Mavzu: turkiy tillarda -lar ko’plik qo’shimchasining qiyosiy o’rganilishi reja: Ishning umumiy tavsifi


II. BOB. Hozirgi turkiy tillarda son shakli



Yüklə 47,55 Kb.
səhifə11/13
tarix24.03.2023
ölçüsü47,55 Kb.
#89591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
maxtubova fereuzabonu kurs ishi turekiydocx

II. BOB. Hozirgi turkiy tillarda son shakli.
2.1. Hozirgi o’zbek tilida ko’plik shakli.
Otlarga xos morfologik belgilardan biri uning grammatik son kategoriyasiga ega bo’lishidir. O'zbek tilidagi son kategoriyasini bir-biriga qarama - qarshi qo'yilgan birlik va ko‘plik shakllari tashkil etadi. Birlik shakldagi otlar bir jinsdagi narsalardan bittasini tashkil etadi: kitob, daftar, qalam; olma, о‘rik, shaftoli. Ko'plik shakldagi otlar esa bir jinsdagi narsalarning ikki yoki undan ortiq, lekin konkret bo'lmagan miqdorini ifodalaydi: daftarlar, kitoblar, qalamlar; olmalar, о‘riklar, shaftolilar kabi.. O'zbek tilida ham birlik, ham ko'plik shaklga ega bo’lgan otlardan tashqari faqat birlik shaklda qo'llanadigan otlar ham mavjud. un, yog', shakar, suv, go‘zallik, yaxshilik. havo kabi. Son shakllarida kelishi jihatidan otlar ikki turli bo'ladi.
1. Birlik va ko‘plik shaklga ega bo‘lgan otlar.
2. Faqat birlik shaklga ega bo‘lgan otlar.
Sanash mumkin bo'lgan aniq narsalarni anglatgan otlar birlik va ko'plik shaklda bo'ladi. Bunday otlar o'zlariga sanoq sonlami biriktirib kela oladi: bitta kitob, ikkita daftar, о‘nta talaba.
O'zbek tilida ko'plik ma’nosi uch xil usul bilan yasaladi:
a) morfologik usul;
b) leksik-semantik usul;
v) aralash usul.
Morfologik usulda ko'plik ma'nosi asosga -lar affiksini qo'shish biian ifodalanadi. Bolalar, kitoblar kabi. O'zbek tilida - lar affiksi quyidagi ma’nolami ifodalaydi.
1. Shaxs yoki narsaning ko'pligini ifodalaydi: daraxtlar, uylar, talabalar. Masalan: Taqir yerning kо‘rinishi juda boshqacha: maysalar, folaqizg‘aldoqlar, chuchmomolar, xuddi ko‘rpa yopib qo‘ygandek qip-qizil, yashil tusda tovlanadi. (H.No’mon).
2. Egalik aftiksdan keyin qo'shilib, hurmat ma’nosini ifodalaydi: dadamlar, oyimlar, xolamlar, akamlar kabi.
3. Payt bildiruvchi ravishlarga, payt, o'rin, yoki narsa sonini bildiruvchi birikmalarga qo'shilib, chama. taxmin ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi: soat 11 larda, (ko'rishmoq) kechqurunlari suhbatlashmoq, kechalari sayr qilmoq kabi.
4. -lar affiksi uyushiq bo’laklarning har biriga qo’shilganda ko‘plik, ta’kid, hurmat ma’nolarini ifodalaydi 1. Bahor. Maktab bog'idagi o’riklar, olmalar, giloslar chaman kabi ochilgan. 2. Haydar, Qo‘chqor, Komillar bir ko'rpada tepkilashib katta bo ‘lishgan. (Uyg ‘un).
Leksik - semantik usul bilan quyidagicha yasaladi:

  1. sanoq sonlar, gumon olmoshlari va miqdor ravishlari otni aniqlab keladi: bir necha bola, kо‘p kitob, har xil qalam kabi;

  2. otga sifatlovchi bo’lib kelgan ot, sifat, son, takrorlanadi: dasta-dasta gul,to‘da-to‘da olomon, qop-qop bug‘doy, tog‘-tog' xirmon kabi.

3 ) juft so‘zlar orqali ham ko‘plik-umumlashtirish ma’nolari ifodalanadi: uy-ro 'zg‘or, qozon-tovoq, qo‘ni -qo‘shni, meva-cheva, do‘st-yor, qarindosh-urug‘ kabi.
Aralash usulda yasalishda yuqoridagi har ikkala usuldagi vositalar qatnashadi:
ko‘p ota-onalar kelishdi, dasta-dasta gul lar terishdi, tog -tog' xirmon uyushdi kabi..

Yüklə 47,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin