O’tilgan mavzuni takrorlab mustahkamlash: O’tilgan mavzular test sinovlari, musiqa savodxonligi yuzasidan tuzilgan savollar orqali takrorlanib, mustahkamlanadi.
8
4
Yangi mavzu:
1. Jamoa bo’lib kuylash: R.Abdullayev musiqasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`i jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi.
2. O’qituvchining tushuntirishi. O’quvchilarga hikoya, “Klaster” usulidan foydalanib, “V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari” haqida tushuncha berish.
20
5
Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, dunyo tan olgan bastakorlarning oper musiqa parchasidan namuna eshittirib suhbat-munozara o’tkaziladi.
8
6
Dars yakuni: Test orqali mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish.
7
Darsning borishi: O’quvchilar sinfga o’qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib kelishadi.
Tashkiliy qism: Salomlashib, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. O’tilgan mavzularni takrorlab mustahkamlash uchun har bir qatordagi 10 tadan o’quvchiga savollar tarqatiladi va berilgan 4 daqiqa ichida savollarga tug`ri javob berishgan o’quvchilar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.
Orkestr deganda nimani tushunasiz?
Qanday orkestr turlarini bilasiz?
O’zbek xalq cholg`ulari orkestri necha guruhdan iborat?
O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`ular kiradi?
O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining mezrobli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
Nog`ora, qayroq, safoil, doyra cholg`u asboblari o’zbek xalq cholg`ulari orkestrining qaysi guruhiga kiradi?
O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
Simfonik orkestr deganda nimani tushunasiz?
Simfonik orkestr necha guruhdan tashkil topadi?
Simfonik orkestrning yog`och damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
Simfonik orkestrning mis damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
Litavra, baraban, tarelka simfonik orkestrning qaysi guruhiga kiradi?
Simfonik orkestrning torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
Xor deganda nimani tushunasiz?
Xorda qanday ovozlar bor?
“Tenor” va “Bas” ovozlar kimlarga xos? “Soprano” va “Alt” ovozlar-chi?
Sahnaviy musiqa asarlariga qanday asarlar kiradi?
“Balet” deganda nimani tushunasiz?
“Opera” deganda nimani tushunasiz?
“Musiqali drama” janri haqida gapirib bering?
O’zbek raqs san’atining rivojlanishiga xissa qo’shgan raqqosalardan kimlarni bilasiz?
“Musiqali komediya” janri haqida gapirib bering?
Qanday o’zbek baletlarini bilasiz?
O’zbek kompozitorlarini ayting?
J.Verdi yaratgan operalarni ayting?
Musiqali dramalarga misollar keltiring?
Alteratsiya belgilarini sanab bering?
Musiqada qanday intervallarni bilasiz?
Musiqada qanday dinamik belgilar bor?
Milliy raqs uslubidagi baletlarni ayting?
Har bir qatorga slaydda musiqa savodxonligi va utilgan mavzular yuzasidan rasmlar kursatiladi va qatorlarga qo’yidagi savollar beriladi.
1-qatorga “O’zbek bastakorlarining ismi shariflarini ayting”
2-qatorga “Bular qanday belgilar. Bu belgilar nota chizig`ida qanday yoziladi va vazifasini ayting”
3-qatorga “Bu cholg`ular qaysi orkestrda chalinadi va qaysi guruhlarga hos”
Har bir qatordagi o’quvchilar javobini yozib borishadi va fikrlar umumlashtirilib, qatorlar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.