4.Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni. Muayyan turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan tovarlar miqdori shunchalik ko’p bo’ladi. Tarmoqdagi firmalar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko’payadi.
5.Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi.Agarda muayyan tovar ishlab chiqarishga qaraganda boshqa tarmoq sohalarida ko’proq foyda olish mumkin bo’lsa, ishlab chiqarish xizmat ko’rsatishga o’tishlari mumkin. Bu o’z navbatida shu turdagi tovarlar, xizmatlar taklifini ko’paytiradi.
6.Fan-texnika sohasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. Ixtirolar bir tomondan umuman yangi tovarlar, xizmat ko’rsatish turlari taklifini vujudga keltirishi, ikkinchi tomondan, mavjudlarini ishlab chiqarishda tub o’zgarishlar qilishi mumkin. Bular ham taklifni o’zgarishiga ta’sir qiladi.
7.Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish. Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga etkazish ham taklifga ta’sir etadi.
8.Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki kam ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetdan xarid qilish yoki aksincha, daromad topish uchun chetga chiqarish mumkin. Buning natijasida taklif ko’payishi yoki aksincha, kamayishi mumkin. Eksport ichki bozorda tovar taklifini qisqartirsa, import uni ko’paytiradi. Bundan tashqari, yana qator omillarni sanab o’tish mumkinki, ular ham taklifning o’zgarishiga ta’sir etadi
O’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy resurslarga talab va taklifni birgalikda alohida ko’rib chiqamiz. Iqtisodiy resurslarga talab ham tovarlarga bo’lgani kabi shakllanadi. Lekin, iqtisodiy resurslarga talab birinchi navbatda shu resurslarni qo’llagan holda ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan talabga bog’liq. Masalan, stanok ishlab chiqarish kengaysa, resurs bo’lmish metallga talab ortadi.
Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi: a) pirovard mahsulotga talabning o’zgarishi; b) resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qo’llash. Masalan, gaz o’rniga ko’mir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi;
v)umumiy sarf-xarajatlarda har bir resurs hissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning hissasi qancha ekanligiga bog’liq. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan taqqoslanganda katta hissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga ortadi.
Bu o’z navbatida talabning ham shu darajada pasayishiga olib kelishi mumkin.