Oʻzbek millati juda uzoq vaqg mobaynida islom dini taʼsiridagi Xalq pedagogikasiga amal qilgan holda yashadi. 19-asrning 2-yarmiga kelib, Rossiya bosqini sababli oʻzbek xalqining turmush tarzi, fikrlash yoʻsini, tarbiya tamoyillarida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. Faqat islom dini belgilagan turmush tarzi, akida, anʼana va odatlar bilangina yashash mumkin boʻlmay qoldi. Xalqning ongi, axloqi, fikri, turmushi oʻzgarishi bilan uning ped.si ham oʻzgarishlarga uchradi. Yangi anʼana va odoblar paydo boʻldi, ayrim pedagogik qadriyat, axloqiy aqidalar esa yoʻqoldi. Xalq pedagogikasidagi yoʻqotishlar, ayniqsa, shoʻro davrida keng tus oldi. Xalq pedagogikasi tufayli shiddatli oʻzgarishlar girdobida qolgan oʻzbek millati oʻz qiyofasini saqlab qola bildi.
Sobiq sho‘rolar davridagi ta’lim tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u darvlarda hatto O‘zbekistonning o‘zining milliy ta’lim tizimi joriy etilmagani ayanchli holatdir. Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukmron mafkura manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. Aytaylik, aksariyat fanlar o‘quv dasturiga kiritilmagan. Birgina O‘zbekiston tarixi fanini oladigan bo‘lsak, ushbu fan xolis o‘rganilmas, o‘quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini o‘rganishga bag‘ishlanar edi. O‘quvchilar ongi Vatanimiz tarixining noto‘g‘ri talqin qilingan hodisalari bilan to‘ldirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat toptalar, asl o‘zbek olimlarini va buyuk davlat arboblari, sarkardalari hayot va ijod yo‘llari qoralangan. Bunga misol Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bahouddin Naqshband, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va hokazolarni keltirish mumkin.
Sobiq Sho`ro tuzumi davrida pedagogika fani butunlay boshqacha negizda shakllantirildi. Bu sobiq sovet pedagogikasining ajralmas qismi edi. Rus pedagogikasidan rus olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o`zbek pedagogikasi markscha - lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi.
Oktabr tuntarishidan so`ng 3 ta xonlik o`rniga yangi yo`nalishdagi mafkuraga asoslangan Turkiston Muxtor Jumhuriyati, Buxoro va Xiva Xalq Respublikalari tashkil topdi.
Maktablardagi o`quv - tarbiya ishlari mazmuni tuzum maqsadi asosida o`zgardi. Din va Qur’oni Karimga e’tibor umuman taqiqlandi. 1918 - 20 yillarda yangi siyosat asosida o`quv reja va dasturlari tuzildi, dars va tadbirlar shu asosida o`tkazildi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslarida esa rus yozuvchilarini o`rgatishga e’tibor qaratildi. Aniq fanlarni o`qitish miqyosi kengaydi. Ijtimoiy fanlarni o`qitishda ham o`zgarishlar bo`ldi.
Avvalo milliy maktablarda o`qituvchilar yetishmasligi ko`zga tashlandi. 1918 yil 20 yanvardagi sobiq RSFSR XKS ning "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to`grisida"gi dekreti asosida turli mullalar, ziyoli din ahllarining maktablarda dars berishlariga yo`l quyilmadi.
Hukumatning xalq maorifi sohasidagi yangi siyosatiga javoban ulkada juda ko`plab maktablar ochilib, o`quvchilar soni ancha oshgan. 1918 yili Toshkentda o`lka maorif xodimlarining se’zdi ochilib, xalq maorifini qayta qurish bo`yicha tadbirlar belgilangan. "Mehnat maktablari" deb atalgan maktablar ochildi. Yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. 1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablarning soni 330 taga yetdi.
1919 - 20 o`quv yili boshida Farg`ona viloyatida 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta maktab ishladi.
Qizlar maktablari ochila boshladi. 1917 yili Beshyog`ochning Zevak mahallasida Bashorat Jalilova maktab ochib, 22 ta o`zbek qizini o`qitadi. Keyin bunday maktablar soni ko`payib boradi.