Rasmiy uslub Hujjatdan parcha: Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, mas'uliyati cheklangan jamiyat (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) bir yoki bir nechta shaxs tomonidan tasdiqlangan tijorat tashkiloti bo'lib, uning ustav kapitali ta'sis hujjatlarida belgilangan aktsiyalarga bo'linadi. Aktsiyadorlik jamiyatidan farqli o'laroq, aktsiyaga bo'lgan huquq qimmatli qog'oz, ulush bilan emas, balki MChJ ustaviga muvofiq uning ta'sischilariga berilishi mumkin bo'lgan sertifikat bilan tasdiqlanadi.
So'zlashuv uslubi- bu uslubning adabiy til me'yorlariga rioya qiladigan ko'rinishi adabiy so'zlashuv uslubi nutk ko’pincha dialogik nutq deyiladi.So'zlashuv uslubida ko'pincha turli uslubiy bo'yoqli so'zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do'ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol! So'zlashuv uslubida gapdagi so'zlar tartibi ancha erkin bo'ladi, piching, qochiriqlar, kinoyalar ko'plab ishlatiladi. Ko'proq sodda gaplar, to'liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
Vatan mehr bilan, muhabbat bilan tilga olinadigan – so’z. Vatan bittadir, shining uchun ham u muqaddas. Yagona bo’lgan narsalarning barchasi e’zozda. Vatan, Ona, Zamin, Osmon, Quyosh…. Bittadan oshdimi, muqaddaslik qolmaydi. Ha Vatan ona kabi yagonadir. Bepayon Vatanimizning ba’zi go’shalarida “Vatan” so’zi uy xona ma’nosini ham bildiradi. Aytishadi “O’g’lim uchun bir vatan qurdiray…” Yoxud kishi omadsizlikdan uyidan mahrum bo’lsa “bevatan bo’lib qolibdi”- deyishadi afsus bilan. Vatan bu yashab turgan uyimiz!
Jahon siyosiy xaritasiga boqsam, aziz Vatanimni izlayman. Vatan qadri undan uzoq bo’lganingda sezilarkan. Vatanga muhabbat tuyg’usi haqiqatdan ham ilohiy ne’mat ekanligi yaqqol bilinarkan! Safarlarda bo’laman goho …. Ittifoqo taqdir taqozosi bilan qo’shni mamlakatda umrguzaronlik qilayotgan bir кo’xlikning uyida bo’ldim. Turmushi farovon,sog’ –salomat lekin yuragida dard borligi –unga nimadir yetishmayotganligi sezilib turardi. O’zbekiston xaritasini tuhfa qilgandim ko’zlariga yosh keldi.