Mavzu: Turli guruhlarda tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlarni parvarishlash va ularga g`amxo‘rlik qilish, taxminiy mashg`ulot ishlanmalarini tuzish Reja


O‘rta yosh guruhda ekologik markaz



Yüklə 173,21 Kb.
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü173,21 Kb.
#186070
1   2   3   4   5   6   7   8
16-Mavzu

O‘rta yosh guruhda ekologik markaz. O‘rta yosh guruhdagi bolalarda narsalarning xususiyat va sifatlarini (shaklining xilma - xilligi, rangi, kattaligi, sathining xarakteri va shu kabilar) ko‘ra olish malakasi hosil qilinadi. Bolalar solishtirib ko‘rishning murakkabroq usullarini egallaydilar, narsalarning farqi va o‘xshashligini aniqlashni, ularni u yoki bu belgilariga ko‘ra umumlashtirishni o‘rganadilar. O‘simlik va hayvonlar haqidagi bilimlar murakkablashadi. Bolalar o‘simliklarning xususiyatlarini aniq farqlashni boshlaydilar, ularning hayotlari uchun zarur bo‘lgan sharoitlari bilan tanishadilar. Shu bilan bolalar ko‘rganda taniydigan hamda nomlarini biladigan o‘simliklar soni ortib boradi. Besh yoshga qadam qo‘ygan bola hayvonlar bilan tanishar ekan, ularning tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, harakat qilishi, ovqatlanishining o‘ziga xosligini va dastlabki bog‘liqlik harakat qilish xarakteri oyoqlarining tuzilishiga bog‘liq ekanligini bilib oladi.

Jonli ekologik markazda yashovchilarni parvarish qilish jarayonida bolalar unchalik murakkab bo‘lmagan ko‘nikmalarni egallaydilar, bular - o‘simlikni toza saqlash, uni to‘g‘ri sug‘orish, suvdon va oxur (donxo‘rak)larni yuvish, ozuqa berish kabi. Bu yoshdagi bolalar o‘simlik va hayvonlami kuzatar ekanlar, ularning o‘sishi va rivojlanishidagi o‘zgarishlarni qayd qiladilar, o‘z kuzatishlarini to‘g‘ri gapirib berishni o‘rganadilar.
O‘rta yosh guruhdagi bolalarning jonli tabiat haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida ekologik markazining aholisini to‘ldirib, boyitib turish talab qilinadi. Xona o‘simliklari turli shakl va hajmdagi barglarga ega bo‘lishi lozim, chunki bolalar o‘simliklarni ozoda saqlashning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan usullarini egallaydilar, egilgan barglarni nam latta bilan artadilar, gullarga suv purkaydilar. Bunda bolalar parvarish qilish usulini barglarning xarakteriga: kattaligi, miqdori, sathining xarakteri, pishiqligiga ko‘ra aniqlashni o‘rganadilar. O‘rta yosh guruhning jonli ekologik markazida doimiy yashovchilar sifatida sut emizuvchilarni ham saqlash mumkin. Bu yoshdagi bolalar ulami parvarish qilishning oddiy malakalarini bemalol egallay oladilar. Xatti- harakatiga ko‘ra qiziqarli bo‘lgan dengiz cho‘chqasi va siriya olmaxonlarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Ularni parvarish qilish qiyin emas, ular vaqt va muhitga oson shakllanadigan jonivorlardir.

Yüklə 173,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin