Mavzu:Uzatish funksiyalar asosida tuzilish sxemalarini tuzish.
Reja
Avtomat rostlash tizimining dinamik xususiyatlari
Ketma-ket ulangan zvenolar tuzilish sxemasini o‘zgartirish
Parallel ulangan zvenolar tuzilish sxemasini o‘zgartirish
Jamlovchi element (yig‘indi tugunini) sxemaning boshqa joyiga ko‘chirish.
Foydalanilgan adabiyotlar
Avtomat rostlash tizimining dinamik xususiyatlari uzatish funksiyalari bilan belgilanadigan va o‘zaro ma’lum ravishda bog‘langan zvenolarni tuzilish sxemasi ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Bunday tuzilish sxemasi haqiqatda mavjud fizik tizimni matematik tuzilmasi bo‘lib, uni tuzilma sxemasi deyiladi. Uning tarkibiga kiradigan dinamik zvenolar asosiy ta’sirlar zanjirini va teskari bog‘lanish (TB) zanjirlarini tashkil etadi. Zvenolar o‘zaro bog‘lanish chiziqlari bilan ulanib, ularning o‘qi signalning ta’sir yo‘nalishini ko‘rsatadi. Tuzilma sxemalarda solishtirish yoki jamlash (o‘zaro kesishgan chiziqlarni ichiga olgan doira ko‘rinishli) tugunlari va shahobchalanadigan signal uchun (qalin) nuqtalari ko‘rsatiladi. SHahobchalanadigan nuqtadan chiqadigan hamma aloqa chiziqlari bir xil signallarni olib uzatadi.
Tuzilma sxemasi tizimni dinamik xususiyatlarini tekshirish uchun zarur bo‘lgan operator ko‘rinishidagi tenglamalarni va uzatish funksiyalarini oddiyroq usul bilan olish imkonini beradi. Tizimning operator tenglamasini olishda tuzilma usulini qo‘llash tenglikni o‘ng tomonidagi (t>0 holdagi) nolga teng bo‘lmagan boshlang‘ich shartlarni avtomat ravishda hisobga olish imkonini beradi. Tuzilma sxemalarini quyidagi qonunlarga asosan o‘zgartiriladi (keltiriladi).
I. Ketma-ket ulangan zvenolar tuzilish sxemasini o‘zgartirish
Uzatish funksiyalari K1, K2, ... , Kn (4.1,a-rasm,) bo‘lgan ketma-ket ulangan zvenolarni uzatish funksiyasi ekvivalent (teng) bo‘lgan bitta zveno
W(p)=K1K2 ... Kn (4.1)
bilan almashtirish mumkin. Buni asoslash uchun hamma zvenolarni uzatish funksiyalari (UF)
(4.2)
berilgan deb faraz qilaylik. Unda, qoidaga binoan, butun zanjirni uzatish funksiyasi:
W(r)= (4.3)
tengdir. Demak yozilgan (1.2) tengliklarni chap va o‘ng qismlarini o‘zaro ko‘paytirsak qidirilgan
=K1K2 ... Kn (4.4)
natijani olamiz, chunki hamma oraliq xi o‘zgaruvchilari bunday
ko‘paytirish natijasida o‘zaro qisqarib ketadi. Demak,
W(p) = Ki(r) (4.5)
bo‘ladi, bunda Ki(r) ketma-ket ulangan n-ta zvenolarning UF o‘zaro ko‘paytirilishini anglatadi 4.1,b-rasm.
10.1-rasm. Ketma-ket ulangan zvenolar
Dostları ilə paylaş: |