Mavzu: Web- texnologiyalar va ularning informatika ta’limida tutgan o’rni Reja



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə3/5
tarix16.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#75593
1   2   3   4   5
3-mavzu. metodika

3D texnologiyalar. Simulyatorlar. Multimedianing kirib kelishi axborot texnologiyalari sohasida yangi davrni boshlab berdi.
“D” atamasi inglizcha “dimensions” so’zidan olingan bo’lib, “o’lchamlar” ma’nosini beradi. 3D texnologiyasi tasvirni vizual va tovushli uzatib berishning dunyodagi eng ilg’or usuli hisoblanadi.
Hozirgi kunda uch o’lchamli haykallar, yirik ob’ektlarning kichraytirilgan modellari (mashinalar, samolyotlar, binolar), shuningdek, turli ilmiy ishlanmalar modellarini yasash imkoniyati mavjud. Buning uchun albatta 3D printerlardan foydalanilmoqda.




1-rasm. 3D- printerlar va ular yordamida ishlab chiqilgan mahsulotlar

3D printerlar - uch o’lchamli chizmalar asosida narsa-buyumlar "chop etuvchi" printerlardir. Hozircha bu kabi ishlanmalar tor doirada amalga oshirilayotgan bo’lsa, yaqin kelajakda bemalol uy sharoitida 3D-printerdan masalan bir juft krossovka, kiyim yoki ro’zg’or buyumi chiqarib olishning imkoni bo’ladi. Uch o’lchamli chop etilayotgan mahsulotlarning narxi pasayishini inobatga olsak, ushbu texnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Boeing kompaniyasi o’z samolyotlarining 200 dan ortiq detallarini 3D-chop etish texnologiyasi asosida ishlab chiqmoqda. Uch o’lchamli chop etiladigan mahsulotlarning narxi pasayishini inobatga olsak, ushbu tehnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Bocing kompaniyasi o’z samoliyotlarining 200da ortiq detallarini 3D chop etish texnologiyasi asosida ishlab chiqilmoqda.


Simulyatorlar. O’quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadimqadimdan o’quv-o’rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o’quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang’ich ta’limdan boshlab oliy o’quv yurtlarigacha, oddiy til o’rganishdan to mexanika sohalarigacha qo’llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Ammo biz ushbu ma’ruzada asosiy e’tiborni kompyuter simulyatorlariga qaratamiz.
Kompyuter simulyatorlaridan asosan ikki yo’nalishda foydalanish mumkin: haqiqiy obyektlarni modellashtirish hamda ushbu modellarni rivojlantirish. Hayotiy obyektlarni modellashtirishda eng sodda chiplardan tortib butun boshli murakkab kompyuter tizimlarigacha virtual prototiplarini yaratish mumkin. O’quvchilar ushbu virtual modellarni o’rganish jarayonida ularning ishlash prinsip va usullarini yanada takomillashtirishlari ham mumkin bo’ladi.
O’quv yurtlarida simulyatorlardan foydalanish kerakmi?
Ushbu savolga eng qisqa hamda bizning nazdimizda to’g’ri bo’lgan javob, “Ha, albatta”dir. Simulyatorlardan foydalanishning asos sabablaridan biri ularning real obyektlarga nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir. Hammaga ma’lumki, axborot texnologiyalar va kompyuter sohasini o’qitishda asosan leksiyalardan foydalaniladi; nari borsa programmalash tillarini o’qitishda ma’lum bir dasturlar tuzish bo’yicha mashg’ulotlar olib boriladi. Ammo kompyuter jixozlarini yasash, operatsiyon va netvork tizimlarini o’rnatish hamda sinovdan o’tkazish qimmatbaho uskunalarga extiyoj tug’diradi. O’zo’zidan ma’lumki O’zbekiston kollej va universitetlarida bunday imkoniyatlar hozircha keng ko’lamda mavjud emas. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda kompyuter hamda netvork qurilmalarini yasash va sinovdan o’tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o’z-o’zidan nafaqat katta miqdorda mablag’lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug’dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag’lar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo’lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug’diradi, masalan, ekologik xavfli zonalarni kuzatish jarayonida ma’lumotlarni yig’ish uchun foydalaniladigan netvork tarmog’ini o’rganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar hayotiga xavf ham tug’diradi. Simulyatorlar yordamida esa ekologik xavfli zona hamda u yerga mos bo’lgan netvork tarmog’i virtual holatda yasalishi va ularning ustiga istagancha eksperimentlar o’tkazilishi mumkin.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o’rgangan teoriya va bilimlarini virtual bo’lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo’shadilar. Bundan tashqari o’sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o’z xissalarini qo’shishlari mumkin. Bu o’z o’rnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa o’z navbatida talabalarda o’qish va tadqiqotlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.
H ozirgi fan-texnikaning katta sur’atlarda rivojlanishi real-hayotiy tadqiqot uskunalarini ushbu rivojlanish bilan bir qatorda ketishida qiyinchilik tug’diradi. Simulyatorlarda esa bunday to’siqlar mavjud emas va xatto ushbu “virtual tadqiqotxonalar” fan-texnika rivojlanish tezligiga qo’shimcha tezlik qo’shadi.
Albatta har sohada bo’lgani kabi simulyatorlardan foydalanishga nisbatan ham qarshi fikrlar mavjud. Ulardan eng birinchisi simulyatorlarning haqiqiy obyekt va jarayonlarni to’la-to’kis ifoda eta olmasliklaridir. Bu simulyatorlar yordamida olingan natijalar bilan hayotiy tajribalardan hosil bo’lgan natijalar o’rtasida tafovutlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ba’zi simulyatorlar esa o’yin shaklida yasalgan, masalan, uchuvchilik simulyatorlari. Ular foydalanuvchilarda doimiy ishqibozlik kelib chiqishiga olib keladi va natijada tadqiqotdan ko’ra ko’proq o’yin tarafi bosib ketadi. Shunga qaramasdan yuqorida ko’rsatilgan simulyatorlardan foydalanishning salbiy tomonlari ijobiy tomonlariga nisbatan ancha kuchsiz hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun ular simulyatorlardan foydalanishning qandaydir ma’noda cheklanishiga asosiy sabab bo’la olmaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin