Nanofizika va nanotexnologiyalarni asoschisi yirik fizik olim Richard Feynman (1918-1988). Amerika fiziklar jamiyatining majlisida 1959 yilda qilgan “Pastda hali ko’p joy” ma’ruzasida bashorat qilib, qator g’oyalarni oldinga surdi. R.Feynmanni fikri bo’yicha odamlar juda uzoq vaqt davomida yonida bir dun’yo borligini bilmasdan yashab kelgan. Biror narsani ko’rmasak u bilan ishla olmaymiz.

Mikroob’yektlar yaratishni rag’batlantirish uchun R.Feynman 1mm dan kichik elektromotor yaratganiga 1000$ mukofot e’lon qilgan. Va ko’p vaqt o’tmasdan bunday motor yaratilgan.
1974 yilda yaponiyalik olim Norio Taniguchi nanotexnologiya so’zini taklif qilgan (nanos-pakana). Bu tushuncha o’lchamlari 0,1-100 nm o’lchamli jarayonlar uichun belgilangan.
1974 yilda yaponiyalik olim Norio Taniguchi nanotexnologiya so’zini taklif qilgan (nanos-pakana). Bu tushuncha o’lchamlari 0,1-100 nm o’lchamli jarayonlar uichun belgilangan.
Ammo haqiqiy nanotexnologiyalarning tug’ilish sanasi 1981 yil bo’lgan. Bu yil Syurixda IBM firmasi olimlari Gerd Binnig va Genrix Rorer skanlovchi tunnel mikroskopini kashf qilgan. Bu kashfiyot uchun ularga Nobel mukofoti berildi. Bu asbob yordamida aloxida atomlar surilishi mumkin. 1989 y. 35 ksenon atomlarda IBM so’zi tuzildi.
Nanomateriallar
Nanomateriallar – nanozarrachalar yoki nanotexnologiyalar yordamida yaratilgan va o’lchamlari juda kichikligi hisobiga i ajoib xusussiyatlarga ega bo’lgan materiallar. Nanomateriallarga hech bo’lmasa bitta o’lchami 1 dan 100 nm oralikda yotgan materiallar tegishli.
Nanotexnologiyalar bo’yicha 7-chi Xalqaro konferentsiyada (Wisbaden, 2004) quyidagi nanomateriallar turlari ajratilgan: - nanog’ovakli tuzilmzlar; - nanozarrachalar; - nanonaylar va nanotolalar; - nanodispersiyalar; - nanotuzilmali sirtlar; - nanokristall va nanoklasterlar