogrammiga 15 gramm hisobida limon kislotasi aralashtiriladi.
Sharbatga solingan mevalar olovni pasaytirib tez-tez aralashtiriladi. Ular sharbat ichida 24 soat turadya. Keyin ehtiyotlik bilan suzib olinadi va yog’och patnislarga bir qator yoyiladi, so’ngra quritish. uchun oftobga qo’yiladi. Mevalar suzib olingan sharbat quyuqligi 65-70 foiz bo’lgunga qadar shakar qo’shilib,undan qayta foydalaniladi. Patnisdagi mevaga chang va hasharot ko’nmasligi uchun ustiga tarang qilib doka tortiladi. Quritish uchun qo’yilganidan keyin oradan to’rt-olti kun o’tgach, mevalar ag’dariladi, mevalar bir tekis qurishi uchun patnislar bostirma ostiga taxlanadi. Qurigan mevalar jigarrang, eti yumshoq elastik, shirin, po’sti noziq bo’lishi kerak.
Quritilgan mevalar tagiga shaldiroq oq, toza qog’oz to’shaladi va 2-3 kilogramm ketadigan qilib, 2-3 qavatlab sekin-asta taxlanadi. Ustidan tag’in bir marta qog’oz to’shaladi va faner qopqoq bilan bekitiladi. Har qator mevalar taxlangandan keyin shaldiroq qog’oz bilan bekitilib, ketidan keyingi qator mevalar zich qilib yana bir qator meva taxlandi. Chilonjiydani oddiy usulda quritish muddati 15-18 kun, shakar sharbatida ishlangan meva 16-18 kun davom etadi. Oddiy usulda quritishda tayyor mahsulot 20-25 foizni tashkil. etadi. Shakar sharbatida ishlov berib quritilganida 70-80 foiz quruq mahsulot olinadi.
Yashchiklarga joylashtirilgan mevalar harorati 0-10 darajadan .oshmasligi, havo namligi 70-75 foiz atrofida bo’lishiga e’tibor berish kerak.
Mevalar maxsus xonalarda va yarim erto’la binolarda belgili qalinlikda taxlab saqlanadi. Qishga saqlanadigan-mevalarni daraxtdan uzib olmasdan parvarishlanadi. Mevalar rangdor, qurtlamagan, zahalanmagan, ,kasalliklar bilan shikastlanmagan bo’lishi shart.
(Yarim erto’lalar er osti suvlari 1,5-2 metr va undan ham past bo’lgan erlarda quriladi. Ustki qismi mustahkam yopiladi va tomning ikki ochiq tomoni g’isht yoki qalin taxtalar bilan zich qilib (shamol va sovuq kirmaydigan) qilib bekitiladi. Binoning devor tomonida mevalarni qo’yish uchun stellaj (javon) o’rnatiladi. Bino havosini almashtirib, tozalab turish uchun har bir 3,5 metrda 10x10 yo’g’onlikdagi trubalar qo’yiladi. Mevalar javonlarga 30-40-50 santimetr balandlikda terilib saqlanadi. Ularni yashchiklarga solib xam saqlash mumkin.
Erto’lalarda mevalar saqlanganda havoni o’zgartirib turish uchun tashqari bilan bog’laydigan kichik-kichik to’rt burchakli yoki dumaloq trubalar o’rnatilgan mo’rilar kichik eshikchalari bilan o’rnatiladi. Meva daraxtlardan terib olingandan keyin ular saralanib qishda saqlaydigan xonalarga kiritilishi zarur. Mevalar terilib, 10-12 daraja issiqlikda qolib ketsa, mevalarniig saqlanishi 10-15 kunga qisqaradi. Urug’li mevalarni saqlash uchun harorat 0-2 daraja bo’lishi kerak.
Meva saqlaydigan binolarning kengligi 20-10 metrni tashkil qilgan bo’lsa, ularning o’rtasidan o’tish uchun 1,2-1,5 metr kenglikdagi yo’lak qoldiriladi.
Mevalar qator qilib taxlansa, olma solingan yashchiklar javonlarga 10 tadan bir tekis qilib qo’yiladi.
Meva saqlanadigan xonalar oldindan yaxshilab tayyorlanishi kerak. Buning uchun binolar tozalanadi, shamollatiladi, bir kubmetr hajmdagi havo bo’shlig’iga 50-60 gramm oltingugurt sarflab dudlanadi. Xonaning pol, devor va shifti 5 foizli mis kuporasi suyuqligi bilan ishlanadi hamda ohak suyuqligi bilan oqlanadi. Xonalarda meva saqlashda havo namligi katta ahamiyatga ega. Havo namligi urug’li mevalar uchun 85-96-foiz, danaklilar uchun 80-85 foiz bo’lishi lozim. Havo quruq bo’lsa saqlanayotgan mevalar o’zidagi namni havoga parlatib yuboradi va tezda so’lib qoladi.
Saqlash davrida mevalar nafas olishi va boshqa fiziologik jarayonlar natijasida meva omborxonalarida karbon kislota hamda har xil gazlar to’planib qoladi. Shunda binoni shamollatib, zaruriy temperaturani ta’minlash uchun yangi havo uzatish va uning almashuvini bir me’yorda. amalga oshirish zarur bo’ladi.
Hosil yaxshi saqlanishi uchun mevalarning ko’p turi maxsus qog’ozlarga o’raydilar va dezinfeksiyalash vositalari bilan ishlov beradilar. Bu tadbirlar mevalarning tabiiy bardoshliligini maksimal darajada saqlab turish, ularni kasallik va qurib qolishdan ehtiyot qilish imkonini beradi. Bunday vositalar meva va uzumning yuzasidan mikroorganizmlarii yo’qotadi yoki ularning rivojlanishini to’xtatib turadi. Shu maqsadda bura, xlorli suv, yod eritmasi, oltingugurt difenil ortofenilfenol, kaliy metabasulfat va boshqalardan foydalaniladi. Har 10-15 kundan keyin mevalar tekshirib turiladi va yaroqsizlari tashqariga chiqariladi. Bahor faslida binoni shamollatish ehtiyotkorlik bilan o’tkaziladi. Qishda esa oyna-romlar yaxshilab bekitilib sovuq o’tkazmaydigan choralar ko’riladi.
Meva saqlash bo’yicha bog’bon-havaskorlarning ko’pgina qimmatli tajribalari mavjud. Ana shulardan bittasi mevalarni qumga ko’mib saqlashdir. Bunda yashchiktagiga 3-4 santimetr qalinlikda qum tashlanadi. Qum juda yaxshilab yuvilgan, quritilgan, tozalangan va undagi namlik miqdori 30 foizdan oshmagan bo’lishi lozim. Ana shu muhitda olma mevalari mart oyigacha saqlash mumkin. Ayrim paytlarda yirik daraxt qirindilarining 12 foizi namga ega bo’lganlaridan ham foydalaniladi.
Mevalarni yashchiklarga solishdan oldin har bir yashchik tagiga bir qavatdan qog’oz to’shaladi. Mevalar taxlanib, orasiga daraxt qirindisi tashlanadi va olmalar taxlanib, qog’oz bilan bir qavat qilib bekitiladi. Yashchiklarni 3-5 qavat qilib taxlanadi va yanvar-fevral oylarigacha saqlanadi.
O’zbekistonning tog’oldi va tog’ zonalarida meva «soya-qixona» tipidagi binolarda saqlanadi, biroq bu binolarda teshiklar kamroq ochiladi. Xonalarga so’kchaklar o’rnatiladi, so’kchaklarda mevalar fevral-mart oylarigacha to’kma holda saqlanadi. Teshiklarni ochib yoki yopib, xonaning haroratini tartibga solib turish mumkin. Uzoq muddatlar saqlash uchun olmaning Renet Simirenko, Oq rozmarin, Kandil sinap, Vaynsep, Graym oltini, Golden delishes, Jonared, nokning Olive de Serr, Royal, Jozefina Mixelskaya, Kulola, Dilafruz, nashvati va behining yirik Samarqand behisi, Sovxoz va Ser-hosil navlari tavsiya etiladi.
Anor mevalarini teskari konussimon qazilgan chuqurlarda saqlash yaxshi natija berishi ma’lum. O’ra chuqurligi 80-120 santimetr, tepa tomonidagi teshikning kengligi 40-50 santimetr, tag qismining kengligi esa 100-150 santimetr bo’ladi.
O’ra havo xalqob bo’lib turib qolmaydigan quruq va balandroq erlarda qaziladi. Bunday o’ralar meva qo’yishdan 3-4 oy oldin tayyorlab taxt qilib qo’yiladi. O’ralar yaxshi qurishi va havo almashishi yaxshi ta’minlanishi uchun doimo ochiq holda qoldiriladi. Anor mevalarini taxlashdan oldin o’ralar tagiga qurigan xashak to’shaladi.
Tok qaychisi yordamida kesib olingan anor mevalari saralanib, 2-3 kun soya-salqin erda saqlanadi. Keyin asta-sekin mevalarni chelak yoki savatlarda olib kelib, o’ralarga bir tekisda taxlanadi. Bitta o’raga o’rtacha 25 dan to 100 kilogrammgacha anor mevasini joylashtirish mumkin. Mevalar o’raning tepa qismigacha zich qilib joylashtirib bo’lingandan keyin o’raning tepadagi teshik qismi faner, yog’och taxtachasi yoki qora qumli tol bilan berkitiladi. Usti somon solib tayyorlangan loy bilan shuvaladi.
Havo ochiq va quriq bo’lgan paytlarda har oyda bir marta o’ra ochilib anor mevalari ko’zdan o’tkaziladi va yaroqsizlari ajratib olinib, chuqur og’zi qaytadan mustahkamlanadi hamda shuvab qo’yiladi. Mana shu usulda Qozoqi va Qizil anor nav mevalarini 4-6 oygacha bemalol saqlanadi. Anor mevalarini olma nok saqlaydigan xonalarda ham yanvar-fevral oylarigacha saqlash mumkin.