Mavzu: Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi mundarija kirish i-bob valyuta va valyuta haqida tushuncha


jadval Milliy va jahon valyuta tizimining asosiy elementlari



Yüklə 376,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix01.08.2023
ölçüsü376,35 Kb.
#138318
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi

jadval
Milliy va jahon valyuta tizimining asosiy elementlari 
Milliy valyuta tizimi
Jahon valyuta tizimi
Milliy valyuta
Milliy valyutani konvertirlanish shartlari
Milliy valyuta pariteti
Milliy valyuta kursining tartibi
Valyutaviy chegaraning va 
nazoratning bor yukligi
Mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini 
tartibga solish
Xalqaro kredit ayriboshlash 
vositalaridan foydalanishni tartibga 
solish
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini 
tartibga keltirish


13 
Milliy valyuta bozori va oltin 
bozorining tartibi
Mamlakatni valyuta munosabatlarini 
boshqaruvchi va tartibga soluvchi milliy 
organlar
Xalqaro valyuta hisob-kitob 
birliklari valyuta zahirasi
Valyutalarni o‘zaro konvertirlanish 
shartlari
Valyuta paritetini birxillashtirish 
tartibi
Valyuta kursining tarribining 
reglamentatsiyasi
Valyutaviy chegaralarning 
davlatlararo tartibga solish
Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo 
tartibga solish
Xalqaro kredit ayriboshlash 
vositalaridan foydalanish 
qoidalarini yaxlitlashtirish
Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy 
shakllarini yaxlitlashtirish
Jahon valyuta bozori va oltin 
bozorining tartibi
Davlatlararo valyutaviy tartibga solishni 
amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar
Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko‘p yoqlama shartnoma va aktlar, jahon 
valyuta 
tizimining 
huquqiy 
asosini 
tashkil 
etadi.
Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun to‘lovlarni, 
tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro 
hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, 
xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar o‘rtasidagi 
munosabatlarda 
qulay 
muhitni 
yaratishdan 
iborat.


14 
Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan 
boshqasiga ko‘chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy 
iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni 
(masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga “ko`chib o‘tishi” 
mumkin.
Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida 
mexanizmlariga ega va jahon xo‘jaligining global maqsadlarini ko‘zlasada, u 
milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas bog‘langan.
Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy shakli 
bo‘lib, 

davlatlararo 
shartnomalar 
orqali 
mustahkamlangan.
Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida, quyidagi moliyaviy 
operatsiyalar amalga oshiriladi:

Valyuta konvertirlanishi - milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish;

Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari. Bu valyuta 
dilingi deyiladi.
Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi naqd pulsiz holda amalga oshiriladi. 
Bir bankdan boshqasiga pul o‘tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali amalga 
oshiriladi. Banklararo amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz Siznikida) 
hisobvaraqlari mavjud.
Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta mablag‘larini jalb 
qilish va joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalari.
Bu operatsiyalar - o‘zaro kreditlash, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish, 
kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog‘liq banklararo 
operatsiyalardir.

Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli 
shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko‘rsatish;

Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar, ikkilamchi 
moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida, moliya 


15 
bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu operatsiyalarning barchasi 
investitsiya maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik yoki xejerlash 
(sug‘urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni o‘z 
nomidan yoki mijoz topshirigiga ko‘ra amalga oshiradilar;

Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
operatsiyalar;

Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to‘lovi, aliment, hadyalar, 
sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va h.k.) amalga oshirish.
Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt 
jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan 
(axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan 
tavsiflanadi.
Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o‘ziga xos jihatlari 
quyidagilardan iborat:

valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin o‘zgarishi 
bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi;

bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki 
Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa 
tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va 
davlat qarzdorligi o‘sishi siyosatidan kafolatlovchi ma‘lum xalqaro tartibga 
solish instrumentlarini yaratish.
Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim o‘zgarib, 
rivojlanib turadi. Bu o‘zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon xo‘jaligini 
rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab chiqarish va 
bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga solish 
mexanizmlarining doimiy o‘zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, valyuta 
tizimining 
evolyutsiyasi 
bilan 
qanchalik 
mos 
tushishiga 
bog‘liq.
Xalqaro valyuta tizimlarining ma‘lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, 


16 
xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar nisbatiga, 
yetakchi 
mamlakatlarning 
manfaatlariga 
qarab 
belgilanmoqda.
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. Parij jahon valyuta tizimi (1867-
1914y.) Pulning xalqaro almashuvi, xuddi pulning o‘zi singari qadimiy bo‘lsada, 
hozirgi shaklda valyuta bitimlarining paydo bo‘lishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. 
Birinchi jahon valyuta tizimi - 1865 yilda to‘rtta G‘arbiy Yevropa mamlakatlari 
tomonidan tashkil etilgan va «Oltin andozasi» asosida faoliyat yuritgan - Lotin 
tanga ittifoqi hisoblanadi. Mazkur valyuta tizimi, rasmiy ravishda 1867 yilda Parij 
konferentsiyasida tan olindi va dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan 
maxsus xalqaro shartnomaga imzo chekildi. Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga 
ya‘ni, oltinni etalon (mezon) metall sifatida qabul qilishga asoslangan milliy pul 
tizimlarini birlashtirdi. Shuning uchun ham Parij valyuta tizimi «Oltin tanga 
andozasi» deb yuritila boshlandi. Bunga muvofiq, jahon puli oltin tangalar va 
oltinga 
konvertirlanadigan 
pullardan 
tashkil 
topgan 
edi.
Oltin andoza tartibi bosqichma-bosqich uch shaklni boshdan kechirdi. 1914 
yilgacha oltin tanga bosqichi, 1922 yildan 1929 yilgacha oltin qo‘yilma andozasini, 
1944 yildan 1971 yilgacha oltin deviz andozasi. Oltin tanga andozasi davrida 
zarbxonalar oltin qo‘yilmalardan oltin tangalar ishlab chiqarish huquqiga ega 
edilar. Bu erkin tarzda va deyarli tekin amalga oshirilgan, shuning uchun ham, bu 
tangalar pul massasining asosini tashkil qilgan. Qog‘oz pullar xuddi oltin tangalar 
qatori muomalada bo‘lgan va ular oltinga to‘la konvertirlangan. Oltin bilan 
konvertirlanganlik doimo ta‘minlanishi uchun, qog‘oz pullar emissiyasi 
chegaralangan. Yangi tizimning dunyo bo‘ylab keng tarqalishi bilan, unga bo‘lgan 
ishonch ortdi. Bu amalda, xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov vositasida oltin va 
boshqa shu kabi qimmatbaho metallarni olish yoki berish o‘rniga, xorijiy schetni 
debitlash yoki kreditlash orqali to‘lovni amalga oshirishga olib keldi. Valyuta 
dilerlari qo‘lida telegraf, telefon, teletayp kabi vositalarning paydo bo‘lishi, 
xalqaro valyuta savdosini professional darajada yuritishga imkoniyat berdi.
Parij valyuta tizimi birinchi jahon urushigacha amalda bo‘ldi. Uning asosiy 
xususiyati, paritetlari oltinga nisbatan o‘rnatiladigan, belgilangan valyuta 


17 
stavkalarida edi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan bo‘lib, «valyutaning oltin 
pariteti» yoki «valyutaning oltin tarkibi» deb nom oldi. Oltin tanga andozasi 
davrida, oltin hisobiga ikkiyoqlama funktsiya amalga oshirilgan. Mazkur 
funktsiyalar: xalqaro hisob-kitoblarda tan olingan to‘lov vositasi sifatida hamda bir 
vaqtning o‘zida, ichki bozorda yagona qabul qilingan almashuv va to‘lov vositasi 
edi.
Oltin ushbu funktsiyalarni ta‘minlashi uchun, quyidagi shartlar bajarilishi shart 
bo‘lgan:

Markaziy bank oltinni, belgilangan kurs bo‘yicha, chegaralangan miqdorda 
sotishni va sotib olishni kafolatlashi.

Oltin egasiga, davlat zarbxonasida tayyorlangan oltinni tanga va quyma 
shaklida har qanday miqdorda saqlashi. Oltin zahiralarni saqlash jarayoni 
esa, tezavratsiya degan nom olgan.

Oltinning import va eksporti chegaralanmaganligi.
Ushbu shartlarning bajarilishi, tangani metall qiymati va nominali har doim bir 
xilda bo‘lishi ta‘minlangan. O‘z-o‘zidan, oltin tanga andozasi sharoitida, likvidlilik 
- sanoat maqsadlari uchun zarur bo‘lgan oltinni ishlab chiqarish tezligi va oltinning 
miqdori 
bilan 
aniqlangan.
Barcha valyutalar va oltin o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlik, xalqaro hisobkitoblarni 
amalga 
oshirishda, 
ma‘lum 
ta‘sirini 
o‘tkazdi.
Oltin andozasining avtomatik faoliyati deb ataladigan jarayon quyidagicha amalga 
oshdi: to‘lov balansida taqchillik mavjud mamlakat, ma‘lum miqdordagi oltinni 
chet elga olib chiqishi shart bo‘lgan. Bu muomaladagi pul massasini kamaytirib, 
deflyatsiyaga olib kelgan (deflyatsiya -muomaladagi pul massasi o‘sishini 
chegaralash jarayoni, inflyatsiyaning teskarisi). Va aksincha, bir mamlakatdan 
ikkinchi mamlakatga oltinning olib kelinishi, ikkinchisida inflyatsiyani keltirib 
chiqargan. Shu yo‘l bilan hosil qilingan narxlar o‘rtasidagi farq, oltin olib chiqilgan 
mamlakat uchun foydali hisoblangan. Eksportni kengaytirish, importni qisqartirish 
orqali, 
bunday 
mamlakat 
to‘lov 
balansini 
yaxshilagan.


18 
Shuningdek, tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo‘lgan mamlakatda 
hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo‘lgan mamlakatda 
hisob stavkasini tushirish qo‘llanilgan. Yuqoridagilar natijasida yuzaga keladigan 
kapital ko‘chishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lov holati balanslanishiga yordam 
bergan.
Oltin andozasi sharotida, birja almashuv kurslari juda tor chegarada +1%ga 
tebranishi mumkin edi. Bu holat yuqori va quyi «oltin nuqtalari», deb nom oldi. 
Rasmiy paritetdan bunday og‘ishishni, oltin oldi-sotdisi paytida fraxt va sug‘urta 
bilan bog‘liq xarajatlarning kelib chiqishi, tashiladigan oltin qiymatining +l%ini 
tashkil etganligi bilan tushuntirish mumkin. Agar, ma‘lum valyutaning almashuv 
kursi, o‘z paritetidan yuqori bo‘lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan, oltinni tashib 
keltirish arzon hisoblangan. Debitor o‘z pulini oltinga almashtirib, qarz to‘lagan. 
Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin bilan to‘lanishini 
talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning aralashuvidan xolis 
tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining tebranishi sezilarsiz 
bo‘lganligidan, valyuta riski past edi. Mazkur tizim 1914 yilgacha amalda bo‘ldi. 
Birinchi Jahon urushi yillarida yuzaga chiqqan iqtisodiyot uchun yirik hajmdagi 
zaruriy mablag‘lar, faqatgina qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan qondirilishi 
mumkin edi. Ichki bozorga salbiy ta‘sirini inobatga olib, ko‘pgina mamlakatlar 
oltin andozasiga asoslangan qoidalarni bekor qiluvchi chora-tadbirlarni qo‘lladilar. 
Bu esa, Parij Jahon valyuta tizimini amalda parokandalikka olib keldi.
Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y). Ikkinchi jahon valyuta tizimi 1922 
yilda o‘tkazilgan xalqaro Genuya konferentsiyasi qarorining natijasi edi. Bu tizim - 
oltin andozasiga taalluqli bo‘lib, uning yangi ko‘rinishi «oltin qo‘yilma andozasi» 
hisoblanadi. Oltin qo‘yilma andozasi amal qilgan sharoitda, muomaladagi pullar 
yoki qisman, yoki to‘liq qog‘oz pullar edi. Huquqiy jihatdan, mazkur qog‘oz 
pullarni hohlagan paytda emission bankdan oltinga almashtirish mumkin bo‘lgan. 
Amalda esa, ushbu pullarning ma‘lum qismini shu yo‘l bilan almashtirish mumkin 
bo‘lgan. Emission bank, albatta, pulni to‘liq ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan oltinni 
saqlashi shart emas edi. Belgilangan ta‘minot (oltin) qanchalik oz bo‘lsa, 


