Turkiyaning umumiy budjeti (mlrd. tl)
Yillar
|
1995
|
1996
|
1997
|
1998
|
1999
|
2000
|
2001
|
Xarajatlar:
|
5313
|
8165
|
12596
|
21006
|
38051
|
67193
|
101265
|
Joriy
|
2095
|
3051
|
4537
|
7444
|
16607
|
33380
|
45177
|
Transport ta’minoti
|
1276
|
1840
|
2996
|
5053
|
12539
|
26465
|
33663
|
Qolgan joriy
|
819
|
1211
|
1542
|
2392
|
4068
|
6915
|
11614
|
Kapital qo‘yilmalar
|
1030
|
1624
|
2295
|
3141
|
5067
|
8902
|
13458
|
Transfer to‘lovlar
|
2188
|
3490
|
5864
|
10421
|
16378
|
14911
|
42530
|
Daromadlar:
|
4515
|
5754
|
10089
|
17016
|
30379
|
55239
|
84130
|
Umumiy budjet
|
4411
|
6630
|
9894
|
16734
|
29939
|
54576
|
83360
|
Soliqdan tushgan daromadlar
|
3829
|
5972
|
9051
|
14232
|
25550
|
45400
|
89950
|
Soliqsiz daromadlar
|
458
|
574
|
819
|
1228
|
2438
|
4267
|
7280
|
Xususiy daromad va fondlar
|
124
|
83
|
245
|
1274
|
1950
|
4909
|
6130
|
Budjet to‘ldirmalari
|
104
|
124
|
195
|
282
|
440
|
663
|
770
|
Daromad va xarajatlar balansi
|
798
|
1412
|
2607
|
3990
|
7673
|
11955
|
17135
|
Kechiktirilgan to‘lovlar va avanslar
|
116
|
197
|
32
|
81
|
639
|
400
|
0
|
Mavjud balans (defitsit)
|
915
|
1609
|
2575
|
4071
|
8312
|
12355
|
17135
|
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.
Oxirgi bir necha yillar mobaynidagi Turkiya davlat budjetidan asosiy xarajatlar qismi va budjet tushumlari manbai bo‘yicha joriy foydalanishini ko‘rib chiqsak. Ko‘rinib turibdiki, uning defitsiti hatto rejalashtirilganidan ham yuqori bo‘lib, ushbu holat davlat xarajatlarini ko‘zda tutilganidan oshib ketganligini anglatadi. Demak hukumat zarur iqtisodiy muammolarni xal etish paytida hech qanday budjet cheklovlariga e’tibor qaratmagan.
Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, budjet xarajatlarining katta qismi davlat boshqaruv organlari va boshqa davlat xizmatchilarini moliyaviy ta’minlash uchun rejalashtirilgan va sarf etilgan (1995 yili – 24%, 2000 yili -39,4%). Budjet xarajatlarining keyingi muhim qismi transfert to‘lovlar bo‘lib, ularning ulushi 1995 yilgi 41,2 %dan 2000 yilda 37,1%gacha pasaygan. Ushbu holat hukumat organlarini ijtimoiy ehtiyojlarga qilinayotgan xarajatlarni bir muncha qisqartirishga bo‘lgan intilishi haqida guvohlik beradi. Shunga qaramay shunday xarajatlar darajasi yuqori bo‘lib, 2002 yilda budjet xarajatlarini 42 foizgacha chiqarish rejalashtirilgan edi. Bir vaqtning o‘zida davlat kapital qo‘yilmalarining solishtirma og‘irligini 19,4 foizdan 13,2 foizgacha pasaytirish kuzatiladi. Daromaddan xarajatlar miqdorining ustunligi taxlil etilayotgan barcha yillarda kuzatilib, budjet daromad qismining 20,3 – 27,4 foizigacha yetgan.
Shunday xulosalarni davlat va xususiy sektordagi kapital qo‘yilmalar dinamikasining taxlili ham tasdiqlaydi (2-jadval).
2-jadval.
Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha jamg‘armalar va kapital qo‘yilmalar dinamikasi.
(1998 yil narxlarida, mlrd. Tl).
Yillar
|
Davlat sektoridagi umumiy kapital qo‘yilmalar
|
Xususiy sektordagi umumiy kapital qo‘yilmalar
|
1990
|
11302
|
7841
|
1991
|
12734
|
7090
|
1992
|
10616
|
6703
|
1993
|
10668
|
7980
|
1994
|
10482
|
8555
|
1995
|
12695
|
8922
|
1996
|
13620
|
10503
|
1997
|
13767
|
12033
|
1998
|
10990
|
13056
|
1999
|
10789
|
13112
|
2000
|
11637
|
15624
|
2001
|
11853
|
15141
|
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, davlat sektori o‘zining investitsiyalari uchun doimiy ravishda xususiy sektor jamg‘armalaridan foydalangan bo‘lib, moliyalashtirishning tashqi manbalari ko‘payib borayotgan ichki qarzga sarflangan. Buning ustiga ushbu davr mobaynidagi kapital qo‘yilmalar xajmi yuqori darajada bo‘lib, 10,6 – 13,8 trillion turk lirasi atrofida bo‘lgan (solishtirilayotgan narxlarda). Albatta investitsiya yo‘nalishlari turli darajada o‘zgartirilib turildi. Ammo saqlanib qolayotgan davlat xarajatlarining yuqori darajasi mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning ta’siri yuqori holatda ekanligidan dalolat beradi.
Bir paytning o‘zida xususiy sektor jamg‘armalaridan unchalik foydalanilmadi yoki musodara qilindi. Ushbu dinamikada bank foiz stavkalarini pasaytirilishi kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantiradi degan mashhur makroiqtisodiy nazariya holati kuzatilmaydi. Masalan, 1990, 1994 va 1999 yillarda minimal foiz stavkalarining faoliyati (kreditga qo‘yilayotgan foizlar albatta yuqori bo‘lib, ularning miqdori bo‘yicha katta farqqa ega edi) xususiy sektordagi kapital qo‘yilmalarning nisbatan o‘sishi bilan muvofiq kelgan (2,5%, 7,2% va 1,5%). Shu davr mobaynida, 1993, 1996 va 1997 yillarda kapital qo‘yilmalardagi real bank stavkalari yuqori bo‘lgan (muvofiq ravishda 19,1%, 17,8% va 14,5%). Shu bilan birgalikda tan olish kerakki, xususiy sektor kapital qo‘yilmalarining real xajmi taxlil qilinayotgan davr mobaynida deyarli ikki barobarga o‘sgan. Bu xususiy investitsiyani rivojlantirishga bo‘lgan davlat siyosatining umumiy yo‘nalishi amalga oshirila boshlaganligidan dalolat beradi.
Investitsiyaning shunday qarama-qarshi harakatiga sabab saqlanib qolayotgan davlat sektorining asosiy roli, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining keskinlashishi bo‘lib, xususiy sektorning o‘z jamg‘armalaridan tezroq unumli foydalanishga intilishidan iborat. Shunday sharoitda ham aholi, ham tadbirkorlar mavjud pul mablag‘larini ko‘chmas mulkka yoki yuqoriroq va tez foyda beruvchi tarmoqlarga qo‘yishni afzal deb biladilar. Vaholanki barcha ushbu jarayonlar mamlakat banklari orqali amalga oshiriladi va ular tomonidan nazorat qilinadi.
Aytishlariga qaraganda mamlakat Markaziy va tijorat banklari hukumatdan tashqari mustaqil ravishda faoliyat yuritib, ular o‘z jamg‘arma va kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari darajasini o‘zlari mustaqil belgilashar, Markaziy bank esa yana resskont operatsiyalar va avanslar, pul emissiyasi o‘lchamlari bo‘yicha shug‘ullanar ekan. Shunga qaramay davlat ular yordamida osongina o‘zining investitsiya maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur vositalarni olmoqda. Ushbu holat nafaqat tashqi, balki ichki zaymlarni amalga oshirish orqali amalga oshirilgan. Yuqorida biz tashqi qarz o‘lchamlari haqida ma’lumot berdik. Ichki qarz holatiga kelsak, 2000 yili budjetni moliyalashtirishdagi uning o‘lchami tashqi qarzdan 2,7 barobar yuqori bo‘lib, 14,8 trillion turk lirasini tashkil etgan. Shunday qarzdorlik davlat obligatsiyalari (12,5 tril. Tl), xazinachilik majburiyatlari (1,9 tril. Tl) va Markaziy bank veksellari (331 mln. Tl) hisobidan yuz berdi. Ichki qarzdorlik dinamikasi quyida berib o‘tiladi (3-jadval).
3-jadval.
To‘lanmagan ichki qarz qoldiqlari (mlrd. tl).
Yillar
|
Davlat obligatsiyalari
|
Xazinachilik majburiyatlari
|
Markaziy bank ssudasi
|
Konsilidatsiya qilingan qarzdorlik
|
Ichki qarz qoldig‘i
|
Budjet daromadiga nisbatan, %
|
1993
|
360
|
56
|
339
|
2418
|
3173
|
X
|
1994
|
531
|
340
|
528
|
3235
|
4634
|
X
|
1995
|
1032
|
490
|
795
|
4656
|
6973
|
X
|
1996
|
1511
|
823
|
1052
|
7129
|
10515
|
156,3
|
1997
|
2407
|
1923
|
1407
|
11481
|
17219
|
170,1
|
1998
|
4880
|
2542
|
2082
|
18954
|
28458
|
154,4
|
1999
|
10863
|
3537
|
2539
|
24995
|
41934
|
147,4
|
2000
|
18801
|
5469
|
2870
|
30040
|
57180
|
106,2
|
2001
|
24697
|
18258
|
13589
|
37138
|
93683
|
111,4
|
2002 (yanvar-aprel)
|
37635
|
17277
|
26132
|
29745
|
110809
|
63
|
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.
Konsolidatsiya qilmoq (davlatning qisqa muddatli qarzlarini uzoq muddatli yoki muddatsiz qazga aylantirish)
Berib o‘tilgan ma’lumotlar ichki qarz qoldiqlarini yuqori o‘sish sur’atiga ega ekanligini (1993 yildan 2002 yilgacha 350 barobar), hamda budjetning daromad qismi bilan qiyoslanganda uning pasayishini namoyon qiladi. Birinchi holat hech qanday majburiyatlarsiz zarur zaym vositalarini olishga davlat intilishining oshishi haqida, ikkinchi holat esa xajmning judayam o‘sib ketishi va inflyatsiya natijasida davlat obligatsiyalari, xazinachilik majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlianishi haqida guvohlik beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatning ichki qarz muammosi Turkiya siyosatchilari va iqtisodchilarida muhim bir tashvish uyg‘otmaydi. Ehtimol ularga ushbu muammoga zamonaviy iqtisodchilarning qarashlari yaxshi ma’lumdir. Ularning fikricha davlat qarzi hukumatning o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarish imkoniyatidan mahrum qilish yo‘li bilan uni barbod bo‘lishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Qarzning yuzaga kelishi – bu jarayon bo‘lib, uning vositasida jamg‘armalar xarajat qilayotgan shaxslarga o‘tadi. Agar iste’molchilar va biznes o‘zlashtirishga moyil bo‘lmasa, bunday holatda davlat qarzining o‘sishi yuz beradi.
Birinchidan, ularning fikricha davlat qarzini kamaytirishga majburlovchi biror bir sabab yo‘q. Amaliyotda hukumat obligatsiyalari bo‘yicha oylik to‘lov muddatlari yetganda iqtisodiyotda depressiv jarayonalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatni yuzaga keltirmadi, ya’ni xarajatlarni qisqartirmadi va soliqlarni oshirmadi, faqatgina yangi obligatsiyalarni sotish va obligatsiyalardan olingan daromadlar hisobiga o‘z qarzi muddatini cho‘zdi.
Ikkinchidan, umuman hukumat aholiga soliq solish va ularni yig‘ib olish xuquqiga ega. Turkiya bunday holatda turli jamg‘armalar va boshqa soliq yig‘inlaridan keng foydalanmoqda.
Uchinchidan, hukumat o‘zi ham pul chiqarish xuquqiga ega bo‘lib, shu yo‘l orqali asosiy qarz summasini va u bo‘yicha foizni to‘lashi mumkin. Shu bilan birga amaliyotda yuz berayotgan inflyatsiya hisobidan ushbu qarzning bir qismini ham to‘lashi mumkin.
To‘rtinchidan, ichki qarz shuning uchun ichki qarzki, hukumat obligatsiyalarining katta qismi milliy tashkilotlar – banklar, kompaniyalar va boshqalar qo‘lidadir. Ya’ni davlat qarzi umumiy aktiv hisoblanadi. Ushbu mamlakat rezidentlari qo‘lida bo‘lgan davlat obligatsiyalarini to‘lash mamlakat iqtisodiyotida sotib olish qobiliyatini pasayishiga olib kelmaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek budjetning muhim daromad qismi bo‘lib soliq tushumlari hisoblanadi. Turkiya budjetidagi ularning solishtirma og‘irligi turli yillarda turlicha bo‘lib, goho 89,7%ga yetadi (1997 yil), goho 82,9 %gacha pasayadi (2000 yil). Jamg‘armadagi nosoliq tushumlar boshqa manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, Turkiya yetarli darajada samarali va turli tuman soliq tizimiga ega bo‘lib, hatto xususiy sektorning judayam kichik ishlab chiqaruvchilarini va tadbirkorlarni ham hisobga oladi. Shu bilan bir paytda bu yerda soliq yuki unchalik yuqori bo‘lmay, iqtisodchilar ma’lumotiga ko‘ra 1991 yili YaMMning 18,3%ini, 1995 yili – 15,3% va 2000 yili 20,2%ini tashkil etgan (taqqoslash uchun AQShda – 21,3%, Yaponiyada – 22,1%, GFRda – 24,3% va Daniyada – 48,7%). Albatta ushbu holat tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Soliq tushumining asosiy turi daromad solig‘i bo‘lib, u 2001 yili barcha soliq tushumlarining 49,2 %ini bergan, 31,6% soliqlar tovar va xizmatlarni sotish, 17,8% - tashqi savdo va 1,4% ko‘chmas mulkka solingan soliqlar hisobidan hosil bo‘lgan. Shuningdek mahalliy soliq tushumlari ham mavjud bo‘lib, ularning xissasi unchalik katta emas. Quyidagi jadval orqali soliq tushumlarining oylik o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz (4-jadval). Ushbu ko‘rsatkichlar yil davomidagi mamlakat aholisi va tadbirkorlarni nominal daromadlarining o‘sishi haqida aniq bir tavsif beradi.
4-jadval.
Dostları ilə paylaş: |