Mavzu: Xalq pedagogikasi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə4/4
tarix18.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#145206
1   2   3   4
Milliy tarbiya ( Xalq pedagogikasi)

“Mustaqillik”

  • Yurtimiz azal-azaldan ilm o‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan beri deb e’tirof etib kelingan. O‘rta asrlardan, xalqimiz ta’lim sohasida yuksak marralarga erishgan bo‘lib, jahon sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa qo‘shishgan. Misol tariqasida, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ko‘plab o‘quv maskanlari bo‘lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib chiqqan. Xusasan, Xorazm Ma’mun akademiyasi ham shu davrdagi yirik tadqiqot markazlaridan biri hisoblangan. Algebra fani bobakalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan atalganligi, bu azal-azaldan bizning qonimizda yaratuvchanlik, o‘qishga bo‘lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari, yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o‘sha olis XI asrda tibbiy jarrohlik operatsiyasiyalarini amalga oshirgani bilan dunyoga mashhur. Uning “Tib qonunlari” asari Yevropada “Injil” kitobidan keyin eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biri bo‘lib, 500 yil davomida dunyoning ko‘plab nufuzli oliy o‘quv yurtlarida barcha talabalar uchun darslik sifatida o‘rganib kelingan. Buyuk mutafakkir Al-Farg‘oniy astronomiya fanida birinchi bo‘lib, geliosetrik nazariyani asoschisi bo‘lgan ya’ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini aniq hisob — kitoblar bilan isbotlab bergan. XV asrdayoq Samarqandda Mirzo Ulug‘bek observatoriya barpo etib, yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar joylashuvini shu qadar aniq hisoblanganki, hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni atiga bir necha daqiqalarga farq qilishini isbotlagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizning ota-bobolarimiz jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan.
  • Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim-tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’naviyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi. Ta’lim tizimini har tamonlama, shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi, dunyo qarashi, bilim saviyasini o‘zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo‘lmasdi. (Manba: m.mfa.uz)
  • Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashni shakillantirish maqsadida, ta’lim va tarbiyaga juda katta e’tibor qaratganlar. Jumladan u: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish boshlanadi”. (O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. T. 1996y, 82-bet)
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil, 11-martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashitirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoniga asosan, mamlakatimizda mavjud oliy o‘quv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish tizmiga katta o‘zgarishlar kiritildi. Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 19 taga yetkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi (DTM) asosiy vazifasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish hisoblanadi.
  • Eng samarali investitsiya — bu ta’limga qilingan investitsiyadir. Chunki jamiyat taraqqiyotini, uning ertangi kunini yetuk malakali kadrlar belgilab beradi. Ta’lim tizimini takomillashtirish — ularning bilimini oshirish, sifat darajasini ko‘tarishdir.
  • Yurtimizda uzluksiz va uzviylik tamoyillariga tayangan ta’lim tizimi yaratilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatda ma’naviy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, davlatimizning ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida ta’lim sohasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin