Mavzu: Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi. Bo’yin, ko’krak, bel va dumg’aza umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə4/7
tarix01.05.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105357
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxl

SUYAKLAR TASNIFI
Odam skeleti quyidagi bo‘laklarga ajratilgan: tana suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh suyagi); kalla suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat); yelka kamari (ko‘krak va o‘mrov suyaklari); qo‘l suyaklari (yelka, bilak va panja suyaklari); chanoq suyaklari (yonbosh, qov va quymich suyaklari) va son, boldir hamda oyoq panjasi suyaklari.
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinadi:
I. Naysimon suyaklar
1. Uzun suyaklar 2. Kalta suyaklar
II. G‘ovak suyaklar
1. Uzun suyaklar 2. Kalta suyaklar 3. Sesamasimon suyaklar
III. Yassi suyaklar
1. Kalla suyaklari 2. Kamar suyaklari
IV. Aralash suyaklar


Naysimon suyaklar:
1) uzun suyaklar yelka, bilak, son va boldir suyaklari, ya’ni qo‘l-oyoq suyaklari bo‘lib, g‘ovak va zich moddalardan tuzilgan, ilik kanali bo‘ladi va richag harakatiga ega bo‘lib, tayanch, muhofaza vazifalarini bajaradi;
2) kalta naysimon suyaklarga qo‘l-oyoq kafti va panja suyaklari kiradi va kalta harakat qilish richaglariga ega.
G‘ovak suyaklar:
1) uzun g‘ovak suyaklar – qovurg‘a va to‘sh suyaklari. Asosan, g‘ovak moddasidan tuzilib, uni yupqa zich modda plastinkasi qoplab turadi va tayanch vazifasini bajaradi;
2) kalta g‘ovak suyaklariga umurtqalar, qo‘l-oyoq, kaft usti suyaklari kiradi;
3) sesamasimon suyaklar – tizza qopqog‘i, no‘xatsimon suyak va barmoq suyaklarining sesamasimon suyaklari – g‘ovak moddasidan tuzilgan muskul paylarining orasida, deyarli bo‘g‘im atrofida joylashadi, ularni hosil qilishda qatnashadi, harakatini osonlashtiradi.
Yassi suyaklar:
1) kallaning yassi (qopqoq) suyaklari – himoya vazifasini bajaradi;
2) yassi kamar suyaklar – kurak va chanoq suyaklari tayanch va muhofaza vazifalarini bajaradi.
Aralash suyaklar. Bunga kalla suyagining asosiy qismini tashkil etgan va bir qancha suyaklar birikishidan vujudga kelgan suyaklar kiradi.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin