Mavzu: umumiy sport patologiyasi asoslari reja. Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha



Yüklə 27,19 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2022
ölçüsü27,19 Kb.
#74853
  1   2   3   4   5
UMUMIY SPORT PATOLOGIYASI ASOSLARI


MAVZU: UMUMIY SPORT PATOLOGIYASI ASOSLARI
REJA.
1. Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha.
2. Sportchilarda patologik holatni o’ziga xosligi o’ziga xosligi
3. Sportchilarda patologik holatni kelib chiqishidan oldingi holatlar (charchash,zo’riqish)
4. Patologik holatni oldini olishda takroriy nazorat qilish va sportchilar jismoniy ish qobiliyatini murakkab sinamalar orqali nazorat qilishning ahamiyati.


  1. Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha.

Sport tibbiyoti fani klinik tibbiyotning maxsus tarmog`i hisoblanadi. Mazkur fan tibbiy nazorat o`tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishi, chiniqishi va turli to`qima - a`zolar tizimining funksional imkoniyatlarini aniqlaydi. Shunigdek, sportchilarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan kasalliklar va shikastlanishlarning sabablarini aniqlash, ularning oldini olish, davolash, sportchi kuchquvvatini tiklash masalalari bilan shug`ullanadi. Ushbu fan jismoniy madaniyatning maxsus fanlariga turdosh sifatida, mashq hajmi va tezligini belgilashda, shug`ullanuvchining sog`lig`iga, chiniqqanlik darajasiga alohida e`tibor berish lozimligi haqida o`qitivchi-trenerga maslahat beradi. Shunday qilib, sport tibbiyoti fani jismoniy madaniyat va sport fanlarining ajralmas qismi bo`lib, jismoniy tarbiya o`qituvchisi va sport trenerini mutaxassis sifatida tayyorlashga bevosita aloqadordir.
Sog`liq - odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari, mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi, baxtsaodatdir. U odam mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning muhim shartidir. Xalq sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora - tadbirlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning yuksak burchi bo`lmog`i lozim. Kasallik - qandaydir noqulay ta`sirotlar natijasida organizmning biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining buzilishidir. Kasallikda odam organizmida maxsus (spetsifik) va maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) vujudga keladi. Maxsus (spetsifik) o`zgarishlar kasallikni yuzaga keltirgan sababchisi (omil) ning ta`sir qilish xususiyatiga bog`liq. Masalan, tashqi muhitdagi mingdan ortiq mikroblar, 250 dan ortiq viruslar, ko`plab zamburug`lar, gijjalarning har qaysi turi odamga yuqqanida, kasallikni vujudga keltirishi bilan birga, mazkur kasallikni o`ziga xos maxsus (spetsifik) belgilarini paydo qiladi, chunonchi, bo`g`ma (difteriya) kasalligining qo`zg`atuvchisi (Lyoffler mikrobi) yuqqanida, mikrob kirgan joyda (tomoq, hiqildoq, burun, ko`z) da oqimtirsarg`ich qazg`oq hosil qiladi. Shu qazg`oqda mikrob ko`payib, zaharli modda (toksin) ishlab chiqaradi, u qonga so`rilib, birinchi navbatda yurak muskulini zararlaydi. Boshqa kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikrob, virus va boshqa mikroorganizmlar ham, bo`g`mamikrobi singari, o`ziga xos maxsus kasallik belgilarini paydo qiladilar. Yoki yuqori harorat ta`sirida terida kuyish vujudga keladi. Kuygan joyda qizarish va ichida tiniq suyuqlik bo`lgan pufakcha hosil bo`ladi. Terining sovuq urgan joyida hosil bo`lgan pufakcha ichida esa loyqa suyqlik bo`ladi. Bundan ko`rinib turibdiki issiq va sovuq haroratlar o`zining ta`sir xususiyatiga ko`ra terining kuygan va sovuq urgan joylarida, o`ziga xos maxsus belgilarni vujudga keltiradi. Kasallikda yuzaga keladigan maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) ta`sir qiluvchi omil (mikrob, virus, issiq yoki sovuq harorat va hokazo) larning xususiyatiga bo`gliq bo`lmaydi. Balki, bu o`zgarish (belgilar) noqulay ta`sirotga nisbatan odam organizmining javob reaksiyasiga bog`liq bo`ladi. Masalan, gripp kasalligi jarayonida bir kishida tana harorati 37-37,5 daraja atrofida bo`lib, bemor kasallikni oyoqda yurib o`tkazadi, ikkinchi kishida esa tana harorati 39-40 darajagacha ko`tarilib, bemorning ahvoli og`ir bo`ladi.
Etiologiya – yunoncha so`z bo`lib, etio-sabab, logos- fan ma`nosini bildiradi. Demak, etiologiya - kasallikni vujudga keltirgan sabablarni o`rganadigan maxsus fan ma`nosini bildiradi. Kasallikning etiologiyasi, ya`ni vujudga keltiruvchi sabablar 2 guruhga bo`linadi: 1. Kasallikni yuzaga keltiruvchi tashqi (ekzogen) sabablar. Bu sabablar odam organizmining tashqarisidan, ya`ni tashqi muhitdan ta`sir qiladi. 2. Kasallikni yuzaga keltiruvchi ichki (endogen) sabablar. Bu sabablar odam organizmining ichki, ya`ni nasl xususiyatiga bog`liq. Kasallikning tashqi sabablari. Kasallikning tashqi sabablariga quyidagilar kiradi: - fizikaviy; - kimyoviy; - biologik; - alimentar; - ijtimoiy; - kam harakatlanish (gipodinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar; - me`yoridan ortiq harakatlanish (giperdinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar; - psixogen ta`sirlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklar.
Kasallikning fizikaviy sabablari o`z navbatida quyidagi turlardan iborat: - mexanik ta`sirlar – urilish, kesilish, bosilish, sanchilish; - termik ta`sirlar – kuyish, sovuq urish; - nurlanish ta`siri-odam organizmida nurlanish kasalligini yuzaga keltiradi; - elektr toki ta`siri – mahalliy ta`sirida teri kuyadi. Umumiy ta`sirida nafas, yurak to`xtab qolishi mumkin; - atmosfera bosimining o`zgarishlari tufayli yuzaga keladigan kasalliklar. Atmosfera bosimining yuqori bo`lishi chuqur suv ostida kuzatiladi: quloqda og`riq, nafas chiqarishning qiyinlashuvi, qonda kislorod va azot gazining ko`payishi organizmga zaharli ta`sir ko`rsatadi. Suv ostidan yuqoriga tez ko`tarilish tufayli Kesson kasalligi vujudga keladi; Atmosfera bosimi pasayishi tog`ning yuqori qismida kuzatiladi va chiniqmagan odamlarda tog` kasalligi yuzaga keladi. Kasallikning kimyoviy sabablari Kimyoviy moddalar odam organizmiga zahar sifatida ta`sir ko`rsatadi. Bularga kislotalar, ishqorlar, qo`rg`oshin, simob, margimush, xlor, yod va boshqa moddalar, shuningdek, hashoratlar, ilon, chayon, qoraqurt, ari kabilarning zahari kiradi.
Zaharli moddalar odam organizmning o`zida ham paydo bo`lib, o`zini-o`zi zaharlashi mumkin. Masalan, buyrak kasalligining og`ir kechishida modda almashinuvida hosil bo`lgan qoldiq azot moddalarini siydik orqali tashqariga ajratilishi qiyinlashadi va ular qonda, to`qimalarda to`planib organizmni zaharlaydi. Natijada hayot uchun xavfli bo`lgan uremiya holati vujudga keladi. Shuningdek, virus qo`zg`atadigan yuqumli gepatit kasalligida jigar hujayralarining yallig`lanishi va ayrimlarining yemirilishi tufayli ularda ishlab chiqariladigan bilirubin moddasi qonga o`tib bosh miyaning nerv hujayralarini va tananing boshqa to`qima-a`zolarini zaharlaydi. Natijada odam organizmida giperbilirubinemiya intoksikatsiyasi holatini vujudga keltiradi. Kasallikning biologik sabablari Kasallikning biologik sabablariga tashqi muhitdan odamga yuqib kasallikni yuzaga keltiradigan mikroblar, viruslar, zamburug`lar, gijja tuxumlari va boshqalar kiradi.




  1. Yüklə 27,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin