hayoti xavfsizligini ta’minlash Turizm sohasida ta’lim olayotgan barcha talabalar va mutaxassislar
O’zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun moddalarini yaxshi
o’zlashtirishi va mukammal bilishi o‘rinli bo’ladi.
Ushbu qonunning 18-moddasi: «Turistiarnmg xavfsizligi kafolati»
O’zbekiston Respublikasi hududida turistlarning xavfsizligi davlat tomonidan
kafolatlanadi. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi manfaatdor vazirlikiar va
idoralar bilan birgalikda turistlarning himoya qilinishini hamda xavfsizligini
ta’minlash dasturini ishlab chiqadi va uning bajarilishini tashkil etadi. Mahalliy
davlat hokimiyati organlari turizm sohasida barcha turistik yo‘nalishlar bo‘yicha
turistlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta’minlash mintaqaviy dasturlarini
ishlab chiqadilar va ularning bajarilishini tashkil etadilar. Turistik faoliyat
subyektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ular jarohatlanganda,
kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy va o‘zga xil yordam ko'rsatish yuzasidan
aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.