Katta guruh. Hayvonlar parvarishi yuzasidan bolalar nima qilishlari kerak. Tarbiyachi nazorati ostida har kuni parvarish qilib borishadi: hayvonlarga ovqat berib turishadi, ovqat normasi va vaqtini oziq tarkibini bilib olishadi. Suvdon va ovqat idishlarini yuvib,terrariumni tozalashda ishtirok etishadi. Hayvonlarga atab ko‘k oziqa yetishtirishadi.
Tayyorlov guruh.Hayvonlar parvarishi yuzasidan bolalar nima qilishlari kerak. Mustaqil holda terrariumlarni tozalashi, ovqat tayyorlashi, suvdon va teganaklarni yuvishi, voyaga yetgan hayvonlar va bolalarining ovqat normasini va ularga ovqat berish vaqtini bilishlari kerak. Terrariumni rostlab, to‘ldirishda ishtirok etishlari, hayvonlar uchun ko‘k oziqa yetishirishlari kerak.
MTTdaterrariumdaboqiladiganhayvonlar guruhlar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.Kichik guruhdaboqiladiganhayvon juda beozor va bolalarga shikast yetkazmaydigan bo‘lishi kerak. Bu hayvon quyon bo‘lib hisoblanadi, bolalarni yoshini inobatga olib birinchi kuzatuvda quyonning bolasini, keyinchalik esa quyonning kattasini ham ko‘rsatishimiz mumkin. O‘rta guruhga kelib bu quyonning kattasi, keyinchalik esa terrariumda boqiladigan hayvonlar uchun terrariumning kattaligi 60/70 santimetrli bo‘lishi kerak.Terrariumni atrofi oyna bilan o‘ralgan bo‘lishi shart, chunki jonivorlar bolalarga ozor berib qo‘yishlari mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Burchakda o‘stirish mumkin bo‘lgan gullarning nomlaridan misollar keltiring?
2.Burchakda o‘stiriladigan gullarni qanday to‘g`ri sug`orish mumkin?
Foydalangan adabiyotlar: P.Baratov “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” Toshkent- 2017 yil. 185-186-betlar;