Go’sht va parranda hamda baliq mahsulotlaridan parhez taom tayyorlash Sovuq parhez taomlari. 1-son parhezda dasturxoni uchun sovuq taom va gazaklar turi ma’lum darajada cheklangan. Bunda baliqning donador yoki tuzlangan qora uldururlari ko‘p berilmaydi, seld yog‘i, suzma pishlog‘i, qaynatib pishirib sovitilgan baliq (yog‘siz holdagisi), sabzavot pishirilgan tovada tayyorlangan jele asosida tayyorlangan go‘sht yoki baliq frikadel’kasi yog‘siz dudlangan cho‘chqa go‘shtini pishirib tayyorlangani, mol go‘shti marizini go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilgani, sababining asal bilan aralashtirilgani kuzda tutiladi. 2-son parhez dasturxoni uchun yog‘siz dudlangan cho‘chqa go‘shti, doktor kolbasasi, bo‘ktirib tuzi ketkazilgan seld, yog‘i, pishloqli yog‘, pishloq dudlangan baliq(yog‘siz), baliqning donadoryoki tuzlangan qora uldurugi, jigar pashteti, baqlajon ikrasi, nordonroq qaymoqli kuk salat, bilan aralashmasi, pomidor bilan sariyog‘ beriladi.
2-son parhez dasturxoni uchun har hil sovuq taom va gazaklar beriladi. Yangi yoki pishirilgan sabzavot salatlari, vinegretlar tayyorlashda pista moyi, zaytun moyi, nordonroq qaymoq ishlatiladi. bunday taomlarda tuzlangan bodring urniga nordon bo‘lmagai tuzlangan karam ishlatiladi. Ishlatiladigan sabzavotlar bug‘da pishiriladi. Pishirilgan baliq va go‘shtli taomlar sof holda yoki sardak bilan beriladi. Bular uchun jele sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlanadi. Tayyorlanadigan salatlarga limon sharbati yoki 2% li limon qo‘shiladi.
Sabzi olma bilan (2,5-son parxez dasturxoni). ishlovdan o‘tgan olma urug‘i, pardalaridan tozalanib somoncha shaklida to‘g‘ralib, ishlovdan utib somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzi va shakar, nordonroq qaymoq bilan aralashtiriladi. Sabzi 68, olma 28, nordonroq qaymoq, shakar 2. Sof og‘ir-100.
Lavlagi pishirilib, tozalanib, somoncha shaklida to‘g‘raladi yoki qirrichdan o‘tkaziladi va limon ishqori, nordonroq qaymoq, shakar qo‘shib aralashtiriladi. Likopchaga solib ustidan to‘g‘ralgan ukrop sepib beriladi,
Qora olxurili lavlagi salati (5- son parxez dasturxoni). Quritilgan qora olxuri saralab yuviladi, sovuq suvda buktirilib danagidan ajratiladi. Lavlagi tozalanib, mayda kubik yoki tilim tilim shaklida to‘g‘raladi. Oz suvda pishirilib, sovitiladi va qora olxo ‘ri bilan, o‘simlik yog‘i yoki nordonroq qaymoq qo‘shib aralashtiriladi. Salatni tayyorlashda bir oz shakar qo‘shilishi va tarqatishda ko‘kat bilan bezalishi ham mumkin.
Marinaddagi baliq frikadelkasi (5 son parxez dasturxoni). Baliq laxm go‘shti qiymalagichdan o‘tkazilib, suvda buktirilib, suyuqligi siqilgan qobiqsiz bulka non bilan aralashtirilib yana bir marta go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan kotlet massasini urib bo‘shashtiriladi, mayda sharchalarga bo‘lib bug‘da pishiriladi. Idishga frikadelka solinib, ustidan tomatli sabzavot marinadi qo‘yiladi va qaynatiladi. Uni sovitib, tarqatishda ustidan ko‘kat sepib beriladi.
Sardakli go‘sht pmshlog‘i (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Pishirilgan go‘sht go‘sht qiymalagichdan 3-4 marta o‘tkaziladi va sovuq quyuq sut sardagi, yumshatilgan sariyog‘, tuz qo‘shib ko‘pirarli darajada aralashtiriladi. Aralashmani bo‘laklarga bo‘lib mayba shakli beriladi, usti sariyog‘, sut sardagi aralashmasida bezalib, muzxonada qotiriladi.
1-son parxez dasturxoni uchun sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlangan ezilgan yorma suyuq oshlari (pyure suyuq oshi, shilimshiq suyuq oshi, kredo suyuq oshi), yorma makaron mahsulotlari, sabzavotli va sut suyuq oshlari, rezavormevadan ezib tayyorlangan shirin suyuq oshlar tayyorlanadi.
2-son parhez dasturhoni uchun yuqorida ko‘rsatilgan suyuq oshlardan tashqari yana qaynatmalarda tayyorlangan. 5-son parxez dasturxoni uchun suyuq oshlar piyozsiz vegitarian usulda (sabzavot qaynatilgan suvda) tayyorlanadi. Sabzavotlari dimlab pishiriladi. Bu suyuq oshlar turiga borshchlar, shchilar, sabzavotli, yormali suyuq oshlar kiradi. Yana har xil shirin, sutli suyuq oshlar tavsiya qilinadi. Yozda sovuq taomlardan okroshka, qizil lavlagili sho‘rva tortiladi.
Tovuq pyuresi bilan guruchdan tayyorlangan suyuq osh (1-son parxez dasturxoni). Pishirilgan laxm tovuq go‘shtni qiymalagichdan o‘tkaziladi. So‘ng elakdan elab o‘tkaziladi. Guruch saralanib, yuvilib, sezilarli darajada pishiriladi. Guruch elakda suzib olingandan so‘ng uning suviga ezilgan tovuq go‘shti bilan aralashtirilib qaynatiladi. Tarqatishda eritilgan sariyog‘ yoki lezon qo‘shib beriladi. Lezon tayyorlash uchun tuxumni suyuq qaynoq qaymoq yoki sut bilan yaxshi aralashtiriladi va suv bug‘ hammomiga quyib aralashtirilgan holda bir oz quyuqroq holga kelguncha turadi. So‘ng elakdan suzib o‘tkaziladi. Guruch 40, suv 600, tovuq120, capyog‘10, suyuqqaymoq 50, tu-1/2 dona. Sof orirligi 500g.
Borsh (2-5 son parhez dasturhoni) Ishlovdan o‘tgan sabzavotlar somoncha shaklida to‘g‘raladi vabir oz suvda dimlanadi. Sabzi va petrushka ildizi oz suvda qaynatilib, qizilchaga qo‘shib, saryog‘ qo‘shilgan olovda yumshoq holga kelguncha dimlanadi. Qaynab turgan suvga yoki sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlangan; karam solib bir oz qaynatiladi. So‘ng dimlangan sabzavot solinadi va15-20 daqiqa qaynagach, ustidan tozalanib to‘g‘ralgan pomidor, shakar, tuz, limon ishqori solinib 5-10 daqiqa qaynatib iste’molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda borshchga nordonroq ko‘kat qo‘shib beriladi.