Mavzu: Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi


Iqtisodiyotni budjet tomonidan tartibga solish



Yüklə 60,56 Kb.
səhifə5/7
tarix16.12.2022
ölçüsü60,56 Kb.
#75410
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi

2. Iqtisodiyotni budjet tomonidan tartibga solish.

80-yillarning boshlaridayoq iqtisodchilar Turkiyaning iqtisodiy va ijtimoiy tizimi “aralash iqtisodiyot” ekanligini ta’kidlaganlar. G‘arbda ushbu tizim unumli va monand(garmonik) ravishda ishlayotgan tizim bo‘lib, tabiiy organik rivojlanishning “natijasi”dir. Turkiyada esa ijtimoiy va xususiy sektorlarni paydo bo‘lishi “davlat aralashuvi natijasidir”. Shuning uchun Turkiyada G‘arb mamlakatlaridan farqli ravishda tizim falsafasi va faoliyat shakli o‘rtasida yagona uyg‘unlik yuz bermadi.
Mamlakat iqtisodiyotiga davlat aralashuvining faoliyati xaligacha aniq bir mazmun kasb etmadi, amaliy faoliyatni baholash, davlat sektori ustidan nazorat va yo‘naltirish kriteriyasi(mezoni) mavjud emas. Shu bilan birgalikda barqaror iqtisodiy o‘sishning ta’minlanishi birinchi navbatda davlat aralashuvining qanchalik samaradorligi va barqarorligiga bog‘liq. Davlatning bevosita va bilvosita aralashish shakllari bozor mexanizmi faoliyatini, uning samaradorligini ta’minlashda asosiy omil bo‘ldi. Ammo ikki tomonlama faoliyat yuritilishiga qaramay, Turkiyada shunday davlat funksiyasi xaligacha modellashtirilmagan va aniqlashtirilmagan.
Pirovardda Turkiyadagi “aralash iqtisodiyot tizimi” tizim sifatida baholash nuqtai nazaridan qorong‘u bo‘lib qolmoqda. Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra Turkiyadagi “aralash iqtisodiyot” amaliyotda muhim belgini – “birga mavjud bo‘lish prinsipi”ni namoyon qildi. Davlat aralashuvining xarakteri bo‘yicha anarxiya darajasini (bozor hukmronligi) yoki aksincha etatistik diktaturani, ya’ni qaerda bozor diktaturasi va qaysi sohada mavjudlik diktaturasini aniqlash mumkin. Turkiyada rivojlangan “aralash iqtisodiyot” tizimi turli qarashlar va aloqalarni tartibga solish orqali amalga oshirilgan bo‘lib, monopoliyani vujudga keltiruvchi “lessefer”ga ham, marksizm-sotsializmga xos bo‘lgan qat’iy aralashuvga ham o‘xshamagan “iqtisodiy erkinlikning yangi turini” vujudga keltirdi.
Turk olimlari tomonidan to‘g‘ri ifoda etilgan “birga mavjud bo‘lish prinsipi” mamlakat iqtisodiyotida uzoq davom etgan inflyatsiya jarayonlarini, shuningdek davlat sektorining ustunligini tushunish imkoniyatini beradi. Umuman xalqaro moliya tashkilotlari yordami bilan bozor iqtisodiyotiga o‘tish paytida samarali repressiv apparat orqali shunday salbiy ko‘rinishlarni direktiv uslublar bilan bartaraf etish oson edi. Ammo mamlakatda bunday yondoshish kuzatilmaydi va bu Turkiyaning makroiqtisodiy tartibga solish uslublarining judayam o‘ziga xosligini anglatadi. Ushbu holat iqtisodiyotni budjet tomonidan tartibga solinish taxlili bilan tasdiqlangan.
Ma’lumki, bir qancha mamlakatlar iqtisodiyotidagi doimiy budjet tanqisligi turli parlament munozaralariga sabab bo‘lib, ushbu tanqislikni bartaraf etish ular tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat asosida yotadi. Turkiyada oxirgi yetti yil mobaynida budjet tanqisligi doimiy ravishda kuzatiladi ( 1996 yili 504 mlrd. Tl yoki 6,9 % budjet xarajatlari va 2002 yili 31987 mlrd. Tl yoki 15,4%). Ehtimol bularning hammasi Xalqaro valyuta fondi(XVF) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan malomatlar yoki norziliklarni keltirib chiqarar, ammo vaziyat ko‘rinib turganidek ijobiy tomonga o‘zgarmayapti., hatto ayrim yillarda juda ham yomonlashgan. Shunga qaramay mamlakat kredit beruvchilarning ishonchini yo‘qotgani yo‘q.
1-jadval.

Yüklə 60,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin