Ishning maqsadi. Turkiy tillarda son kategoriyasining oʻzaro oʻxshash va farqli tomonlarini aniqlashdan iboratdir.
Ishning vazifalari. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
turkiy tillar haqida umumiy ma’lumot berish;
ko’plik shaklining eski o’zbek tilidagi shakllari haqida ma’lumot berish;
turkiy tillar doirasida ko’plik kategoriyasini umumiy holda oʻrganish;
-lar shaklining turkiy tillardagi variantlarini o’rganish;
Turkiy tillardagi ko’plik shaklini misollar orqali bayon qilish va xulosalar chiqarish.
Tadqiqotning obyekti.Ishni yoritishda tilshunoslik nazariyasiga doir turli darslik va qoʻllanmalar obyekt sifatida olindi. Bundan tashqari Özkan Mustafa, Hatiсe Tören, Osman Esin. Üniversiteler için Türk dili. Istanbul, 2001, Dil ve anlatim (9,10,11,12 sɪnflar için) elektron oʻquv qoʻllanmasi va oʻzbek tilida ko’plik kategoriyasi tadqiqiga bagʻishlangan ilmiy ishlardan foydalanildi. Turkiy tillarni qiyoslash jarayonida oʻzbek adabiyoti vakillari va turk adabiyoti vakillaridan Jaloliddin Rumiy,Yunus Emre bundan tashqari qoraqalpoq va qozoq kabi adabiyoti vakillari ijodiga murojaat qilindi. Bundan tashqari oʻzbek tilshunoslaridan Y.Abdurasulovning “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi tayanch manbaa sifatida olindi. Ijtimoiy saytlardan ham foydalanildi.
Tadqiqotnoing metologik asosini:Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.M.Mirzoyoyevning asarlari, va jahon tilshunosligi faniga buyuk hissa qoʻshgan olimlarning nazariy fikrlari tashkil etadi.