Tanlanma korrelyatsiya koeffitsientini hisoblashning to’rt maydon usuli
Dinamik qatorlarning qishloq xo’jalik jarayonlarni tahlil qilishga qo’llanilishi
Mavzu bo’yicha talabaning nazariy bilim va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar:funksional, statistik, korrelyatsion bog’lanishlar; regressiya chizig’i tenglamasi; korreliyatsiya koeffitsienti va uni hisoblash; korrelyatsiya koeffitsentini hisoblashning to’rt maydon usuli sxemasi; dinamik qatorlar haqida tushunchaga ega bo’lish kerak.
Mavzu bo’yicha talabaning amaliy bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar:berilgan tanlanma bo’yicha variatsion qator tuzishni bilish; tanlanma o’rta qiymat, tanlanma dispersiya, tanlanma o’rtacha kvadratik chetlanish, moda, medianalarni hisoblay olish; yig’indilar va ko’paytmalar usullaridan foydalanib tanlanma xarakteristikalarni hisoblay olishi; korrelyatsion jadval tuzish; berilgan korrelyatsion jadval bo’yicha korrelyatsiya koeffitsientini to’rt maydon usulidan foydalanib hisoblash va regressiya tenglamasini tuzish; dinamik qatorlardan foydalanib qishloq xo’jalik masalalarini tuzishni bilishi kerak.
Mavzu bo’yicha foydalaniladigan adabiyotlar: Abdalimov B. Oliy matematika. – T.: O’qituvchi, 1994. (347-356 betlar)
Abdalimov B. va boshqalar. Oliy matematikadan masalalar yechish bo’yicha qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 1985. (430-443 betlar)
Gmurman V.Ye. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.-T.: O’qituvchi, 1977. (248-280 betlar)
Gmurman V.Ye. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan masalalr yechishga doir qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 1980.