1) mablag’larning xo’jalikdagi doiraviy aylanishi bilan bog’liq;

2) mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishning xususiyatlari bilan bog’liq;
3) tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatlaridagi farqlar bilan bog’liq;
4) ishlab chiqarishni kengaytirishga mo’ljallangan yirik kapital qo’yilmalarini amalga oshirilish zarurati bilan bog’liq.
Xalqaro kreditning tamoyillari. Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish bilan aloqasi uning tamoyillarida aks etadi:
1) qaytarishliligi; agarda olingan mablag’lar qaytarilmayotgan bo’lsa, unda ushbu holat kapitalni qaytarmaslik sharti bilan berilishiga, ya'ni moliyalashtirishga aloqadordir;
2) muddatlilik; kredit kelishuvida belgilangan muddatlarda kredit qaytarilishini ta'minlaydi;
3) to’lovlilik; qiymat qonuni harakatini aks ettirgan holda kreditning har bir holatidagi alohida shartlarni amalga oshirish usulidir;
4) moddiy ta'minlanganligi; kredit so’ndirilishining kafolatida o’z aksini topadi;
5) maqsadli yo’nalishi; ssudaning aniq bir ob’yektlarini belgilanishi
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar fuqarolari bo’lmish yuridik hamda jismoniy shaxslarning pul shaklidagi talablari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Xalqaro hisobkitoblarning xususiyatli tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va to’lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha davlatlarda qabul qilinishi lozim bo’lgan jahon kredit pullari mavjud emas. Shu bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to’lov vositasi sifatida uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to’lovlardagi muhim shartlardan biri bo’lib to’lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga ayirboshlanishi hisoblanadi. Jahon valyuta, kredit, moliya va sug’urta bozorlari shartnomaning ob’yekti pul kapitali hisoblangan bozor munosabatlarining o’ziga hos jarayoni bo’lib hisoblanadi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida shakllangan. Amal qilish nuqtai nazaridan ushbu bozorlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va rentabelligini ta'minlash maqsadida jahon miqyosidagi moliyaviy oqimlarning to’planuvi hamda ularning qayta taqsimotini ta'minlovchi bozor munosabatlarining tizimi bo’lib xizmat qiladi. Institutsional nuqtai nazardan esa jahon moliyaviy oqimlari ular orqali amalga oshadigan banklar, ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlari hamda fond birjalari yig’indisidan iboratdir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob’yektiv asosi bo’lib amaldagi kapitalning doiraviy aylanish qonuniyatlari hisoblanadi. Jahon bozorining ayrim uchastkalarida vaqtincha bo’sh bo’lgan kapitallar paydo bo’lsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo bo’ladi. Kapitalning harakatsizligi uning tabiati va bozor qonuniyatlariga ziddir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari ushbu qarama-qarshilikni umumjahon xo’jaligi miqyosida hal etadilar. Vaqtincha bo’sh bo’lgan pul kapitallari bozor mexanizmi yordamida takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va tadbirkorlarga foydani ta'minlagan holda kapital doiraviy aylanishi jarayoniga yana jalb etiladi. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bo’lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlariga quyidagilar xosdir:

- nihoyatda katta masshtablar. Ayrim baholarga qaraganda jahonning valyuta va moliyaviy bozorlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi hajmidan 50 marotaba ko’pdir;

- geografik chegaralarning yo’qligi;
- operatsiyalarning uzluksiz, sutka davomida olib borilishi;
- yetakchi davlatlarning valyutalari hamda xalqaro hisob-valyuta birliklaridan foydalanishi;
- ishtirokchilari bo’lib asosan nufuzli banklar, korporatsiyalar hamda yuqori reytingga ega moliya-kredit institutlari hisoblanadi;
- ushbu bozorlarga nihoyatda ishonchli yoki salmoqli kafolatga ega mijozlar chiqish huquqiga ega;
- moliyaviy xizmatlar jarayonidagi inqilobiy sharoitlarda bozor segmentlari va shartnoma instrumentlarining diversifikatsiyasi;
- o’ziga hos, xalqaro tusdagi foiz stavkalari;
- EHMning eng yangilaridan foydalanish zaminida qog’ozsiz operatsiyalarni standartlashtirish hamda axborot texnologiyalarining yuqori darajasi.
Yuqorida zikr etilgan omillar xalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi milliy bozorlar doirasini cheklaydi. Raqobat kurashi natijasida N'yu-York, London, Lyuksemburg, Frankfurt-Mayn, Singapur va boshqa shu kabi jahon moliyaviy markazlari shakllandi.
Spot" kurslar erkin suzadigan yoki qat’iy belgilangan bo’lishi mumkin. Ular milliy valyutani mamlakat tashqarisida shartnomani amalga oshirish paytiga sotib olish qobiliyatini ko’rsatadi.