Mavzu: Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida hal qilinadigan asosiy vazifalar. Reja: Yelka kamari va qo‘1 muskullarim rivojlantirish va mustaxkamlashga qaratilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar


Bir qatordan uch qatorga qayta saflanish



Yüklə 147,21 Kb.
səhifə7/9
tarix24.03.2023
ölçüsü147,21 Kb.
#89611
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari Reja

Bir qatordan uch qatorga qayta saflanish. Dastlab sanab chiqilgandan so‘ng quyidagi buyruq beriladi: «Uch qatorga SAF-LAN!» Bu buyruqqa ko‘ra, ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar, birinchi raqamdagilar o‘ng oyoq bilan bir qadam orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib, oldinga bir qadam qo‘yadilar va o‘ng oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarni orqasiga o‘tadilar. Uchinchi raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o‘ng oyoqni juftlamasdan yonga qadam tashlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarning oldiga o‘tib turadilar. Awalgidek, saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Bir qatorga SAF-LAN!» Qayta saflanish, saflanishga teskari tartibda o'tkaziladi.
Qatordan «qirra bo‘lib» qayta saflanish. Guruhda dastlabki sanoq, o‘tkazilgandan keyin buyruq beriladi («6-3 joyida», «6-4-2 joyda» va h.k.), so‘ng quyidagi buyruq beriladi: «Sanoqlar bilan QADAM BOS!» Talabalar sanoq, bo‘yicha zarur bo‘lgan qadamni tashlab, so‘ng oyoqlarini juftlashadi. O‘qituvchi birinchi qator to‘xtagunga qadar sanab turadi. Sanoq, 6-3-joyida deb sanalganda 7 gacha; 9-6-3-joyida deb sanalganda 10 gacha olib boriladi.
Qayta saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Joyda QADAM BOS!», safdan chiqqanlarning hammasi orqaga burilib, o‘z joylarga qaytadilar, joylariga yetgach, yana orqaga buriladilar.
Joydan joyga ko'chishlar Bu guruhga turli harakatdagi joydan joyga ko'chish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar kiradi.
Safqadam - oyoqni poldan 15-20 sm baland ko'tarib oldinga qo‘yiladi (tovonni gorizontal tutish va polga tovonning butun vuzasini qattiq qo‘yish zarur), qo‘llar oldinga harakatlantirilganda ularni beldan bir qarich balandga (tanadan har bir qarich uzoq-likka) ko‘tarib, tirsaklarda bukiladi; qo'llar orqaga yo'naltirilganda ularni to‘ppa-to‘g'ri tutib yelka bo‘g‘inidan oxirigacha uzatiladi, panjalar musht qilib tugiladi. Buyruq «Shahdam QADAM BOS!»
Saf qadamining quyidagi turlari ham borki, unda qo‘l harakati katta ko'lamda bajariladi (oldinga yelka balandligigacha, orqaga oxirigacha va tanadan chetroqda), oyoqlar bilan harakat xuddi saf qadamdek bo‘ladi. Saf qadamining bu turi ommaviy gimnastika chiqishlari va sportchilarning tantanali o‘tishlarida keng qo‘lla-niladi.
Oddiy qadam saf qadamidan erkinroq harakat qilish bilan farq qiladi. Buyruqlar:
a) «QADAM BOS!» Harqanday qadam bilan harakat qilishda
(hatto bir qadamga ham) beriladigan buyruq;
b) «Oddiy qadam bilan (yugurib) QADAM BOS!» Yurish-ning, yugurishning bir turidan boshqa turiga o‘tishda va harakat chog‘ida bajariladigan mashq tugagandan so‘ng oddiy yurishga o‘tish
uchun beriladi. Bajarilishi kerak bo'lgan buyruq chap oyoqqa mo'ljallab beriladi.
Turgan joyda harakatlanish. Buyruqlar:

  1. «Joyda (yugurib) QADAM BOS!»;

  2. «Yetakchi, JOYIDA!» buyrug‘i yurib (yugurib) borayotgan guruhni bir qadamli masofaga yig‘ish zarur bo‘lganda beriladi, chunki mashq bajarganda, odatda, masofa uzoqlashadi.

Joyda turib harkatlanishdan yurishga o‘tish. Buyruqlar:
a) «TO‘G‘RIGA!» Chap ovoqdan beriladi. O‘ng oyoq bilanturgan joyda qadam bosib, chap oyoq bilan oldinga harakat bosh-lanadi;
b) «Ikki (ikki, uch va to‘rt h.k.) qadam oldinga (ortga, yonga) QADAM BOS!».
Harakatni to‘xtatish uchun «Guruh TO‘XTA!» buyrug‘i (chap oyoqdan) beriladi. O‘ng oyoq bilan bir qadam bosiladi va chap oyoqni o‘nggajuftlashtiriladi.
Joydan joyga ko‘chishning ifodasini o‘zgartirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «Bir-birini QADAMIGA MOS kelmagan!», «Bir-birini QADAMIGA MOS!» Bu buyruqni bergandan keyin, butun guruh bajargunga qadar sanab borish zarur.
Qadam kengligi va harakat tezligini o‘zgartirish uchun bunday buyruqlar beriladi: «Shaxdam QADAM bilan»,«Kichik QADAM bilan!», «Tez, to‘liq QADAM bilan!», «Yarim QADAM bilan!»
Yugurish harakatidagi buyruqlar: «YUGURIB!» Agar yurishdan yugurishga o‘tilsa (musiqa bilan), bajariladigan buyruqlar chap oyoqdan beriladi, o‘ng oyoq bilan qadam tashlab, chap oyoqdan yugurish boshlanadi. Musiqa jo‘rligida yugurishdan yurishga o‘tishda bajariladigan harakat ham xuddi shunday «QADAM BOS!» buyrug‘i beriladi. Agar musiqa jo‘r bo‘Imasa, «QADAM BOS!» buyrug‘i o‘ng oyoqdan beriladi.

Yüklə 147,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin