Mavzu Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Rej
Mavzuning maqsadi: Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarining
turizm obyektlarida va infratuzilmasi hududida turistlar xavfsizligini ta’minlash
yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlari natijasi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari
IIBlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 5 oyi
davomida 47 davlat va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyurgan 313 delegatsiyani
kutib olish, ularning xavfsizligini ta’minlash va kuzatish bilan bog‘liq tadbirlar
tashkil etilgan. Bo‘linma xodimlari tomonidan turli masalalarda yordam so‘ragan
23 mingdan ortiq xorijiy va mahalliy turistlarning murojaatlari ko‘rib chiqilgan va
ularga kerakli yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, turistlarga nisbatan sodir etilishi
mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi
hamda aholining madaniyati va mehmondo‘stlik fazilatlarini yuksaltirish maqsa-
dida bo‘linmalar tomonidan 2 ming 709 profilaktik tadbir o‘tkazilgan.
Turistlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va xavfsizlik choralarini kuchay-
tirish masalalari yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga 105 taklif va
taqdimnomalar kiritilgan, ularning 18 tasi ichki ishlar organlarining boshqa
sohaviy xizmatlariga, 42 tasi mahalliy hokimiyat organlariga, 45 tasi boshqa davlat
organ va tashkilotlariga yuborilgan.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning joriy yil 6 martdagi “Transport
va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy
etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra turistik salo-
hiyati yuqori bo‘lgan Toshkent, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrining
ichki ishlar organlari tarkibida ham xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari
tashkil qilindi, – deydi Ichki ishlar vazirligi xavfsiz turizmni ta’minlashni
muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori, polkovnik Sarvarbek Usmonov. –
Shuningdek, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun barcha boshqarmalar
zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlandi. Jumladan, alohida belgilari bilan
ajralib turuvchi avtobus, yengil xizmat avtomashinalari, motosikl, skuter, segvey
hamda planshetlar bilan ta’minlangan.