Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish.(mlrd. tl)
|
1997
|
1998
|
1999
|
2000
|
2001
|
2002 (yanvar – mart)
|
Davlat sektori
|
6509
|
8931
|
17679
|
21713
|
47316
|
26800
|
Davlat obligatsiyalari
|
2045
|
3816
|
9061
|
12670
|
12291
|
16778
|
Xazinachilik majburiyatlari
|
3955
|
5115
|
7634
|
8443
|
34277
|
10022
|
Daromadli aksiyalar, sertifikatlar
|
809
|
--
|
984
|
600
|
567
|
--
|
Xususiy sektor
|
683
|
138
|
2298
|
4116
|
5634
|
1339
|
Aksiyalar
|
187
|
365
|
967
|
1807
|
3607
|
587
|
Obligatsiyalar
|
318
|
211
|
695
|
762
|
576
|
83
|
Bank majburiyatlari
|
76
|
238
|
98
|
330
|
726
|
250
|
Moliyaviy majburiyatlar
|
56
|
271
|
465
|
238
|
660
|
334
|
Daromadli qog‘ozlar va qarz majburiyatlari
|
0,8
|
0,2
|
2
|
4
|
0
|
--
|
Ishtiroki haqida guvohnoma (paylar)
|
45
|
53
|
162
|
975
|
65
|
25
|
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, davlat moliya bozorining eng faol ishtirokchisi bo‘lib, xususiy sektorga nisbatan o‘zining qimmatbaho qog‘ozlar, ularning xajmi va chiqarishi bo‘yicha taklifi deyarli 20 barobarga oshadi. Bunda aksioner jamiyatlarini tashkil etish orqali xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari aksiyasi taklifining o‘sishi xali kuzatilmaydi. Vaholanki, ularning birjalar, bank va boshqa kontoralar orqali sotilish xajmi 1993 yilgi 39,5 mlrd. turk lirasidan 2001 yili 326,6 trillion turk lirasiga yetdi. Bu yerda barcha savdoning 78%i banklar xissasiga, qolgani turli kompaniyalar, vositachilar va brokerlar xissasiga to‘g‘ri keladi. Istambul fond birjasining oylik operatsiya xajmi 1996 yil yanvar holati bilan qiyoslaganda 2002 yili deyarli 40 barobarga ko‘paydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, davlat obligatsiyalari va xazinachilik majburiyatlarini asosiy sotib oluvchilar banklar hisoblanadi. Agar 1994 yili ular xissasiga barcha savdoning 43,4 %i, 1999 yili 90,3 %i, qolgan 6,4 % ijtimoiy muassasalar va 3,3 %i xususiy sektor korxonalari xissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu qimmatbaho qog‘ozning xususiy egalari ulushi 1994 yilgi 3,5%dan deyarli nolga tushib qolgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, odamlar o‘z jamg‘armalarini inflyatsiyadan himoya qilish bo‘yicha davlat kafolati asosidagi ishonchliroq bank xizmatlarini afzal deb bilmoqdalar. Yoki banklar o‘z faoliyatlarini jadallashtirish, zahira va aktivlarini mustahkamlash maqsadida ularni o‘zlarida ushlab turishni afzal deb biladilar.
Ma’lumki, qachonki Markaziy bank tijorat banklaridan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olishni boshlasa, ularning zahiralari, ya’ni kredit berish imkoniyatlari ko‘payadi yoki aksincha. Shunga muvofiq o‘z qarzi bo‘yicha davlat foiz to‘layotgan o‘sha qimmatli qog‘ozlar ma’lum daromad keltiradi. Bu davlat qimmatbaho qog‘ozlariga nima sababdan qiziqish uyg‘otganligini anglatadi.
Boshqa tomondan banklarning foiz stavkalarini oshirishga yo‘naltirilgan qimmatbaho qog‘ozlar siyosati sarmoyaviy faollikni pasaytirishi lozim edi. Ammo yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiy sarmoyalar taxlili aksincha holatni ifoda etadi – ular to‘xtovsiz o‘smoqda. Ushbu holatni mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishi, texnologik progress yoki kelajakda kapitalga ko‘proq narx belgilanishini kutish, inflyatsiya sababli real bank foiz stavkalarining pastligi bilan izohlash mumkin.
Turkiyada bank foiz stavkalari juda-juda yuqori bo‘lib, deyarli mamlakatdagi inflyatsiya sur’atlariga yaqindir. Imtiyozli kreditlar faqatgina eksport operatsiyalari va tashqi moliyalashtirish manbalariga qo‘llaniladi. Investitsiya uchun ajratilayotgan kreditlar yillik 70%, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng 75% hisobida amalga oshiriladi. Shunday yuqori foiz stavkalariga qaramay ulardan foydalanish holatlarining guvohi bo‘lamiz. Chunki inflyatsiyaning yuqori sur’ati bank foiz stavkalarini juda past holatga tushirib qo‘ymoqda.
Dostları ilə paylaş: |