3. Valyuta bozorlarining turlari Valyuta operatsiyalarining hajmi va tavsifi, ishlatilayotgan valyutalarning soni hamda erkinlashtirishning darajasiga ko’ra valyuta bozorlari jahon, hududiy va milliy (mahalliy) bozorlarga bo’linadi. 119 Jahon valyuta bozorlari jahon moliyaviy markazlarida to’plangandir. Ularning ichida London, N'yu-York, Frankfurt-Mayn, Parij, Syurix, Tokio, Syangan, Singapur, Bahrayndagi valyuta bozorlari ko’zga tashlanadi. Jahon valyuta bozorlarida banklar jahon to’lov aylanmasida keng ishlatiladigan valyutalar bilan operatsiyalarni amalga oshiradilar. hududiy va mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan valyutalar bilan esa, ularning maqomi hamda ishonchliligidan qat’iy nazar, banklar bitimlarni deyarli amalga oshirmaydilar. London valyuta bozori (400-460 mlrd. dollar yoki jahondagi kunlik valyuta bitimlarining 30%dan ziyodi) yetakchilikni qo’lda saqlab kelmoqda. Ushbu ko’rsatkich Parijdagi valyuta operatsiyalari hajmidan 9 marta, FrankfurtMayndagidan 5 marta, N'yu-Yorkdagidan 2 marta ko’pdir. Jahon valyuta aylanmasining 40 foizi Yevropa bozoriga, 40 foizi Amerika bozoriga va 20 foizi Osiyo bozoriga to’g’ri keladi. London o’zining ushbu jarayondagi katta tajribasi, valyuta operatsiyalarining likvidliligi, xorijiy banklarning ko’pligi (76 mamlakatdan 524 bank) tufayli xorijiy valyutalar bilan savdoda azaldan yetakchi edi. harbiy Yevropadagi integratsiya jarayoni natijasida Xalqaro (hududiy) Yevropa valyuta bozori shaklandi va 1979-1998 yillar mobaynida ushbu bozordagi hisob-kitoblar EKYUda amalga oshirildi. 1999 yilning yanvaridan boshlab Yevropa valyuta bozori rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi va undagi hisob-kitoblar Yevropaning yangi kollektiv valyutasi "Yevro"da amalga oshadigan bo’ldi. Yevro kursining dollarga va Yevro hududiga kirmaydigan mamlakatlar valyutalariga nisbatan kotirovkasini Frankfurt-Mayndagi Yevropa Markaziy banki amalga oshiradi. Osiyo hududida Singapur valyuta bozori katta odimlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu bozor o’zining kunlik operatsiyalari hajmi (139 mlrd. dollar) bo’yicha Tokiodan (149 mlrd. dollar) keyin 2-o’rinni egalladi. Osiyoning boshqa mamlakatlari bozorlariga qaraganda erkinroq bo’lgan Singapur bozorida amalga oshirilayotgan operatsiyalar hajmining 1995 yildan 1998 yilgacha bo’lgan davr ichida 32 foizli o’simiga erishildi. Huddi shu davr ichida esa Tokioda ushbu operatsiyalarning hajmi 8%ga, Gokongda - 13%ga qisqardi. Hududiy va mahalliy valyuta bozorlarida konvertatsiya qilinadigan muayyan bir valyutalar bilan operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu valyutalar qatoriga Singapur dollari, Saudiya riyali, Quvayt dinori va boshqa shu kabi valyutalar kiradi. Muayyan bir hududda valyuta operatsiyalari uchun ishlatiladigan valyutalarning kotirovkasi ushbu hudud banklari tomonidan nisbatan muntazam bo’lgan asosda amalga oshiriladi. Mahalliy ahamiyatdagi valyutalarning kotirovkasi esa ushbu valyutalar mahalliy deb hisoblanmish banklar tomonidan amalga oshiriladi. Valyuta bozorlari iqtisodiyot va siyosatdagi o’zgarishlarga sezgir bo’lib, ularga o’z aks ta'sirini o’tkazgan holda jahon xo’jaligining muhim 120 bo’g’inlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi valyuta bozorlarining rivojlanishiga ko’maklashadi. Jahon valyuta bozorlaridagi kunlik bitimlar hajmi 1 trln. AQSh dollaridan ziyodni tashkil qiladi. Kurs nisbatlarining keskin tebranishi valyuta bozorlari faoliyatini qiyinlashtiradi. Valyuta bozorlarining mexanizmi valyuta chayqovi uchun sharoit yaratib beradi, chunki ushbu mexanizm valyutaga haqiqatda ega bo’lmagan holda bitimlarni amalga oshirish imkonini beradi. Valyuta operatsiyalari natijasida "qaynoq pullar"ning stihiyali harakati, kapitalning "qochib ketishi", valyuta kurslarining tebranishi kuchayadi. "Valyuta talvasasi" kuchsiz valyutalarga salbiy ta'sir etadi, ayrim mamlakatlarning valyuta-iqtisodiy holati, jahon iqtisodiyoti va valyuta tizimining barqarorsizligini oshiradi. Valyuta bozorlarining stihiyali faoliyati oqibatida og’irlashayotgan valyuta qiyinchiliklari mamlakatlar iqtisodiy siyosatiga ma'lum bir ta'sir ko’rsatadi va iqtisodiyotni muvofiqlashtirish yuzasidan ularning o’zaro kelishilgan xatti-harakatlarining muhim muammosi bo’lib hisoblanadi.
Xulosa Valyuta bozorlari - bu, talab va taklif asosida shakllanadigan kurs bo’yicha xorijiy valyutalarning milliy valyutaga oldi-sotdisi amalga oshadigan rasmiy markazlaridir. Jahon moliyaviy markazlari - xalqaro valyuta, kredit, moliya operatsiyalari, qimmatli qog’ozlar hamda oltin bilan bitimlarni amalga oshiruvchi banklar va ixtisoslashgan kredit-moliya institutlari to’planuvining markazlaridir. Tarixan ular milliy bozorlar negizida, so’ng esa jahon valyuta, kredit, moliya hamda oltin bozorlari zaminida paydo bo’lgan.
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bo’lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. O’zbekiston Respublikasining Valyuta birjasi respublikamizda birja bozori hisoblanadi. Milliy valyutamiz-so’mning nominal almashuv kursi Respublika valyuta birjasida aniqlanadi.
Respublikamizda so’mning nominal birja kursi valyutalarning buyurtmali savdosi asosida amalga oshiriladigan oldi - sotdi mexanizmi orqali shakllanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, O’RVBga a’zo bo’lgan tijorat banklari ikki xildagi buyurtmalarni birjaga beradilar: a) AQSh dollarini sotib olish maqsadida so’mda berilgan buyurtmalar; b) AQSh dollarini sotish maqsadida berilgan buyurtmalar (dollarda berilgan buyurtmalar). Markaziy bankning Bosh dileri buyurtmalarni qabul qilishni to’xtatish to’g’risidagi buyruqni bergandan so’ng har ikkala xildagi buyurtmalar bo’yicha jami nominal miqdorlar aniqlanadi. Shundan keyin so’mda berilgan buyurtmalarning jami summasini AQSh dollaridagi buyurtmalar summasiga bo’lish yo’li bilan o’zbek so’mining 1 AQSh dollariga nisbatan nominal birja kursi aniqlanadi. So’mning valyuta kursini 1 AQSh dollariga nisbatan aniqlanayotganligi so’mning to’g’ri kotirovka rejimiga ega ekanligidan dalolat beradi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal birja kursi tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi aktiv va passivlarini qayta baholash, boj hisobi hamda moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar valyuta tushumlarining ma’lum qismini majburiy tartibda sotishda qo’llaniladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning amaliyotida, xususan, AQSh, Yaponiya, Kanada davlatlarining amaliyotida milliy valyutaning kursi fiksing shaklida aniqlanadigan bozor mexanizmiga asoslanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, maklerlar va tijorat banklari dilerlari ishtirokida kun davomida amalga oshiriladigan valyuta savdosi jarayonida shakllangan talab va taklif asosida, operatsion kunning aniq bir vaqtida, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan birja kursi aniqlanadi. Operatsion kunning aniq bir vaqtida milliy valyuta kursining aniqlanishi fiksing deb ataladi.
Birjadan tashqari valyuta bozori banklararo bozordir. Bunda valyuta savdosi tijorat banklari dilerlarining telefon yoki internet orqali so’zlashuvlari orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari spred shaklida, ya’ni valyutalarni sotish kursi bilan sotib olish kursi o’rtasidagi farq sifatida daromad oladilar.