Mavzu: Valyuta kursi


Markaziy bank valyuta siyosatining mohiyati va uni amalga



Yüklə 5 Mb.
səhifə9/15
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#168031
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Микро. Макро. Курс иши намуна word

Markaziy bank valyuta siyosatining mohiyati va uni amalga


oshirish asoslari.
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari
kuzatilgan rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni
belgilashda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.1994 yildan boshlab1 O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi.
Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansa-da, amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bog‘lash orqali bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.
Bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga yo‘naltirilgan almashuv kursi siyosati tashqi shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. Bunda bir tomondan oltin-valyuta zahiralarini oshirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan so‘mning almashuv kursini ma’lum bir darajada ushlab turish maqsadi ko‘zlangan.
O‘z navbatida, mazkur almashuv kursi to‘lov balansi holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni o‘zida aks ettirmagan.
Bunday siyosat, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan
tashqari, pul-kredit instrumentlaridan foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali qo‘llashda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.
O‘z navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat hisobraqamlarida mablag‘lar yig‘ilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobraqamlarida mablag‘larning jamlanib borilishi pul massasi o‘sishini maqbullashtiruv chi omillardan bo‘lgan.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.
Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan.
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‘tadil darajada o‘sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniq bog‘liqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi. 11-rasm.

Masalaning yana bir muhim jihati, Markaziy bankning pul agregatlarini samarali boshqara olishi qobiliyati bilan bog‘liq.
Odatda, markaziy banklar rezerv pullar darajasini samarali boshqara oladilar, ammo pul massasini nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Ushbu jarayon asosan dollarizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hamda moliya bozorlari rivojlanish bosqichida turgan mamlakatlarda ko‘p kuzatiladi, binobarin, bunday mamlakatlarda kredit va depozitlarga bo‘lgan talab keskin o‘zgarib turishi mumkin.
Pulga bo‘lgan talabning o‘zgaruvchanligi, keng ma’nodagi pul massasining tarkibi, dollarizatsiya darajasining yuqoriligi kabi omillar pulga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi.
Bunday holatda, pulga bo‘lgan talab va foiz stavkalari o‘rtasidagi bog‘liqlik sust bo‘lganligi sababli Markaziy bank uchun pul massasining maqsadli darajasini saqlab turish vazifasi murakkablashadi.
Yuqorida qayd etilgan muammolar natijasida keng ma’nodagi pullar hajmining oraliq mo‘ljallardan chetlashishi Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi.
Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta ayirboshlash kursini past va barqaror inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan davlatlar valyutasiga bog‘lashni nazarda tutadi.
Shuningdek, valyuta kursini targetlashning milliy valyuta ayirboshlash kursi tebranishi mumkin bo‘lgan gorizontal va shartli koridorlarni o‘rnatish hamda real ayirboshlash kursini asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalari savatchasiga nisbatan targetlash kabi turlari ham mavjud.
Valyuta kursini targetlash rejimi iqtisodiyoti eksport, ayniqsa, xom-ashyo tovarlari eksportiga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, iste’mol savatida import tovarlari yuqori ulushni tashkil qilgan mamlakatlarda faol qo‘llaniladi.
Mazkur rejim iqtisodiy inqiroz kuzatilgan davrlarda inflyatsiya darajasini tez va samarali pasaytirish imkonini beradi. Bunda pul-kredit siyosati faqatgina ayirboshlash kursining maqsadli darajasini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Jumladan,
valyuta kursi qadrsizlanganda qat’iy pul-kredit siyosati, valyutaning qadri maqsadli darajadan ko‘proq oshganda yumshoq pul-kredit siyosati yuritiladi.
Valyuta kursini targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson tushuniladi.
Mazkur rejimning yana bir ijobiy tomoni moliyaviy institutlar yaxshi rivojlanmagan sharoitlarda ham u o‘zining samaradorligini saqlab qoladi. Bunday vaziyatda valyuta kursiga pul-kredit siyosati choralari va valyuta intervensiyalari orqali ta’sir ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, kapital oqimlari kuchli bo‘lgan davrlarda ushbu rejimni samarali qo‘llash imkoniyati cheklanadi va iqtisodiy inqiroz davrida markaziy bankning valyuta kursini barqarorlashtirish borasidagi vazifasini qiyinlashtiradi.

  1. Yüklə 5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin