Ehtimollarni qo’shish va ko’paytirish teoremalari, shartli ehtimol
Ehtimollar nazariyasining qishloq xo’jalik ginetikasiga tadbiqlari
Mavzu bo’yicha talabaning nazariy bilim va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar:kombinatorika elementlari haqida tushunchaga ega bo’lish; ehtimolning klassik va statistik ta’riflarini bilish; ehtimolning geometrik ta’rifi; ehtimollarni qo’shish va ko’paytirish teoremalarini bilish; shartli ehtimol haqida tushunchaga ega bo’lish; ginetika qonunlarini bilish; ginetikaning ehtimollar nazariyasi bilan bog’lanishini o’rganishi kerak.
Mavzu bo’yicha talabaning amaliy bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar:kombinatorika elementlariga doir masalalarni hisoblay olish; ehtimolning klassik va statistik ta’rifiga doir masalalarni tuzish va yecha olish; ehtimolning geometrik ta’rifiga doir masalalarni tuzish va yecha olish; ehtimollarni qo’shish va ko’paytirish teoremalariga doir masalalar tuzish va yecha olish; shartli ehtimolga doir masalalar tuzish va yecha olish; qishloq xo’jalik ginetikasiga doir masala tuzish va uni ehtimollar nazariyasidan foydalanib yechish.
Mavzu bo’yicha foydalaniladigan adabiyotlar: Abdalimov B. Oliy matematika. – T.: O’qituvchi, 1994. (275-283 betlar)
Abdalimov B. va boshqalar. Oliy matematikadan masalalar yechish bo’yicha qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 1985. (334-359 betlar)
Piskunov N. Differensial va integral hisob. – T.: O’qituvchi, 1972. (472-485 betlar)