Mavzu: Web- texnologiyalar va ularning informatika ta’limida tutgan o’rni Reja


C rocodile Physics dasturi haqida



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/5
tarix16.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#75593
1   2   3   4   5
3-mavzu. metodika

C rocodile Physics dasturi haqida. Crocodile Physics dasturi kuchli simulyator bo’lib, fizik jarayonlarni modellashtirish va Fizikaning Mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To’lqin hodisalari bo’limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu dastur o’rta maktab o’quvchi va o’qituvchilar, litsey, kollej talabalari uchun fizika fannini «Elektr» qismini chuqurroq o’zlashtirishda hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish imkonnini beradi. Bundan tashqari, Crocodile Technology dasturidan elektrotexnika, elektr zanjirlar nazariyasini o’rganish kurslarida ham foydalanish mumkin.
C rocodile Chemistry dasturi haqida. Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleyev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o’rganish mumkin. Odatda kimyoviy reaksiyalar ruy berish vaqtida reaksiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatish iloji yo’q. Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni o’tkazish va, eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.
Crocodile ICT dasturi haqida.
Crocodile ICT dasturi, Yevropa mamlakatlarida Informatika fanini o’qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo’limini o’quvchiga aniqroq yetkazib berish mumkin.
PHET sayti Nobel mukofotining laureati, fizik K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PHET) sayti yaratilgan. PHET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo’lib, ular Java (va HTML5 formatlarida) dasturida yaratilgan. PHET saytida taqdim etilayotgan modellar ochiq manba (Open Sourse) sifatida xohlagancha foydalanish mumkin.
Panoramik tasvirlar. Virtual borliq atamasining ilk bosqichlari panorama sifatida tushinilib kelingan. Panorama – grekcha ko’rish maydoni degan ma’noni anglatadi. Panoramaning turli shakllari mavjud bo’lib, ular: chizilgan, shakllantirilgan, tasvirga olingan va video-film ko’rinishidagi turlaridir. Axborot texnologiyalarida panorama 360 gradus burchak ostidagi ko’rish imkoniyatiga ega tasvir tushiniladi. Panorama orqali inson bir nuqtadan butun borliqni ko’rishi mumkin.





Panoramik rasmlarning joylashishi
Panoramik tasvirlardan foydalangan holda virtual sayohatlar uyushtirishni tashkil qilish hozirgi kunda mijozlarni jalb qilishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Sayohatchilar va qiziquvchilar tushunchasini yanada boyitish va u haqda to’liq tasavvurlarni olish imkonini beradi hamda ma’lum bir ma’noda foydalanuvchiga zavq bag’ishlaydi. Internetda foydalanayotgan odam bitta panoramik rasmni ochib ko’rgandan keyin albatta keyingilariga beehtiyor qiziqish bildiradi, keyingilarini ochib ko’rgisi, foydalangisi keladi. Masalan, www.3dmekanlar.com – Saudiya Arabistoni muqaddas joylar va tarixiy yodgorliklarga virtual sayohat uyushtirish sayti yaqqol misol bo’ladi. Saytda muqaddas obidalar, masjidlar, tarixiy yodgorliklar va shunga o’xshash joylar rasmlarga olinib panoramalar tayyorlangan. Foydalanuvchilar bemalol uylarida o’tirgan holda ushbu muhitga tushib, binolarni tomosha qilishi mumkin. Saytning ommabopligi, iqtisodiy samaradorligi juda yuqori. Lekin shu bilan birga kamchiliklardan holi emas. Misol uchun internet tezligi past joylarda ushbu saytga tashrif buyurish qiyinlashishi mumkin. Nimagaki panoramik tasvirlarning hajmlari biroz katta bo’lganligi sababli ma’lumot almashinish jarayoni sekinlashadi. www.aeropano.ru sayti ham yuqoridagi maqsadlarni ko’zlagan holda tashkil qilingan. Bu saytda nafaqat tasvirlar balki videopanoramalarni ham ko’rishimiz mumkin. Bu interaktiv jarayon bo’lganligi uchun ko’pchilikka juda yoqimli va hayratlanarli bo’lib tuyulishi mumkin.
Crocodile Physics 605 o’zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida o’qituvchi va o’quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi.
Fizika fanida Crocodile Physics 605 dastur muhitidan foydalanish.
Crocodile Physics 605 dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, elektr zanjirlar, optika va to’lqin hodisalari bo’limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o’tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi.
Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonidan 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo’ladi. Dastur fizikaning barcha bo’limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratadi.
1-virtual tajriba. Misol Prujinaga osilgan metall sharchaning tebranma harakatini kuzataylik. Buning uchun berilgan qiymatlar quyida keltirilgan.

Bu erda sharcha massasi 1 kg, sharchaning elastikligi 0,9, metal sharchaning radiusi 5 sm.

Bu erda prujinaning boshlanғich uzunligi 0,9 metr, prujinaning bikrligi 10 N*m-1 .

Tajriba davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtning har bir paytida ikkita kuchning o’zaro qiymatlaridagi o’zgarishlar ta’sirida ro’y beradi. Sharcha pastga xarakatlanayotganda og’irlik kuchining ta’siri kamayib, elastiklik kuchining ta’siri ortib boradi, aksincha sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik kuchining ta’siri kamayib og’irlik kuchining ta’siri ortib boradi.

Dasturning o’ziga xos xususiyatlari: Fizik hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, qadamma - qadam o’rgatuvchi darslar, fizikaning bo’limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, Er sharoitida o’tkazish qiyin bo’lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o’rtasidagi grafikli bog’lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog’ozga chop etish mumkin.
Bu dasturdan o’rta maktab o’quvchi va o’qituvchilari, listey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o’qituvchilari «Elektr», “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qo’shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.
Bu dastur, kasbi kim bo’lishidan qat’i nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o’rgatadi.
Dastur imkoniyatlari juda keng bo’lib, undan amaliy mashg’ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ayniqsa, virtual tajriba ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin