Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə24/80
tarix16.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114060
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
мажмуа2022- 4 kurs

Parhez suyuq taomlari
1-son parhez dasturxoni uchun sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlangan ezilgan yorma suyuq oshlari (pyure suyuq oshi, shilimshiq suyuq oshi, krem suyuq oshi), yorma, makaron mahsulotli, sabzavotli (qovoq, sabzi) sut suyuq oshlari, rezavor-mevadan ezib tayyorlangan shirin suyuq oshlar tayyorlanadi.
2-son parhez dasturxoni uchun yuqorida ko'rsatilgan suyuq oshlardan tashqari yana qaynatmalarda tayyorlangan suyuq oshlar, shuningdek, sabzavotlari mayda to'g'rab qo'shilgan suyuq oshlar tavsiya etiladi. Bu parhez dasturxoniga tiniq qaynatmalarga har xil garnir solingan suyuq oshlar ham tortiladi.
5-son parhez dasturxoni uchun suyuq oshlar piyozsiz vegitarian usulda (sabzavot qaynatilgan suvda) tayyorlanadi. Sabzavotlari dimlab pishiriladi. Bu suyuq oshlar turiga borshchlar, shilar, sabzavotli, yormali suyuq oshlar kiradi. Yana har xil shirin, sutli suyuq oshlar tavsiya qilinadi. Yozda sovuq taomlardan okroshka, qizil lavlagili sho'rva tortiladi.
Tovuq pyuresi va guruchdan tayyorlangan suyuq osh (1, 5-son parhez dasturxoni). Pishirilgan lahm tovuq go'shti qiymalagichdan, so'ng elakdan ezib o'tkaziladi. Guruch saralanib, yuvilib, ezilarli darajada pishiriladi. Guruch elakda suzib olingach suviga ezilgan tovuq go'shti bilan aralashtirilib qaynatiladi.
Tarqatishda eritilgan sariyog' yoki lezon qo'shib beriladi. Lezon tayyorlash uchun xom tuxum suyuq qaynoq qaymoq yoki sut bilan yaxshilab aralashtiriladi va suv-bug' hammomiga qo'yib aralashtirilgan holda biroz quyuqroq holga kelguncha ushlanadi. So'ng elakdan suzib o'tkaziladi.
Guruch 40 g, suv 600 g, tovuq 120 g, sariyog' 10 g, suyuq qaymoq 50 g, tuxum 1/ 2 dona. Sof og'irligi 500 g.
Pag'a-pag'a holda pishirilgan tuxumli tiniq qaynatma (2-son parhez dasturxoni). Go'shtli tiniq qaynatma qaynash darajasiga ko'tarilib, ustidan yaxshilab aralashtirib elakdan o'tkazilgan holda xom tuxum solinadi va qaynatiladi. Tarqatishda ustiga eritilgan sariyog', ko'kat sepib beriladi.
Go'shtli tiniq qaynatma 500 g, tuxum 1/2 dona, sariyog' 6 g, ko'kat 5 g. Sof og'irligi 500 g.
Borsh (2—5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o'tgan sabzavotlar somoncha shaklida to'g'raladi. Qizilcha oz suvda dimlanadi. Sabzi va petrushka ildizi oz suvda qaynatilib, qizilchaga qo'shib, sariyog' qo'shilgan holda yumshoq holga kelguncha dimlanadi. Qaynab turgan suvga yoki sabzavot qaynatilgan tayyorlangan karam solib biroz qaynatiladi. So'ng dimlangan sabzavot solinadi va 15—20 minut qaynagach, po'sti tozalanib, to'g'ralgan pomidor, shakar, tuz, limon ishqori solinib, 5—10 minut qaynatib iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda borshga smetana, ko'kat qo'shib beriladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin