MAVZU:
Uslubshunoslik.
Reja:
1.
Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg’u.
2.
Grammatik vositalar.
Fonetika nutqning eng kichik ma’no anglatmaydigan birliklari - nutq tovushlari,
fonlar bilan ham shug‘ullanadi. Fonlar nutqning moddiy bazasi bo‘lib, so‘z, so‘z
birikmalari, gap va matnlarni shakllantirishda bevosita
ahamiyatga egadir, chunki
inson tili - tovushlardan tarkib topadi. Nutq tovushlarining akustik va fiziologik
tomonlarini
fonetika,
ijtimoiy yoki sotsial sharoitlarini
fonologiya
o‘rganadi. Nutq
tovushlarining akustik xususiyati deganda,
ularning fizik xususiyatlari, ya’ni
quloqqa chalinishi, eshitila olinish xususiyatlari tushuniladi. Ma’lumki, har qanday
tovush biror jismning boshqa jism ta’sirida tebranishi natijasida paydo bo'ladi. Nutq
tovushlarining paydo bo‘lishi haln ana shunday tebranish natijasidir. O'pkadan
chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini tebratishi va nutq organlarida hosil
bo‘ladigan shovqin natijasida nutq tovushlari
vujudga keladi. Nutq tovushlarining akustik xususiyati, ularning kuchi, balandligi,
tembri va cho‘ziq-qisqaligi bilan ifodalanadi. Nutq tovushlarining kuchi o‘pkadan
chiqayotgan havo oqimining qarshilik ko‘rsatayotgan nutq organlariga kuch bilan
urilishiga bog‘liq.
Bu kuchlanish qanchalik shiddatli bo‘Isa, tebranish
darajasi shunchalik katta,
tovush ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Tovushlaming bu xususiyati amplituda
deyiladi. Tebranayotgan jismning dastlabki, harakatsiz
holatidan tebranishning
yuqori va pastki nuqtasiga bir marta borib kelishi
amplituda
atamasi bilan
belgilangan. Jismning sukunat holatidagi nuqtasidan tebranishning yuqori va
pastki
nuqtalari qanchalik uzoq bo‘lsa, tovush shuncha kuchli bo‘ladi. Akustikada tovush
kuchi
detsibal
bilan o‘lchanadi. Nutq tovushlarining balandligi tebranish miqdoriga
bog‘liq: vaqt birligi (soniya, daqiqa) ichida tebranishlaming soni qancha ko‘p bo‘lsa,
tovush shuncha baland bo‘ladi. Akustikada tebranish miqdori gerts
(gts)lar bilan oichanadi.
Nutq tovushlarining tembri
deganda ularning sifati
tushunilib, unga asosiy yordamchi tonlar va shovqin birikmasi kiradi. Gap
shundaki,tovushlar faqat kuch va balandlik bilan izohlanmay, balki, kuch, balandlik,
qo‘shimcha oberton va shovqinlar qo‘shilmasidan tashkil topadi. Qo‘shimcha ton
(oberton)lar og‘iz va burun bo‘shlig‘ida asosiy tovush toniga qo‘shimcha tonlaming
ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Shunday ekan, nutq tovushlarining tembri rezonator
vazifasini o‘tovchi og‘iz va burun bo‘shliqlarining hajmi va shakliga hamda og‘iz
bo‘shlig‘i va bo‘g‘izdan hosil bo‘ladigan shovqinlaming qanday bo‘lishiga ham
bog‘liq. Tembr bo'lmasa, bir kishining nutqini ikkinchisinikidan ajratish qiyin.
Chunki har bir shaxsning og‘iz va burun tuzilishida - o‘ziga
xos xususiyatlari
bo‘lishi tabiiydir.
Nutq tovushlari akustik xususiyatining
yana bir tarkibiy qismi
ulaming uzun-qisqa bo‘lishidir. Bu xususiyat unlilarga xos bo‘lib, ma’lum vaqt
ichida unlilaming uzun va qisqa talaffuz qilinishidir. Masalan, ingliz tilida uzun va
qisqa [i] va [i:] unlilari bor.
Nutq tovushlarining fiziologik xususiyati
deganda nutq
tovushlari talaffuz qilinayotganda qaysi nutq organlari ishtirok etishi tushuniladi.
Masalan:
b
-
lab-lab tovushi:
v -
lab-tish tovushi
va hokazo.
Nutq tovushlarining
ijtimoiy xususiyati
deganda, ulaming morfema va so‘zlaming ma’nolarini o‘zgartira
olish qobiliyatlari tushuniladi. Avval aytganimizdek,
bu masalani fonetika emas,
fonologiya o‘rganadi. Masalan:
ot-o't, qor-nor-zor.