Mavzu: V-XIII asrlarda chet eldagi pedagogiklari g’oyalari Mashg’ulot rejasi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə6/8
tarix27.08.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#63298
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan

Erasmus Roterodamus 1536-yil 12-iyul 69 yoshda Shveytsariya Ittifoqining Bazel shahrida vafot etdi.


Yan Amos Komenskiy
Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga taaluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar yozdi (U hayot ekanligi vaqtida hammasi bo’lib 2 jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa faqat 1935 yilda topildi va CHexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarida «Hammani va hamma narsada har tomonlama tuzatish»ning insonparvarlik va demokratik dasturini belgilab chiqdi va kishilik jamiyatini isloh qilish rejasini ilgari surdi.
«Buyuk didaktika» asarida «pan sofiya g’oyasini» (pan gerkcha — butun, hamma, sofiya — donolik, aqllilik) hamma narsani bilish, hamma uchun bilim berish» demakdir. Pan sofiyada u tabiat va jamiyat bilimlarining yig’indisini beradi. Maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani har narsaga o’rgatmoq kerak» degan fikr ko’p marta takrorlanishini ko’ramiz.
Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg’or kishilari tomonidan quvvatlanib, parlament tomonidan chaqiriladi. Komenskiy 1641 yili Angliyaga keladi, lekin grajdanlar urushi boshlanib ketib, bu ish qolib ketadi. Komenskiy duyoga tanilgandan so’ng hamma mamlakatlarga uni taklif eta boshlaydilar. Shvetsiyada lotin tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach, 1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so’ng u yana o’qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqarada. «Vidimo’y mir v kartinkax», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» degan asar yozib, o’qish ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir ishlari berilgan.
1656 yili Shved—polyak urushi vaqtida Leshnodagi chex qardoshlari jamoasi tor-mor qilinadi. Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan Amsterdamga o’tadi. SHunda Gollandiya senatining buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plami bosilib chiqadi.
Komenskiy o’z vatanini juda sevar va uning mustaqilligi uchun kurash olib boradi. Uning ko’p asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq poeziyasini yig’ib chex maqollar to’plamini tuzadi va o’z xalqining tilini saqlashga, sevishga undaydi.
Komenskiyning dunyoqarashi. Komenskiyning dunyoqarashida uch xususiyat ta’sirini ko’ramiz:
1. Natur falsafasi. 16—17-asrlarda ingliz faylasufi — materialist Bekon sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o’qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish bo’lmagan yerda bilish ham yo’q, deydi u.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin