Mavzu: Uy vazifalari. Uy vazifasi-oʻquvchilarning mustaqil tahsilining asosi


Darslik bо‘yicha uy vazifalari о‘tilgan darsda hosil qilingan bilimlarnigina



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü5,97 Mb.
#178376
1   2   3
UY VAZIFA

Darslik bо‘yicha uy vazifalari о‘tilgan darsda hosil qilingan bilimlarnigina
emas, balki undan oldin о‘zlashtirilgan bilimlarni ham mustahkamlash yuzasidan
bо‘lishi mumkin. Darsda о‘qituvchi ish uslublari sistemasi vositasida о‘quvchilarni
uyda darslikdan tо‘g‘ri foidalanishni о‘rgatib boradi. Bu uslublar quyidagilardan
iborat: Yuzaki qarab chiqish orqali darslik materiali haqida dastlabki tushunchaga
ega bо‘lish.Matnning bir muncha qiyin qismlarini, ta’riflarni, qonun, qoidalarni,
lug‘atlarni о‘qish va taxlil qilish, rasm, sxema, jadvallarni kо‘rib chiqish va
ma’nosini tushinib olish, raqamli ma’lumotlarga e’tibor berish.
О‘quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni о‘rganishdan oldin, maqola
yoki mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va boshqa ma’lumotlardan
ajratib olishlari kerak.
Yuqori sinf о‘quvchilari darslikni о‘qish vaqtida qisqacha yozib borishlari foydalidir, ular о‘rgangan matnni xotirada kо‘proq qolishga yordam beradi.
Darslik mavzulari bо‘yicha rejalar tuzish, tezis va maqolalar
yozish, bularning hammasi о‘quvchilarni darslikdan tо‘laroq va chuqurroq
foydalanishga, uy vazifasini tushunib tayyorlashga yordam beradi. Bilimlarni
mustahkamlashda rasmlar katta ahamiyatga ega bо‘ladi. О‘quvchilar faqat og‘zaki
javob berib qolmay, balki ayrim gullarning, xayvonlarning va ularning
organlarining tuzilishini, sxematik chizishni ham bilishlari kerak. Shuningdek, ular
qon aylanish, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar almashinuvini sxemasini
chizishni ham bilishlari zarur. Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy material
bilan mustaqil amaliy ish bajarishni talab etuvchi har xil topshiriqlar katta
ahamiyatga ega. Uy vazifalari morfologik va fiziologik xarakterda bо‘lishi
mumkin.
Morfologik xarakterdagi vazifalar gerbariy tayyorlash, gul qismlarini
ajratish.kabilar darsda tegishli materialni о‘rganilgandan sо‘ng bilimni
mustahkamlash uchun beriladi. Fiziologik mazmundagi topshiriqlarni tajriba yokikuzatish natijalaridan tegishli darslardan foydalanish uchun olidindan berishma’qul.
Dastlabki eksperimental ishlarni ma’lum muddatda qaysi darsda foydalanishuchun ularni о‘quvchilarga topshirish vaqtini hisoblab chiqish zarur.bunday uy
137vazifalari kо‘proq botanikadan bо‘lishi mumkin. Ularni bajarish uchun taxminannecha kun kerakligi quyida keltirilgan
Gerbariy quritish uchun – 7 kun
Urug‘ning har xil sharoitda unib chiqishi – 7 kun
Ildizning о‘sishini kuzatish – 10 kun
Qalamcha va parxishdan о‘simlik о‘stirish uchun – 14 kun
Tajribalar natijasini о‘quvchilar о‘qituvchining kо‘rsatmasiga binoan tegishli
darslarga olib keladilar. Tajribalar haqida ma’lumot beradilar. О‘z tajribasini
о‘qituvchi bajarayotgan tajriba bilan taqqoslaydilar

Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin