Xatarli nurianish va kimyoviy omillar
Ultrabinafsha nurlanishi, radioaktivlik darajasining yuqori bo‘lishi - juda ham
ko‘p uchraydigan omillar hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlanish xavfi bor hollarda
(quyoshdan kuyish, issiq urishi) turistlarni ogohlantirish kerak hamda ularga xatarli
hududga borishganda shaxsiy himoya vositalari (quyosh nuriga qarshi ko’z oynak-
lar, himoyalovchi krem, maz va kiyimlar)ni ishlatish tavsiya etiladi. Bu tog‘larga
uyushtirilgan safarlarda, tog‘-chang‘i va suv sayohatida ham keng tarqalgan.
Radiatsiya darajasi yuqori bo’lgan hududlarga turistik yo'nalishlarni uyush-
tirish mumkin emas. Yaponiyalik ko‘pgina turistlar doimo o ‘zlari bilan radiatsiya
darajasini ko‘rsatuvchi maxsus datchiklar olib yurishadi va radiatsiya darajasini
yuqoriligini sezishsa, turistik yo‘nalishlami to‘xtatishlari ham mumkin. Joylarning
inson organizmiga ta ’sir qiluvchi kimyoviy omillari ham b o ‘ladi (masalan, zahar-
lovchi, og‘riq paydo qiluvchi). Yo‘nalishni tashkil qilish vaqtida bunday omillar
bor yo‘qligini tekshirish kerak. Suv tarkibida, ayniqsa, ichimlik suvi tarkibida,
havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi zararli moddalar ustidan nazorat
o ‘matish kerak. Shuningdek, kimyoviy ta ’siri past bo‘lgan yo‘nalish trassalarini,
yo‘lda dam olish joylarini, uxlash uchun joylami, ovqatlanish uchun va dam olish
joylarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Joylarda dezinfeksiya ishlarini qo’llash
kerak.
Yong‘in xavfi
Qurilish me’yorlari va qoidalariga doimo rioya qilish kerak. Shuningdek,
turistlaming himoyasi uchun obyekt va muassasalarda yong‘in xavfining oldini
oladigan qo‘llanmalarga ham e’tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Tashish
bosqichidagi xavf va xatarlar sayohatda turistlarni tashish juda ham xatarli bo’lgan
bosqich hisoblanadi, chunki transport vositalari juda katta xatar manbalaridir.
Tashish turlarining hammasida xavfsizlik eng asosiy masala bo’lishiga qaramas-
dan, noxush hodisalarning ko‘pi tashish bosqichida sodir bo‘ladi. Avtobuslaming
avariyaga uchrashi, temiryo‘1 poyezdlarini (eng zamonaviy liniyalar ham) relslar-
dan chiqib ketishi ( 1998-yili Germaniyada yuqori tezlik bilan harakat qiladigan
poyezd relsdan chiqib ketgan va bu og‘ir oqibatlarga olib kelgan. 2006-yilning
avgust oyida Misrda bir-biriga qarama-qarshi yo‘lga chiqqan poyezdlarning to‘q-
nash kelishi natijasida yuzlab odamlar vafot etdi va jarohatlandi), dengiz
kemalarining ch o ‘kishi, hamma markadagi samolyotlarning yerga yoki dengizga
qulashi mumkin. Texnik yoki tabiiy nosozliklar falokatlarni keltirib chiqaradi,
lekin bunday hollar terroristlaming ishi deb belgilanmaydi. Har hafta butun jahon
juda ham ayanchli hodisalar bilan birga o ‘n va o ‘ndan ortiq odamlar o‘limi bilan
tugayotgan falokatlarni eshitib larzaga keladi. Lekin, bunday hodisalar tashish
hajmining kam foizini tashkil etadi. Agar bunday bo‘lmaganda hech kim biror-bir
yerga bormasdi, xavfdan qo‘rqib uyda o ‘tirar edi. Bundan tashqari, har b ir turist
sayohatga otlanayotganda, albatta, u bilan hech narsa sodir bo‘lmaydi, — deb
hisoblaydi.
Har bir transport turida yo‘lovchilarni tashish qoidalari mavjud va shu bilan
birga yo’lovchi va ularning yuklarini sug‘urtalovchi institutlar tashkil etilgan.
Havo va dengiz, avtomobil va temir yo‘llarida tashish haqida Butunjahon
Konvensiyasi qabul qilingan. Bunda xavfsizlik qoidalari asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Dostları ilə paylaş: |