Mavzu: V. A. Motsartning simfonik ijodiyoti


Simfoniya №40 (sol minor)



Yüklə 267 Kb.
səhifə11/14
tarix17.09.2023
ölçüsü267 Kb.
#144548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu V. A. Motsartning simfonik ijodiyoti

Simfoniya №40 (sol minor)
40-raqam ostida kelib sol minor tonalligida yozilgan simfoniya Motsartning eng mashhur asarlaridan biridir. Musiqaning go’zalligi, haqqoniyligi va keng ixlosmandlar ommasiga tushunarli bo’lganligi sababli bu simfoniya umrboqiy asarlar qatoridan o’rin olgan.
Simfoniya to’rt qismdan iborat. Birinchi qism sonata allegrosi shaklida yozilgan. Ekspozitsiya bosh mavzu ijrosidan boshlanadi. Bu juda go’zal, lirik xarakterdagi, bir oz xomush kayfiyatdagi musiqa hayajonlanib so’zlayotgan inson nutqini eslatadi. Skripkalar ijrosi musiqaga kuychanlik, iliqlik va mayinlik xususiyatlarini beradi.
Si bemol major tonalligida yozilgan yordamchi mavzu ham yumshoq, lirik xarakterda yozilgan. Keyinchalik rivojlanib bu mavzu baland tovushda va qat’iy ohangda yangraydi. Xuddi shunday xarakterdagi yakuniy mavzu bilan ekspoziciya bo’limi nihoyasiga etadi.
Rivojlov bo’limida bosh mavzu rivojlantirilgan va qayta ishlangan. Bosh mavzu kuychanlik xususiyatini yo’qotadi. Tovush kuchi tobora ortib borib musiqa hayajonli, qat’iy va dahshatli xarakterda yangraydi.
Repriza bo’limida ekspoziciya bo’limi materiali bir oz o’zgartirilib takrorlanadi.
Simfoniyaning ikkinchi qismi - Andante ham sonata shaklida yozilgan. Bosh va yordamchi mavzular o’rtasida deyarli farq yo’q. Ikkisi ham sokin, lirik xarakterdagi kuylardir. Butun qism musiqasi ham shunday kayfiyatda yozilgan.
Simfoniyaning uchinchi qismi - Menuet. Menuet o’zi raqs. Ammo musiqa raqs xarakterida emas, dramatik, qat’iy xarakterda. Faqat menuetning o’rta qismi-trioda bu jozibali raqsga xos xususiyatlarni uchratish mumkin.
So’nggi to’rtinchi qism – Final musiqasi qoidagi ko’ra sonata allegrosi shaklida yozilgan. Musiqa xarakteri jihatdan birinchi qism musiqasini eslatadi. Bu ikki qismning tuzilishini solishtirganda ham bir kator o’xshashliklarni aniqlash mumkin.
Motsartning 40-simfoniyasi - kompozitor yuksak mahorat bilan insonning ichki kechinmalari va ruhiy olamini tasvirlab bergan asardir.
Motsartning serqirra ijodiy faoliyatida fortepiano uchun yozilgan musiqa muhim o’rin egallaydi. Dastlab klavesin, keyinchalik fortepiano Motsartning sevimli cholg’u sozi bo’lib, uning bu sozdagi ijrochilik san’ati yuksak darajada edi. Yakka fortepiano uchun yozilgan asarlardan tashqari fortepiano va orkestr uchun yozilgan 27 ta kontsert, fortepiano qatnashgan ansambl asarlari: triolar, kvartetlar, kvintetlar, fortepiano va skripka uchun yozilgan sonatalar – Motsartning yetuk, hayotbaxsh musiqasining yorqin namunasidir.
Motsartning fortepiano asarlariga baho berishda ulardagi kuychanlik xususiyatining yuqori darajada ekanligi e’tiborni tortadi. Italyan opera san’atiga xos bo’lgan bel kanto (go’zal, chiroyli kuylash) uslubini ham vokal, ham cholg’u musiqasini yaratishda qo’llash - Motsartning asosiy ijodiy va ijrochilik principlaridan biri edi. Ma’lumki, torli-kamonli sozlar tabiatan kuychan tovushga ega, klavesin tovushi esa tez so’nar edi. Kuychanlikka erishish uchun kompozitor tovush uzilishi bilan bog’liq muammoni katta mahorat bilan hal qilgan.
Yakka fortepiano uchun Motsart sonatalar, rondolar, variaciyalar yozgan. Bu asarlar aniq musiqiy shakllarda yaratilar edi. Ulardan tashqari kompozitor erkin shakllarda fantaziyalar ham yozganki, ular Motsartning fortepianoda improvizaciya (badiha) qilish san’ati bilan bog’liq.
Fortepiano uchun yozilgan 19 ta sonata Motsart fortepiano ijodining asosiy qismidir. Dastlabki sonatalar musiqasida kompozitorlardan F. E. Bax, I. X. Bax, I. Shobertlar uslubining ta’siri seziladi. Keyinchalik kompozitor bu borada ham o’z uslubini yaratdi. Sonatalar dramatik mazmunining boyligi, yorqin dinamik qarama-qarshiliklarning doimiyligi, tovush ifodaliligiga alohida e’tibor berish, yuksak darajadagi texnik mahorat – Motsart uslubiga xos xususiyatlardir.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin