Международный
научный
журнал
№
3 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
840
MAHALLIY SOLIQLARNI HISOBLASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
Raimov Shamshod Isomiddin o'g'li
Toshkent soliq texnikumi ishlab chiqarish ta'limi ustasi
Annotatsiya:
Maqolada Mahalliy byudjet daromadlari tarkibida ko'chmas mulkdan
olinadigan mahalliy soliqlar asosiy daromad manbaini tashkil etadi. O'zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq, mol-mulk fuqarolik huquqlari ob'ekti sifatida
ko'chmas mulkka va ko'char mulkka bo'linishi.
Kalit so'zlar:
Ko'chmas mulk, Bozor qiymati, ko'chmas mulkni baholash, ko'chmas
mulkni baholashning daromadlar usuli algoritmi, bozor qiymati, xarajat usuli va uning
xususiyatlari.
KIRISH
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mintaqani rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy
va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat
hokimiyati va boshqaruvi
organlarining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etilgan.
Mahalliy budjetlar O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining muhim tarkibiy qismini
tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga
oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy budjetlar tizimi
mahalliy talab- ehtiyojlarni to‘liqroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan
tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to‘g‘ri olib borish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari
bilan
belgilangan, ular tomonidan o‘z vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi.
Mahalliy yig‘imlar - bu O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy
organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, yuridik va
jismoniy shaxslarga ularga
ko‘rsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari
nazorati ostida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bog‘liq xarajatlarni
qisman qoplash uchun undiriladigan to‘lovlardir.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy davlat hokimiyati
idoralarining daromad
manbai hisoblanib, ular hozirga qadar davlatchilik munosabatlari rivojlanishiga mutanosib
ravishda shakllanib, takomillashib keldi. Agarda respublikamizning bozor munosabatlariga
o‘tishi bilan bog‘liq turli sohalarda amalga oshirilgan
va davom ettirilayotgan
islohotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mahalliy hokimiyat idoralarining mavqeini
oshirish borasidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shunday chora-
tadbirlarning aniq yo‘nalishi mahalliy davlat hokimiyati idoralarining
daromad manbaini
mustahkamlashga qaratilgandir.