Nomi: Konfutsiy Tug'ilgan kun: Miloddan avvalgi 551 yil e.
Yosh: 72 yoshda
O'lim sanasi: Miloddan avvalgi 479 yil e.
Faoliyat: mutafakkir va faylasuf
Konfutsiylik yoki konfutsiychilik - Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot; keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri.
Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi.
Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim. Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda oʻrnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. Konfutsiyda jamiyatni boshqarishga katta eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortiq, oddiy qonunlar bilan toʻldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida Konfutsiyning turli maktablari yuzaga kelgan.