3.Sportchilarda patologik holatni kelib chiqishidan oldingi holatlar (charchash, zo`riqish). Patologik reaksiya - organizm tuzilma ya’ni funksional birliklarining ta ’sirlovchi kuchiga nom uttanosib bo'lgan qisqa muddatli, sodda javobdir. U me’yoriy holat va sharoitda ham kuzatilishi mumkin, kasallikda esa aynan shu reaksiyalarning kuchi va sifati jihatidan chetga chiqadi. Patologik reaksiyalar salomatlikni jiddiy va uzoq muddatga o'zgartirmaydi. Masalan, qon bosimining qisqa muddatga ko'tarilishi yoki pasayishi, tizza refleksining kuchayishi yoki zaiflashuvi, arteriyalarning kengayishi, kasal chaqiruvchi qitiqlovchiga javoban shilimshiq moddaning ajralishi va boshqalar shular jumlasidandir. Patologik jarayon deganda, shikastlangan to‘qima, organ va yaxlit organizmda patologik reaksiya bilan bir vaqtda himoya-moslashuv reaksiyalarining uyg'unlashib, bir-biri ta ’siridan sodir bo'lgan hodisa tushuniladi. Masalan, yallig'lanish, isitma va h.k. Patologik jarayon kasallikka aylanishi yoki qayta tiklanib, me’yoriylashib ketishi mumkin. Patologik holat - asta-sekin rivojlanayotgan patologik jarayon yoki uning natijasidir. Patologik holat homila ona qornida rivojlanayotgan 13 www.ziyouz.com kutubxonasi davrda boshlanishi mumkin, masalan, tug'ma nuqsonlar va mayibliklar. Ba’zida patologik holat o'tkir patologik jarayonlaming oqibatida yuzaga keladi, masalan, yallig'lanish oxirida terining kuygan sathida chandiq oaydo bo'lishi. Chandiq to'qimasida moddalar almashinuvi sodir bo'ladi, kollagen va elastik tolalar yangidan paydo bo'ladi, demak, chandiq uzoq muddat saqlanuvchi patologik holatdir. Patologik holat unga har xil patogen omillar ta ’sir ko'rsatganida qaytadan patologik jarayonga aylanishi mumkin. Masalan, xol (nor) kabi patologik holat mexanik, kimyoviy yoki radiatsion qo'zg'atuvchilar ta’sirida melanoma o'smasiga (tez rivojlanuvchi patologik jarayon) o'tishi mumkin. Bu patologik jarayon bilan patologik holat o'rtasida aniq chegara yo'qligini ko'rsatadi. TIPIK PATOLOGIK JARAYONLAR Inson va sut emizuvchilarda har xil patologik jarayonlar doimo hujayra hamda to'qimalarning alohida patologik reaksiyalarining turli nisbatda birgalikda - kombinatsiyalari shaklida uchraydi. Ular tipik patologik jarayonlar deb ataladi. Masalan, yallig'lanish, isitma, shish, o'smalarning o'sishi, distrofiya va boshqalar shular jumlasidandir. Barcha tipik jarayonlar evolyutsion taraqqiyot natijasida shakllangan bo'lib, ularda bir tomondan shikastlanish va ayni vaqtda yuzaga keluvchi himoya-moslanish reaksiyalari namoyon bo'ladi. HIMOYA REAKSIYALARI Organizm ning him oya-moslashuv to'siqlariga terining epiteliy qatlami, shilliq pardalar, kalla suyagi, ko'krak qafasi, suyak-mushak apparati va qorin devorining mushaklari kiradi. Bu to'siqlar qator zararli om illardan himoya qiladi. G em ato-entsefalitik to 'siq bosh miya to'qimasini qon, tushgan har xil zararli moddalarning unga kirishidan himoya qiladi. Aslida qonning bufer tizimlari to'siq mexanizmlariga kiradi, chunki ular yordamida qonning o'ziga xos muhiti va holati eng qulay holda saqlanadi. Ichak-jigar to'sig'i organizmni ichakda hosil bo'lgan zaharli mahsulotlarning qon aylanish doirasiga o'tishidan himoya qiladi. MOSLASHUV REAKSIYALARI Ba’zi bir odatdan tashqari ta ’sirlardan paydo bo'ladigan shartli va shartsiz reflekslar himoya reaksiyalari qatoriga kiradi. Himoya reflekslari tufayli organizm patogen omillarning zararli ta ’siridan saqlanishi, 14 www.ziyouz.com kutubxonasi tozalanishi va patologik jarayon rivojlanishining oldini olishi mumkin. Funksional moslashuv reaksiyalariga sodda va murakkab himoya harakat reflekslari, jum ladan yo‘tal, qusish, qon yo'qotish, yallig'lanish va isitmadagi, shuningdek, ba’zi immunitet, allergiyadagi reaksiyalar kiradi.