Mavzu Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Rej
Biologik omillar Yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish — juda xavfli hisoblanadi.
Tropik iqlim mintaqasida joylashgan mamlakatlarda tarqalgan yuqumli kasallik-
larga qarshi boshqa iqlim mintaqasidan kelgan turistlaming bu yerda tarqalgan
xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi immuniteti yetarli bo’lmaydi. Sariq kasal, bez-
gak, tifva boshqa kasalliklarni yuqtirib olish xavfi vujudga keladi. Buning oldini
olish uchun har xil profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi, turistlarni emlash va maxsus
shifokor ruxsatnomasini olishi zarur bo’ladi. Bunday ruxsatnomasiz mamlakatga
kiritilmaydi (ba’zi hollarda ularga aviachipta ham sotilmaydi). Bunday talablar
ko‘proq Afrika, Janubiy Amerika va Janubiy Osiyo mamlakatlariga borilganda
juda muhim hisoblanadi. Shuni ta ’kidlab o ‘tish Iozimki, yuqumli hududlar xarita-
sida, sariq kasalligini yuqtirib olish xavfi bor davlatlar jumlasiga Gretsiya kiritil-
gan, xolera kasalligi bor hududlarga Povolje va Odessa hududi kiritilgan. Turist-
larga umumiy ovqatlanish muassasalaridan tashqaridagi oziq-ovqat, mahalliy
savdo shoxobchalaridan sotib olingan, ishlov berilmagan, xom mahsulotlarni va
ayniqsa ko‘chada sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini yeyish tavsiya etilmaydi.
Ovqatdan zaharlanish oqibati — odatda juda ham og‘ir bo‘ladi.
Hasharotlaming, xatarli hayvonlaming chaqishi — xavfni yuzaga keltiradi. Bu
xavf aholi yashash joyidan tashqariga — changalzorlar, o‘rmonlarga uyushtirilgan
ekskursiyalarga borilganda yanada yomon oqibatlarga olib keladi. Ob-havosi issiq
mamlakatlarda suv havzalarida cho‘milish mumkin emas, plyajda xatarli