Parallel ulangan zvenolar tuzilish sxemasini o‘zgartirish
O‘zaro parallel ulangan (10.2,a-rasm)K1, K2,...,Kn UF lariga ega bo‘lgan zvenolarni shu zvenoga ekvivalent bo‘lgan bitta zveno bilan almashtirish mumkin (10.2,b-rasm). U ning UFsi quyidagicha:
W(p)=K1+K2+ ... +Kn (4.6)
Zanjirning chiqish qiymati kirish signallarining yig‘indisidan
= (4.7)
iborat bo‘lsa, unda zanjir UF si:
W(p)= (4.8)
ko‘rinishiga ega bo‘ladi, ya’ni o‘zaro parallel ulangan zvenolardan tashkil topgan ochiq zanjirni UF hamma zvenolarning UF yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
10.2-rasm. Parallel ulangan zvenolar
Mahalliy teskari bog‘lanishga ega zanjir
Berilgan mahalliy teskari bog‘lanishga ega ketma-ket va parallel (4.3,a,b-rasm) tuzilma chizmalaridagi zvenolar teskari bog‘lanish zveno Ktb bilan o‘ralgan bo‘lib, unda olinadigan xtb signal kn zvenodan keladigan xn+1 signalga nisbatan manfiy yoki musbat, ya’ni xtb signal xn+1 dan olinishi yoki qo‘shilishi mumkin. SHu belgisiga qarab manfiy yoki musbat TB deyiladi. Amaliyotda ko‘proq manfiy, ya’ni x1=x0-xtb TB ishlatiladi.
Teskari bog‘lanishga ega ketma-ket ulangan zvenolar uchun UF:
W(p)= (4.9)
Teskari bog‘lanishga ega parallel ulangan zvenolar uchun UF:
W(p)= (4.10)
(10.3,a,b-rasm)da berilgan tuzilma chizmalarni ekvivalent chizma ko‘rinishiga keltirib 4.3,v-rasm, UFni yozamiz:
Kmtb(r)= (4.11)
10.3-rasm. Teskari bog‘lanish bilan o‘ralgan ketma-ket (a) va parallel (b) tuzilma sxemalarini keltirish (v)
Bu (4.11) tenglikka asosan quyidagi qoidani yozishimiz mumkin: TB bilan o‘ralgan zanjirni UF bo‘linmali ifoda bo‘lib, suratida to‘g‘ri zanjirdagi zvenolarni UF ko‘paytmasi bo‘lsa, maxrajida TB zanjiridagi va u o‘rab olgan to‘g‘ri zanjirdagi zvenolarni o‘zaro ko‘paytmasini birga qo‘shgan yig‘indidan iborat bo‘ladi. Agarda TB musbat belgili bo‘lsa unda maxrajdagi ifodada minus belgi yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |