Bunday sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish masalalari, ayniqsa Xalqaro valyuta-kredit, milliy va xorijiy valyutalar ayirboshlanishi bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko'pchilik omillar ta'sirida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari murakkablashib bordi va zamonaviy sharoitda o'zining o'ta barqarorsizligi bilan xususiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valyuta bozori, undagi valyuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu sababli xorijiy valyutalar bilan bog’liq jahon tajribasini o'rganish O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanib borayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublika Prezidenti va Hukumatining diqqat e'tiborida bo'ldi. Dastlab O’zbekiston Respublikasi milliy pul birligi "so'm"ni muomalaga kiritish va hozirgi kun orasidagi davr mobaynida respublikada valyuta tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bog’liq bir talay ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valyuta birjasi shakllandi va u valyutalar oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalarni muvafaqqiyatli amalga oshirib bormoqda. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuvi, Xalqaro Valyuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a'zo bo'lib kirishi jahonning valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar hamda oltin bozorlarida o'zini tutishning umumqabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi. "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari" kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari o'rganiladi.