Mavzu; Turli bozor ko’rinishlarida narxlarning shakllanishi kirish


Bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi



Yüklə 257,88 Kb.
səhifə6/13
tarix31.01.2023
ölçüsü257,88 Kb.
#81981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu; Turli bozor ko’rinishlarida narxlarning shakllanishi kiri

2.2 Bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar va buning narxlarga ta’siri
Umuman olganda bozorning dinamik modelida bozor narxi ning
o‘zgarishi uch xil variantga olib kelishi mumkin:
P(t) 1. Vaqt o‘tishi bilan bozor narxi ning muvozanat narxdan chetlanishi kamayib
boradi;
2. Bozor narxi muvozanat narxdan uzoqlashib boradi;
3. Bozor narxi muvozanat narx atrofida tebranib turadi va bozor muvozanatiga hech vaqt erishilmaydi.
Agar taklif chizig‘i S talab chizig‘iga nisabat tikroq bo‘lsa, birinchi hol yuz
beradi. Agar taklif chizig‘ining yotiqligi talab chizig‘ining yotiqligiga nisbatan tikroq    bo‘lsa, birinchi hol amalga oshadi Uchinchi holatda talab va taklif chiziqlari yotiqligi bir xil bo‘ladi.
Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansa-da, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, ya’ni tovarlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajmlari bir xil bo’lmasligi mumkin. Yaratilgan mahsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer, jamoa, dehqon xo’jaliklari etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining bir qismini o’zi iste’mol qiladi. Masalan, etishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi iste’mol qiladi, urug’likka ishlatadi va hokazo. Agar shu maqsadlarga jami etishtirilgan kartoshkaning 20% i sarflansa, 80%i tovar bo’lib sotiladi, ya’ni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tash-qari, agar uni bir qismi chirishi mumkinligini hisobga olsak, yana ham kam bo’ladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashini kuchaytiradi.
Taklif qilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Taklifga eng avvalo, narx ta’sir qiladi. Talabni o’rganganimizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi talabni o’zgarishiga qanday ta’sir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni ham xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik.
Bir kg tovar narxi 100 so’m bo’lsa, taklif 10 kg, narx 120 ga ko’tarilsa 12 kg va hokazo tarzida taklif etiladi. Ana shu narx bilan miqdor o’rtasidagi bog’lanishni shartli ma’lumotlarimiz asosida grafikka o’tkazamiz. Nuqtalarni birlashtirsak taklif egri chizig’i hosil bo’ladi. Bu egri chiziq taklif qilingan tovar va xizmatlar miqdori bilan ularning narx o’rtasidagi bog’lanishini ko’rsatadi. Tovar uchun narx qancha yuqori bo’lsa, bozorga ishlab chiqaruvchilar tomonidan shu tovarni shuncha ko’p miqdorda taklif etiladi, negaki tovar sotuvchi olayotgan puli (tushumi) tovarning narxi oshishi bilan ko’payib boradi. Bu holat ularni mavjud tovar ishlab chiqarish hajmini o’stirishga undaydi. Demak, narxni o’sishi taklifni o’sishiga, pasayishi taklifni pasayishiga olib keladi. Bu matematik nuqtai nazardan to’g’ri proportsional bog’lanishdir. Mana shu bog’lanish, ya’ni narxni ortishi taklifni ham ortishiga, aksincha pasayishi taklifni ham pasayishiga olib kelishi taklif qonuni deb ataladi.
Albatta, taklifni ko’payishi xarajatlarni ham ko’paytiradi. Agar qo’shimcha tovarlarni sotishdan tushgan daromad (tushum) ularni ishlab chiqarish va bozorga keltirish xarajatlarini qoplamaydigan bo’lsa, narx oshishiga qaramay, taklif ko’paymaydi. Boshqa tomondan, agar narx pasaygan holda ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yanada ko’proq kamaysa, unda tovarni taklif qilish ko’-payishi mumkin. Ayrim bir tadbirkor faoliyatiga to’g’ri keladigan taklif qonuni jami tadbirkorlar, biznesmenlar faoliyatiga nisbatan ham o’z kuchini saqlab qoladi. Shu sababli jami taklif asosan xususiy takliflarga oid omillarning amal qilishiga bo’ysunadi. Narx osha boshlasa, uni ishlab chiqarishga shuncha ko’p tadbirkorlar jalb etiladi. Natijada taklif qilinadigan tovarlarning miqdori ancha ko’payadi. Agar narx yanada oshib boraversa, payti kelib «narxlar tushishi»

boshlanadi. Ishlab chiqarishni kengaytirishning zarurati tugaydi va ishlab chiqarilgan tovar miqdori ma’lum darajada narxga bog’liq bo’lmagan ravishda barqarorlashadi. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga nafaqat uning narxi, balki boshqa qator omillar ham ta’sir qiladi.

Yüklə 257,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin