19-moddasi: Turistlarning xavfsizligini ta’minlash choratadbirlari. Turistik
faoliyat subyektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
• turistlarning safarda xavf - xatardan xoli bo’lishlari uchun shart-sharoitni, safar,
sayr, ekskursiya yo’llari, musobaqalar o‘tkaziladigan joylaming xavfsizligini
ta’minlashlari;
• turistlarga jarohatlanish va baxtsiz hodisalardan saqlanish hamda ulaming oldini
olish usullarini o'rgatishlari, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan yo‘l-
yo‘riq berishlari, shuningdek, belgilangan yo‘nalishning xususiyati va turistlarning
xatti-harakatiga bog'liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf manbalari
haqida ulaming o‘zini xabardor qilishlari;
• turistlarning sayohatlar, safarlar, musobaqalar, boshqa turistik tadbirlarga tayyor-
garligi ustidan nazoratni amalga oshirishlari;
• falokatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko‘rsatishlari;
• avtomobil, tog‘-chang‘i, velosiped, suv, mototsikl, piyoda safar, g‘or turizmi va
turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish va o‘tkazishda xavfsizlikning
alohida talablarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart.
Dostları ilə paylaş: |