Mavzu; Turli bozor ko’rinishlarida narxlarning shakllanishi kirish



Yüklə 257,88 Kb.
səhifə10/13
tarix31.01.2023
ölçüsü257,88 Kb.
#81981
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu; Turli bozor ko’rinishlarida narxlarning shakllanishi kiri

Vaqt omili. Ishlab chiqaruvchi narxlarni o’zgarishiga tezda moslashish imkoniyatiga ega emas. Buning uchun ma’lum vaqt kerak. Sabab, asbob-uskuna, xom ashyo, qo’shimcha ish kuchi yoki aksincha, ishchilarni bo’shatib, bank kreditlarini to’lash kerak. Shunday vaziyat ham bo’ladiki, taklif noelastik. Unda talabning o’sishi taklif o’sishiga emas, narx o’sishiga — inflyatsiyaga olib keladi.

vaqt omilini taklif elastikligiga ta’sirini tahlil etar ekanmiz, ko’p iqtisodchilar e’tiborni eng qisqa bozor davri, qisqa va o’rta davrlar o’rtasidagi farqqa qaratish zarurligini ta’kidlashadi:
a) nihoyatda qisqa bozor davri. Bu shunday muddatki, bunda ishlab chiqaruvchilar talab va narxlarni o’zgarishiga, reaktsiya qi-lishga ulgurmaydi. Masalan, dehqon — fermer bozorga bir mashina pomidor olib keldi. Bu uning bir yillik hosili. Uning uchun taklif tamomila noelastik. U narxning qanday bo’lishidan qat’i nazar arzonmi, qimmatmi sotadi. Agarda kutganidan qimmatroq bo’lsa ham bozorga qo’shimcha pomidor olib kela olmaydi. Chunki, bir kechada pomidor o’stirib bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan uni kutganidan past, arzon bo’l-sa ham, olib kelgan pomidorini sotadi. Chunki, achisa umuman hech narsa ololmaydi. Bu faqat bir fermer emas, boshqalarga ham tegishli. Chunki, bozordagi talabga qarab taklifni ko’paytirish uchun vaqt yo’q. Narxning o’sishi faqat iste’molni nor-mallashtiradi.
Narxning o’sishi faqat iste’molni nor-mallashtiradi. Lekin uni ishlab chiqarishni ko’paytirmaydi;
b) qisqa muddatli davr. Bu davr mobaynida alohida ishlab chiqaruvchilar va umuman butun tarmoqning quvvati o’zgarmaydi. Lekin, korxona o’z quvvatini intensiv tarzda ishga solishi uchun etarli vaqtga ega. Misolimizdagi fermer intensiv uslublardan foydalanib, erga qo’shimcha o’g’it-pestitsid, mehnat sarflab, suv quyib pomidor hosildorligini oshi-rib, evaziga taklifni ko’paytirishi mumkin. Natijada nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda taklif ortadi. Lekin narx nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda pastroq bo’ladi.

Yüklə 257,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin