Mavzu Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari Reja
Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar(davra, kolonna, sherenga…) qayta saflanishlar (bittadankolonna bo‘lib saflanishdan ikkita, uchta, to‘rttadan, sherenga
bo‘lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o‘ngga,chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy
mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‘ulotlarda, ertalabki gimnastikada, harakatli o‘yinlarda, bayram tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda bumashqlarni bajarish jarayonida jamoada harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni birgalikda va o‘zaro aloqadorlikda bajarish) tarbiyalanadi. Saflanish mashqlari bolalarda to‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi.Ular turli buyumlar bilan, qo‘shiq, musiqa yoki zarbli asboblar(doira, nog‘ora) jo‘rligida bajarilishi mumkin. Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha guruhi – asosiy harakatlar,umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqiar deb, turlicha tezlik va ko'lamda maksimal hamda o‘rtacha mushak ishlashi orqali tananing ayrim qismlari bilan bajariladigan harakatlar yoki ularning birikmalariga aytiladi. Bundan maqsad -jismoniy sifatlarni rivojlantirish, qaddi-qomatni to'g‘ri shakllantirish, talabalarni murakkab harakat malakalarini egallashga tayyorlashdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqiar jihozlarsiz va jihozlar (gantellar, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar, rezina amortizatorlar, tayoqlar va h.k.) Man har xil gimnastika jihozlarida va shuningdek, talabalarning bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatishlari orqaU bajarilishi mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqiar o‘z tarkibiga ko‘ra, oddiy bo‘-lib, u bilan barcha yoshdagi bolalar va turli yoshdagi kishilar shu-g'ullanishlari mumkin. Ularni o‘rgatish juda oddiydir: mashqni o‘r-ganib olish uchun, talaba uni bir necha marta takrorlashi kerak, xolos.
Shuni inobatga olish kerakki, mukammal o‘zlashtirilgan mashqlarni bajargandagina maksimal foyda olish mumkin. Mashqlarni o‘rgatish jarayonida esa barcha mushaklami qisqarish imkoniyati bir xil jalb qilinadi. Demak, biron-bir jismoniv sifatni rivojlantirish uchun u yoki bu mashqdan foydalanishdan oldin uni yaxshi o‘rganib olishga zaruriat tug‘iladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqiar yordamida tana a’zolari va mushaklarning guruhlariga alohida ta’sir ko‘rsatish ham mumkin. Bu xususiyat talabalar organizmiga, ayniqsa, harakat-tayanch apparatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish va butun tana mushak-larini har tomonlama rivojlantirish imkonini beradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotganda jismoniy yuklamani boshqarish oson. Organizmga jismoniy yuklama berish uchun mashqiar tanlashga va bir mashg‘ulotda ularning soni qancha bo‘lishiga bog‘liq. Bir xil mashqiar (mushakni ishga solish) berish darajasi va ishda qatnashadigan mushak guruhlarining soniga ko‘ra, osonroq, boshqalari murakkab bo'ladi.
Mashq bajarilganda mushakdan foydalanish darajasiga ko‘ra o‘zgaradi. Mushak zo'riqish berish darajasini quvidagi usullar (ayni bir mashqning davom etishini) takrorlash sonini ko‘paytirish, mashqlarni bajarish tezligini o'zgartirish, og‘irlikni oshirish yoki o‘zaro qarshilik darajasini ko‘paytirish, dastlabki holatni yoki bajarish usulini boshqacharoq qilish orqali o‘zgartirish mumkin. Tasnifga anatomik belgi asos qilib olingan. Mashqlar insonning ayrim tana qismlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab bo‘linadi:
Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar.
Gavda va bo'yin mushaklari uchun mashqlar.
Oyoq mushaklari uchun mashqlar.
Butun tana mushaklari uchun mashqlar.
Hamma mashqlarning ta’siri, o‘z navbatida, uslubiy yo‘nalishiga ko‘ra kuchni, egiluvchanlikni, yakka harakat tezligini, ayrim mushak guruhlarining taranglashishi va bo'shashish qobiliyatini tarbiyalovchi mashqlarga bo‘linadi, to'rtinchi guruh mashqlariga esa qomatni to‘g‘ri rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi.
Yelka kamari va qo‘1 muskullarim rivojlantirish va mustaxkamlashga qaratilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qo'Ini oldtnga, yuqoriga va yon tomonlarga navbatma-navbat va birin-ketin ko‘tarish; shu mashqning o'zini gantellar, gimnastika tayoqchalari, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar bilan bajarish; shu mashqni sherigining qarshiligini, rezina bint, amortizatorlar yoki blok tuzilmali maxsus asbobda osilgan og‘irlik qarshiligini yengish bilan bajarish.
rezina amortizatori, blok tuzilmali asbobdagi og‘irlik qarshiligini yengib bajarish;
yotib tayanish va tayanish; yotib osilish va osilish holatlarida qo'Uarni bukish va yozish;
qo‘llar bilan tirmashib chiqish, kuch bilan ko‘tarilish.
3. Qo‘llar bilan aylanma harakatlar qilish:
old yoki yon tekislikda (birin-ketin, birgalikda, navbatma-navbat);
gantellar, to‘qmoqlar, toshlar yoki amortizatorlar bilan.
5.Muvozanat saqlab bajariladigan mashqlar:
qo'llarni gantellar, to‘ldirrna to‘plar, toshlar bilan amor-tizator yoki blok moslamali asbobdagi og‘irlik qarshiligini yengib yon tomonda, oldinda, orqada 10-20 sek davomida saqlab turish;
10—20 sek davomida yotib osilish va 30°, 60°, 90° va 150° bukilgan qo‘llarda osilib turish;
d) 10—20 sek davomida tayanib yotish va 30°, 60°, 90° va 150° bukilgan qo‘llarda tayanib turish.
6. Qo‘l mushaklari va yelka kuraklari uchun bo‘shashtiruvchi mashqlar:
a) mushaklarni bo'shashtirib turib, qo'Uarni erkin siltash;