19 
davlatning qo‘shimcha qog‘oz pullarni chiqarish imkoniyati shunchalik ko‘p 
bo‘lgan. Shu sababli, muomaladagi qog‘oz pul miqdori saqlanadigan metall pul 
miqdoridan yuqori bo‘lgan. Oltinga almashinadigan valyutalar sifatida dollar, 
frantsuz 
franki 
va 
funt 
sterling 
tanlandi.
Genuya valyuta tizimi atigi 1929 yilgacha amalda bo‘ldi. Ushbu tizimning 
parokandalikka uchrashiga asosiy sabab, urushdan keyingi inflyatsiya ta‘sirida 
valyuta pariteti norealligining o‘sib borishi bo‘ldi. Aksariyat mamlakatlarda 
inflyatsiya sur‘atlarining turli darajada bo‘lishi, xalqaro narxlarga bog‘liqlikda 
nomutanosiblikning kuchayishiga olib keldi. Masalan, 1925 yilda funt sterling 
dollarga nisbatan 44 foizdan past bo‘lmagan baholanishga ega bo‘lgan. Ko‘pgina 
mamlakatlarda, iqtisodiyotning ichki va tashqi sohalarida dollar orqali 
muvofiqlashtirish sezilarli darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi. Bitta 
valyutaning almashinuv kursining pasayishi, boshqalarining ham qayta 
baholanishiga olib keldi. Oldingi paritetni tiklash maqsadida, almashuv kursi 
ko‘tarilgan mamlakatlarda ham inflyatsiya yuz berdi. Natijada, yuzaga kelgan 
devalvatsiya 
barcha 
asosiy 
valyutalarga 
ta‘sir 
etdi.
Ikki jahon urushi oralig‘ida xalqaro pul tizimi barqarorligini buzilishiga sabab 
bo‘lgan omillar, faqatgina inflyatsiya va devalvatsiya emas edi. 1931 yildan 
boshlab, butun jahon iqtisodiyotini falaj ahvolga solib qo‘ygan inqiroz tufayli, 
valyuta nazorati joriy qilindi. Asosiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq, joriy 
to‘lovlarni amalga oshirishga yetarli xorijiy valyuta zahirasini ta‘minlash, nazorat 
qilishning 
asosiy 
vazifasi 
edi.
Buning uchun, hukumatlar xorijiy valyutaning importi va eksporti ustidan 
nazoratni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keldi. Haqiqatda, tizim uchta valyuta 
blokiga ajraldi: dollar, funt streng va frank hududli. Bular Ikkinchi jahon 
urushigacha amal qildi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, frank hududi, Afrikaning 
frantsuz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarida evro muomalaga chiqqunga qadar 
faoliyat 
yuritdi.
Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.). 1943 yilga kelib, AQSH hamda 
Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo qilish uchun dastlabki 


20 
qadamlarni qo‘ydi. 1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo‘lib o‘tgan 
konferentsiyada, AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o‘tish 
tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtning o‘zida, yangi xalqaro valyutani tartibga 
solish tizimi faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni 
tashkil 
etish 
to‘g‘risida 
qaror 
qabul 
qilindi.
Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:

barqaror almashuv kurslariga ega bo‘lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil 
etish;

qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning 
konvertirlanishiga erishish.
Brettonvud tizimining asosiy tomonlari quyidagi tamoyillarni o‘z ichiga oladi:

mamlakatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda oltin o‘zining oxirgi pul 
funktsiyasini saqlab qoldi;

Amerika dollari zahira valyuta sifatida qabul qilindi. U oltinga 
tenglashtirilib, boshqa mamlakatlarning valyuta qiymatini o‘lchash hamda 
xalqaro kredit to‘lovi vositasi sifatida qabul qilindi;

boshqa mamlakatlarning Markaziy banklari va hukumatlari dollarni, AQSH 
xazinachiligidan 1 troya untsiyasi (31,1 g.) uchun 35 doll, kurs bo‘yicha 
almashishi mumkin edi. Bundan tashqari, hukumat organlari va xususiy 
shaxslar oltinni xususiy bozorlardan xarid qilishlari mumkin edi. Oltinning 
valyuta bahosi rasmiy kurs asosida belgilanib, u 1968 yilgacha sezilarli 
darajada tebranmagan;

valyutalarning bir-biriga tenglashtirilishi va ularni o‘zaro almashtirish, oltin 
va dollarda ifodalanadigan rasmiy valyuta paritetlarida amalga oshirilgan;

barcha mamlakatlar har qanday olingan boshqa mamlakat valyutasiga 
nisbatan, o‘z valyuta kursi barqarorligini saqlashi shart edi. Valyutaning 
bozor kursi, oltin yoki dollarda belgilangan paritetdan 1 foizdan ortiq u yoki 
bu tomonga og‘ishi mumkin emas edi. Paritetlarning o‘zgarishi, to‘lov 


21 
balansidagi buzilishlar barqaror tus olsagina, mumkin hisoblanardi. 
Dollardan foydalanish ko‘lamining ommaviy tus olishi bilan, oltindan 
foydalanish hajmi keskin pasaydi;

valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish, asosan, XVF tomonidan 
amalga oshiriladigan bo‘ldi.
O‘tgan asrning 60-yillariga kelib Brettonvud tizimi, o‘sib kelayotgan jahon 
xo‘jaligining 
baynalmilallashuvi, 
TMKlarning 
valyuta 
sohasidagi 
chayqovchiligining 
boshlanishiga 
qarshilik 
qilardi.
Oltin tartibidagi dollar andozasi tizimi, amalda asta-sekin dollar andozasi tizimiga 
aylanib bordi. O‘tgan asrning 60-yillariga kelib, AQSH iqtisodiyotidagi orqaga 
siljish, va asosan, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya iqtisodiy qudratining o‘sishi 
natijasida dollarning qadri sezilarli darajada tushdi. AQSHdan tashqarida bo‘lgan 
dollar zahiralari yirik evrodollar bozorini tashkil qildi. To‘lov balansidagi yirik 
taqchillik, 1 untsiya uchun dollar narxini 35 dollarga oshishiga olib keldi.
Valyuta tizimining larzaga kelishiga, shuningdek, turli mamlakatlarda turlicha 
iqtisodiy o‘sish yuz berganligi ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. 1961 yil martida yuzaga 
kelgan sezilarli darajadagi ijobiy to‘lov balansi natijasida, nemis markasi va 
golland 
guldenining 
revalvatsiyasi 
yuz 
berdi.
Bir paytning o‘zida, 1963 yildan boshlab, funt sterling qattiq bosim ostida qoldi. 
Ko‘rsatilgan barcha yordamlarga qaramasdan, uch yillik inqiroz davrida, 1967 
yilga kelib, funt sterling pariteti 2,80 dan 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. 
Buning natijasida oltinga bo‘lgan talab ortdi. Bularning barchasi oltinning 
kamayishiga olib keldi. Markaziy banklarni 1968 yilda oltin puli (ingl. )dan voz 
kechishga va oltin bozorining amerika sektoriga jamlanishiga olib keldi.
1960 yillarga kelib, AQSH to‘lov balansidagi taqchillik, oltin zahirasini 18 mlrd. 
dollarga, 1970 yillarda esa, 11 mlrd. dollarga kamaytirdi. Bir vaqtning o‘zida, 
AQSHga nisbatan xorijiy kreditorlarning talabi ancha o‘sib, 1970 yilda u AQSH 
ixtiyoridagi oltin zahiralaridan ikki marotaba ko‘p edi. 1971 yilning iyuniga kelib 
AQSH dollarni oltinga rasmiy bahoda almashtirishdan bir tomonlama bosh tortdi. 


22 
Bu 
Brettonvud 
tizimining 
amalda 
bekor 
bo‘lishini 
bildirardi.
Yamayka jahon valyuta tizimi (1976y.-hozirgi paytgacha). 1976 yili Kingstonda 
(Yamayka) bo‘lib o‘tgan XVFning navbatdagi yig‘ilishida yangi valyuta tizimiga 
asos solindi. Yamayka bitimining yo‘riqlari asosida, xalqaro valyuta mexanizmini 
tashkil etish tamoyillarini quyidagicha keltirish mumkin: oltinning qiymatni 
o‘lchash sifatida va valyuta kurslarini hisoblash vositasi sifatidagi tangar 
funktsiyasi 
bekor 
qilindi.
Oltin erkin narx belgilanadigan oddiy tovarga aylandi. Bir vaqtning o‘zida u, 
yuqori likvidli aktiv sifatida maxsus tovar bo‘lib qolaveradi. Kerak bo‘lib 
qolganda, oltin sotiladi va undan olingan valyuta tushumidan to‘lov uchun 
foydalaniladi.
Muomalaga SDR andozasi (Special drawing rights - SDR) - «maxsus qarzdorlik 
huquqi» kiritildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, ushbu valyutalarni asosiy zahira 
avuari qilib, boshqa zahira valyutalarni, birinchi navbatda, AQSH dollari rolini 
pasaytirish 
edi.
Mamlakatlarga valyuta kursi tartibini tanlash huquqi berildi. Mamlakatlar o‘rtasida 
amaldagi valyuta munosabatlari, ular milliy pul birliklarining suzib yuruvchi 
kursiga asoslana boshladi. Kurslarning tebranishiga, asosan, ikkita omil ta‘sir 
ko‘rsatar 
edi:
a) valyutaning mamlakat ichki bozoridagi xarid quvvati, real qiymat nisbatlari
b) 
xalqaro 
bozorlarda, 
milliy 
pulga 
bo‘lgan 
talab 
va 
taklif.
O‘tgan asrning 90-yillariga kelib, suzib yuruvchi kurs omillarini tadbiq etish 
natijasida, xalqaro valyuta tizimini tashkil etishning quyidagi elementlariga 
asoslangan murakkab chizmasi paydo bo‘ldi;

munosabatlarni saqlash kerak bo‘lgan alohida milliy valyutalar, asosiy 
tayanch birliklar sifatida tanlanadi, aniqrogi, o‘z valyuta kursini boshqa 
valyutaga bog‘lash;

valyuta kurslarining tebranish darajasi bir xil emas, shuningdek, tebranish 
oralig‘i keng.


23 
Bunda, valyuta kursi, ayrim valyutalarga nisbatan ma‘lum oraliqda ushlab turiladi
boshqa valyutalarga nisbatan esa, erkin almashiladi. Boshqacha so‘z bilan 
aytganda, milliy valyuta pariteti, asosan, SDRga nisbatan ushlab turiladi. Amalda 
mamlaqatlaming valyuta tartibini e‘lon qilishlari turlichadir.
1988 yilda 58 mamlakat o‘z valyuta kursini, bitta asosiy hamkor mamlakat 
valyutasiga nisbatan o‘rnatishi haqida qaror qabul qilindi: amerika dollariga (39 
mamlakat), frantsuz frankiga (14 frank hududi mamlakatlari) va boshqa 
valyutalarga (5 ta mamlakat).
Yamayka bitimiga asosan, jamoa zahira valyuta birligi sifatida SDR tan olindi.
SDRning qiymati dastlab, oltinga ko‘ra belgilangan (SDR=0,888671 sof oltin) 
bo‘lsa, 1974 yil 1 iyundan boshlab, SDR kursi «valyuta savati»ga nisbatan 
aniqlana boshlandi.
SDR bo‘yicha depozitlar foiz keltiradi. Agar XVFda SDRdagi avuarlar 
assignovaniyadan ortiqcha bo‘lsa, mamlakat foiz oladi, aksincha, SDRdagi 
avuarlar assignovaniyadan kam bo‘lsa, foiz to‘laydi. U, a‘zo mamlakatlarga 
XVFda ajratilgan kvotalar asosida XVFdagi maxsus hisobvaraqlarda olib boriladi. 
Ushbu kvotalar, to‘lov balansidagi taqchillikni moliyalashtirish uchun, zaruriy 
valyutani sotib olishga ishlatiladi. Ammo, SDRning xalqaro hisob-kitoblardagi 
ulushi 6 foizga yaqin. Ko‘pchilik iqtisodchilarning fikricha, SDRga zahira 
valyutasi sifatida emas, balki ko‘proq darajada kredit sifatida qarash kerak. Lekin, 
SDR ham zahira, ham kredit valyutasi hisoblanadi.
Shunday qilib, jahon valyuta tizimining uchta ko‘rinishi amal qilgan va oldinma 
keyin bir-birini o‘rnini almashtirgan. Ulardan birinchisi - «oltin tanga andozasi» 
tizimi - qonuniy jihatdan asosiy pul shakli rolini bajaruvchi oltinga asoslangan. 
Milliy birliklarning kursi oltinga qattiq bog‘langan bo‘lib, valyutalar bir-biriga 
oltin bilan ta‘minlanganligi orqali, qattiq kurs bo‘yicha taqqoslangan. Valyuta 
kurslarining e‘lon qilingan nisbatlardan og‘ishi + 1% dan ortmagan va «oltin 
nuqtalar» chegarasida bo‘lgan.
Ikkinchi tizim - bu «oltin deviz andozasi» (Brettonvud valyuta tizimi) bo‘lib, u 
AQSH dollariga nisbatan valyutaning qattiq kursini o‘rnatish (og‘ishishlar 


24 
chegarasi +1% oraliqda) orqali amal qilgan. AQSH dollarining kursi oltinga 
nisbatan qattiq o‘rnatilib, dollar shu kurs bo‘yicha oltinga konvertirlangan.
Tizimning o‘zi esa, «oltin deviz andozasi» degan nom oldi. Genuya tizimini, oltin 
tanga va oltin deviz andozalari o‘rtasidagi oraliq tizim deyish mumkin.
Uchinchi jahon valyuta tizimi - Yamayka valyuta tizimi, suzib yuruvchi, almashuv 
kurslariga asoslangan bo‘lib, «ko‘p valyutali andoza», yoki boshqacha - SDR 
andozasi deb nomlanadi. Mamlakat belgilangan, suzib yuruvchi yoki aralash 
valyuta kurslarini tanlashi mumkin. Bu, shuningdek, valyuta inqirozlarini keltirib 
chiqarish xususiyatiga ham ega.


25 

Yüklə 376,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin